Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent E.Z. Halimov 116 Buxoro davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Psixologiya ta`lim yo`nalishi bitiruvchisi Zikrilloyeva Umidaning “Eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada o’rganilishi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga T A Q R I Z Bugungi kunda maxsus maktablarida mehnat tarbiyasini takomillashtirishning samarali usullarini aniqlash dolzarb masalalardan biridir. Mamlakatimizdagi mustaqil, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat qurish yo’lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uning o’zligini anglashdagi imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga va ma’naviy barkamol, intellektual hamda aqliy-amaliy jihatdan mukammal yetuk kadrlarni tayyorlash uchun yangi shart- sharoitlar yaratib bermoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida “Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota- onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir” – deb ta’kidlaganlar. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari sifatida quyidagilar belgilanib olingan: eshitishda nuqsoni mavjud bolalarning ruhiy rivojlanishning umumiy va maxsus qonun-qoidalarini aniqlash; eshitishda nuqsoni mavjud bolalar bilish faoliyatini rivojlanish xususiyatlarini o’rganish; eshitishda nuqsoni mavjud bolalar ruhiy rivojlanish xususiyatlarini psixologik korreksiya va diagnostika qilish; eshitishda nuqsoni mavjud bolalarga pedagogik-psixologik ta’sir usullarini psixologik jihatdan asoslash; eshitishda kamchiligi mavjud bolalarni diagnostikasi va korreksiyasi jarayonlardan iborat bo`lgan. Bitiruv malakaviy ishining obyekti – Buxoro shahridagi 123-maxsus maktab internatining o`quvchilari tanlangan. Tadqiqotimizda jami 20 ta o`quvchi tanlangan. Tadqiqot natijalari yosh davrlari va taraqqiyot psixologiyasi, bolalar amaliy psixologiyasi, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya fanlarini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitadi. Fayziyeva Dildoraning bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya etaman. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling