Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


metodikasi”da metodlarni tanlash omili va maqsadi


Download 404.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana11.11.2020
Hajmi404.95 Kb.
#143896
1   2   3
Bog'liq
orta osiyo bilan hindiston ortasidagi munosabatlar


metodikasi”da metodlarni tanlash omili va maqsadi. 

27 

 

 



Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat  asoslari  kursida  tushunchalar 

kengaytirilgan,  chuqurlashtirilgan  va  boyitilgan  holda  o'qitiladi.  Demak,  Milliy 

istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanining tuzilishi o'ziga xususiyatlarga ega. 

Bo'lajak  o'qituvchilar  kursning  asosiy  mazmuni  bilan  puxta  tanishishi  va 

ma'naviyat  darslari  materiali  kontsentrik  tuzilganligiga  e'tibor  berish,  nazariya  va 

amaliyot  masalalari o'zaro  organik  bog'langan  xarakterga  ega ekanligini bilishlari 

zarur. 

Ayni  paytda  tushuncha,  xossa,  qonuniy  bog'lanishlarni  ochish  kursda  o'zaro 



bog'langan va bir- birini to'ldiradi. 

Har  bir  tushuncha  rivojlantirilgan  holda  tushuntiriladi.  Masalan,  ijtimoiy-

iktisodiy  fanlar  va  o'qitish  metodikalari  orasidagi  bog'lanish  o'zaro  bir-birini 

to'ldiradi hamda asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o'zaro bog'lanishda 

berilganligiga e'tibor karatish lozim. 

Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat  asoslari  kursi  o'z  tuzilishi  bo'yicha  o'z 

ichiga  olgan  qadimgi,  o'rta  asr  va  yangi  davrdagi  ma'naviyatning  rivojidan  iborat 

qismlarning tadrijiy rivojlanish tarzida berilganligi o'rganish materialini bir tizimga 

soladi,  Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat  asoslari  kursida  materialning 

kontsentrik  joylashuvi  saqlanadi.  Ammo,  amaldagi  dasturda  kontsentrik  soni 

kamaytirilgan: falsafa, huquq, tarix, pedagogika. Tarbiya nazariyasi va metodikasi 

va  hokazo  fanlardan  unda  o'zaro  bog'langan  tushunchalar,  masalalarni  qarash 

mazmun jihatdan yaqinlashtirilgan.

8

 



Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat  asoslarini  o’qitishning  maqsadlari 

quyidagilar:  umumta'lim  maqsadi,  tarbiyaviy  maqsadi,  amaliy  maqsadi.  Bu 

maqsadlar bir - biri bilan uzviy bog'liq bo'lib, bir-birini to'ldiradi. Ta'lim maqsadi 

o'qituvchidan quyidagilarni talab qiladi: 

a) 

O'kuvchilarga bilim, malaka, ko'nikma berish; 



b) 

Haqiqiy olamni tasavvur va tushunish metodlari bilan o' rgatish; 

                     

8

Azizxo'jaeva  N.N.  Pedagogik  texnologiyalar  va  pedagogik  mahorat.  T.,  O'zbekiston  yozuvchilar  uyushmasi 



Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006 

28 

 

c) 



O'quvchilarning  og'zaki  va  yozma  nutqlarini  ma'naviy  madaniyatini 

o'stirishni, uning sifatli bo'lishini ta'minlash; 

d) 

O'kuvchi-talabalarning bilimga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish. 



Ma'naviyatni o'qitish metodikasida aqliy tarbiya shaxsni hayotga va mehnatga 

tayyorlashning  muhim  jihati  sifatida  belgilanadi.  Uning  mohiyati  shundaki, 

intellektual faoliyatga qiziqish uyg'otish, bilimlar bilan qurollantirish , ularni qo'lga 

kiritish  va  amaliyotda  qo'llash  metodlari,  aqliy  mehnat  madaniyatini  joriy  qilish 

orqali aql va bilish qobiliyatlariga rahbarlik qilishdir. 

Aqliy rivojlanish bilimlarni faol o'zlashtirish va ijodiy qo'llash jarayonida juda 

intensiv yuzberadi: 

a) 


Atrof - muhitga faol munosabatda bo'lish; 

b) 


O'ziga ma'lum bo'lganlar chegarasidan chiqishga intilish; 

c) 


Nazariy  va  amaliy  bilimlarini  oshirish  va  ularni  ijodiy  qo'llashning 

doimiy zaruriyati; 

d) 

Kuzatuvchanlik,  hodisalar  va  faktlarning  eng  mohiyatli  jihatlarini  va 



aloqalarini ajrata olish qobiliyati

e) 


Real  voqelik  jarayonlarini  to'xtovsiz  aks  ettiruchi  tushunchalarni 

o'zlashtirish va foydalanishga moyillik; 

Chunki bilishga bo'lgan qiziqish saralab olishga yo'naltirilgan va u shaxsning 

ehtiyojlaridan  kelib  chiqadi.  Bilishga  bo'lgan  qiziqish  bilish  faoliyati  mohiyati, 

fikrlarning ob'ektga bo'lgan bitimning yaqinligi bilan bog'langan. Bilimga bo'lgan 

qiziqishning  belgilari  quyidagilardir:  intellektual  xarakterga  ega  bo'lishi;  ijodiy 

xarakterda  bo'lishi;  bilimga  bo'lgan  qiziqishning  rivojlanish  bosqichlari; 

qiziqishning 

- Mo'ljalning  elementar  darajasi  mo'ljallangan  qiziqish;  qiziquvchanlik  - 

bilishga bo'lgan ehtiros, quvonch ob'ekt chegarasiga kirib borish; bilishga bo'lgan 

qiziqish  xodisalarning  mohiyatiga  kirib  borishga  intilish,  haqiqatni  qidirish; 

nazariy  -  qiziqish  -  voqelikka  faol  ta'sir  etish,  qonuniyatlarini  bilishga  intilish; 

qiziqishning  paydo  bo'lishi  va  rivojlanishi  shartli  ravishda  quyidagicha  darajaga 

ajratish  mumkin;  yangi  faktlarga,  mashg'ulotlarga,  olinadigan  axborotlarga 



29 

 

tayanadigan faktlarga  bevosita qiziqish har  xil sharoitlarda  harakat  qiluvchi  narsa 



va  hodisalarning  muhim  xususiyatlarini  bilishga  qiziqish.  O'rganishga  bo'lgan 

barqaror qiziqish. U talabalarga ta'lim berishda muhim xarakterga va unda bilishga 

bo'lgan  qiziqish  tashqi  omillarga  muhtoj  hamda  u  real  o'quv  jarayoni  shart  - 

sharoiti va usullari bilan bog'liq bo'ladi.

9

 

O'quvchilarga  Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat  asoslari  fani  shunday 



bilimlar berishni ta'minlashi kerakki, bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, 

bilim, malaka, ko'nikmalari ortib borishi ta'minlanishi lozim. 

Tarbiyaviy  maqsad.Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat  asoslari  fanini 

o'qitish  talaba-o'kuvchilarni  savodlilikka,  tirishqoqlikka,  puxtalikka,  o'z  fikri  va 

xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa, kuzatish asosida aytiladigan fikrlarning 

ravon  bo'lishiga  erishish  kerak.  Bilishga  intilish,  mustaqil  ishdan  qanoat  hosil 

kilish tuyg'ularini tarbiyalashi kerak.Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 

fanini o'qitishning o'zi o'quvchilarda  diqqat va  fikrni  to'play  bilishni  tarbiyalaydi. 

O'qituvchi quyidagilarni ta'minlashi kerak: 

a)  O’quvchi  moddiy  olamdagi  bog'lanishlarni,  miqdorlarning  o'zgarishini, 

bir-biri bilan aloqasini anglay olishi; 

b) 


 O'quvchilarning  urf-odatimiz,  qadriyatlarimizni  o'rganishga  astoydil 

qiziqishini ta'minlashi; 

V)  mehnatga,  vatanga  insonlarga  bo'  lgan  munosabatini  tarbiyalash,  estetik 

did hosil qilish; 

G)  o'zbek  millatining  tarixi,  jumladan,  Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat 

asoslarini o'qitilish tarixiga bo'lgan dunyokarashni tarbiyalash; 

d) 

O' quvchilarning fikrlash qobiliyatini va madaniyatini tarbiyalash



Amaliy  maqsad.Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat  asoslari  fanini 

o'qitishdan  kuzatiladigan  amaliy  maqsad  o'kuvchilar  olgan  bilimlarni  amalda 

qo'llay  olishga  o'rgatishdan  iborat.Buning  uchun  talabalarning  bilimga  barqaror 

qiziqishini  ta'minlash  zarur.  Bilishga  bo'lgan  barqaror  qiziqishga  quyidagilar 

                     

9

R.J. Ishmuhammedov. «Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari».T., 2004 



yil. 

30 

 

kiradi: 



 

Intellektual  faollik  ko'rsatkichlari  -  savol  va  javob  mustaqilligi,  jonli 

faoliyatga o'z tashabbusi bilan kirishishga intilish; 

 

Malaka  va  ko'nikmalardan  faol  foydalanish,  ularning  faol  aks  ta'siri 



(bilimlar yangi bilimlarni egallash metodlariga aylanadi, bilishga bo'lgan qiziqish 

o'zining eng yuqori rivojlanish darajasiga ko'tariladi); 

 

Hissiyotni namoyish qilish (nafrat, kuvonch, bezovta bo'lish, intellektual 



holatdagi hissiyot); 

 

Irodani  namoyish  qilish,  jiddiy  diqqat  qilish,  kuchsiz  chalg'ish,  o'kuv 



ishlarini  tugallashga  intilish,  o'z  hatti-harakatlarini  erkin  tanlash  -  o'quv 

mashg'ulotlaridan boshqa vaqtlarda u yoki bu mashg'ulotlarni erkin tanlay olish. 

Talabalarni  bilish  faoliyati  tuzilmasiga  faollik  kiradi,  ya'ni  bu  shunday  ish 

faoliyatiki,  unda  bilish  faoliyatini  j  onlashtiradigan  intellektul,  irodaviy,  hissiy  j 

arayonlar birgalikda namoyon bo' ladi. 

Jonli  bilish  faoliyati uchun  bilimga  bo'lgan  har  tomonlama, chuqur  qiziqish, 

muayyan  kuch  sarf  qilinishi,  diqqat-e'tiborga  qaratilgan  bo'lishi  lozim.Bilish 

faolligi  individual  bo'ladi,  u  shaxsning  tug'ma  qobiliyati  emas,  balki  uning  hatti-

harakatlari jarayonida shakllanadi. 

Olingan bilimlarni amalda foydalana bilishga o'rgatish.Bu bilimlarni kundalik 

hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo' llay bilishga o' rgatishdir. 

O’qitish  metodi  tushunchasi  didaktika  va  metodikaning  asosiy 

tushunchalaridan biri. 

Shunday qilib, o'qitish metodlari o'zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi 

uchta asosiy vazifani bajaradi. 

O’qitish  metodlaridan,  ta'limning  yangi  mazmuniga,  yangi  vazifalariga  mos 

keladiganlariga  ongli  tanlab  olish  uchun,  oldin  hamma  o'  qitish  metodlarini 

tasniflashni o' rganib chiqish zarur. 

Ilmiy-tadqiqot  metodlari  haqida  ma'lumot.  Ta'lim  va  tarbiyaga  oid  ish 

tajribalarni  o'rganmay  va  umumlashtirmay,  ma'naviy  jarayonni  chuqur  tadqiq 

qilmay  turib  ma'naviyatni  rivojlantirib  bo'lmaydi.  Hozirgi  ta'lim-tarbiya 


31 

 

ma'naviyatni  ilmiy  bilishning  umumiy  metodi  bilan  qurollantiradi,  ammo  boshka 



har  qanday  fan  kabi  Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat  asoslari  fanining  ham 

xususiy tadqiqot metodlari mavjud. 

Ilmiy  tadqiqot  metodlari  -  bu  konuniy  bog'lanishlarni,  munosabatlarni, 

aloqalarni  o'rganish  va  ilmiy  nazariyalarni  tuzish  maqsadida  ilmiy  axborotlarni 

olish  usullaridir.  Kuzatish,  tajriba,  maktab  hujjatlari  bilan  tanishish,  o'rganish, 

suhbat va so'rovnomalar o'tkazish, ilmiy tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. 

Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat  asoslari  o'qitish  metodikasi  butun 

tadqiqotlarda qo'llaniladigan metodlarning o'zidan foydalaniladi. 

Kuzatish metodi. 

Kuzatish  metodi  -  odatdagi  sharoitda  kuzatish  natijalarini  tegishlicha  qayd 

qilish  bilan  amaliy  jarayonni  bevosita  maqsadga  yo'naltirilgan  holda  idrok 

qilishdan iborat. 

Kuzatish  metodidan  o'quv-tarbiya  ishining  u  yoki  bu  sohasidagi  ishning 

qanday  borayotganini  o'rganish  uchun  foydalaniladi.  Bu  metod  o'qituvchi  va 

o'quvchilarning  faoliyatlari  haqida  majbur  qilinmagan  tabiiy  sharoitda  faktik 

material to'plash imkonini beradi. 

Kuzatish  vaqtida  tadqiqotchi  o'quv  jarayonining  odatdagi  borishiga 

aralashmaydi.Kuzatish aniq maqsadni ko'zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin vaqt 

oralig'ida  davom  etadi.Kuzatishning  borishi,  faktlar,  sodir  bo'layotgan  voqealar, 

jihozlar kuzatish kundaligiga qayd qilinib boriladi. 

Ammo  kuzatishlarni  kayd  kilishning  eng  ishonchli  metodi  texnik  vositalar, 

video, foto va kinosyomkadan, teleekrandan foydalanishdir. 

Foydalaniladigan  kuzatish  metodlaridan  biri  ilg'or  tajribani  o'rganish  va 

umumlashtirishdan  iborat. Bu  metoddan muvaffaqiyatli foydalanishning  majburiy 

asosiy sharti shundan iboratki, o'qituvchilar tajribasining tavsifi qo'yilgan tadqiqot 

vazifasiga javob beradigan bo'lishi kerak.

10

 

Tajriba. 



Tajriba  -  bu  ham  kuzatish  bo'lib,  maxsus  tashkil  kilingan,  tadqiqotchi 

                     

10

M.Imomnazarov, M.Eshmu^ammedov.Milliy ma'naviyatimiz asoslari. T., 2001 



32 

 

tomonidan  nazorat  qilib  turiladigan  va  tizimli  ravishda  o'zgartirib  turiladigan 



sharoitda  o'tkaziladi.  Tajriba  o'qitishning  va  tarbiyalashning  u  yoki  bu  usulning 

ko'rsatma - qo'llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda qo'llaniladi. 

Tadqiqotda  ilmiy  farazni  o'rni  katta  ahamiyatga  ega.Butun  tajribani  tashkil 

qilish ilmiy  farazni tekshiriga  yo'naltiriladi.U  material to'plash  yo'llarini belgilash 

imkonini  beradi,  tadqiqotchining  faktik  materialda  chalkashib  ketishiga  yo'l 

qo'ymaydi. 

Tajriba  natijalarini  tahlil  qilish,  taqqoslash  metodi  bilan  o'tkaziladi.  Buning 

uchun ikki yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o'kuvchilar tarkibi 

bo'yicha  tayyorgarlik  darajalari  va  boshqa  ko'rsatkichlar  bo'yicha  imkoni  boricha 

bir  xilda  bo'lishi  kerak.  Bir  xil  sinflarda  tadqiqotchi  tomonidan  maxsus  ishlab 

chiqilgan  tajriba  materiali  bo'yicha  ish  bajariladi.  Taqqoslash  uchun  nazorat 

sinflari  tanlanadi, bu  sinflar  o'quvchilar  tarkibi,  ularning  bilim  darajalari  bo'yicha 

taxminan  tajriba  sinflarga  teng  kuchli  bo'lishi  kerak,  bu  sinflarda  Milliy  istiqlol 

g`oyasi  va  ma`naviyat  asoslarini  tajriba  sinflarda  qo'llaniladigan  metodlar, 

vositalar va boshqalar qo'llanilmaydi. 

Tajriba  natijalari  haqida  obektiv  ma'lumotlar  olishning  boshqa  usullaridan 

ham foydalaniladi: 

a) 


Tajriba  -  sinov  o'tkaziladigan  sinflarda  boshlang'ich  shartlar  nazorat 

sinfidagiga  qaraganda  bir  muncha  eng  qulayroqdir;  agar  tajriba  sinflarda  bunday 

sharoitlarda  yaxshi  natijalar  olingan  bo'lsa,  masalani  tajriba  hal  qilishi  o'zini 

oqlagan hisoblanadi; 

b) O'quvchilarning tarkibi taxminan bir xil bo'lgan ikkita sinf olinadi; tadqiq 

qilinayotgan  muammoning  yangi  echimi  shu  sinflarning  bittasida  qo'llaniladi, 

so'ngra  boshqa  mavzu  materiallarida  ikkinchi  bir  sinfda  qo'llaniladi;  agar  bunday 

qo'llanishdagi yangi metod, usul yaxshi natija bersa, bu usul metod o'zini oqlagan 

bo'ladi. 

Tajribani  bilishdan  oldin,  uning  oraliq  bosqichlarida  va  oxirida  hamma  sinf 

o'quvchilarining  bilimlari  tekshiriladi.  Olingan  ma'lumotlarni  tahlil  qilish  asosida 

tadqiq  qilinayotgan  metodning,  usulning  va  x.k.  Samaradorligi  haqida  xulosalar 



33 

 

chiqariladi.  Tajriba-sinov  o'tkaziladigan  sinflardan  olingan  sifat  va  miqdoriy 



natijalarni tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi. 

Hujjatlarni o'rganish. 

Ta'lim  va  tarbiya  berishning  keng  tarqalgan  metodlaridan  biri  o'quvchilar 

ishlari  va  hujjatlarini  o'rganishdan  iborat.  O'quvchilarning  ishlari  ularning 

dasturning  ayrim  bo'limlari  bo'yicha  tayyorgarlik  darajasini  aniqlash,  o'qitishning 

malum davri davomida o'sishi va rivojlanishlarini kuzatish imkonini beradi.

11

 

Bunday  tahlil  butun  sinf  o'quvchilarining  duch  keladigan  murakkab 



qiyinchiliklarini,  shuningdek,  o'quvchilarning  o'zlashtirishlaridagi  individual 

xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. 

O'quv  xujjatlari  (o'quv  rejasi, dasturi, metodik  ishlar xujjatlari,  hisobotlar va 

h.k.) O'quv tarbiyaviy ishlarni rivojlanish jarayoni va holatini aks ettiradi. 

Suhbat metodi. 

Ta'lim  berishda  suhbat  metodidan  ham  foydalaniladi.  Bu  metoddan 

foydalanish  kuzatishdan  olingan  ma'lumotlarni  to'ldiruvchi  va  aniqlovchi 

materiallar 

olish, 

topshiriqlar 



bajarilishi 

imkonini 

beradi. 

Bu 


metod 

muvaffaqiyatining  asosi  bolalar  bilan  aloqa  o'rnatilishi,  ular  bilan  bemalol  erkin 

muloqotda bo' lish imkoniyatidan iborat. 

Suhbat  uchun  uning  maqsadini  belgilash,  dastur  ishlanmasi,  yo'nalishi  va 

metodikani  asoslash  juda  muhimdir.  Suhbat  metodi  bevosita  berilgan  savollarga 

javoblarning  ishonchliligini  tekshirish  imkonini  beruvchi  bevosita  va  bilvosita 

savollarni kiritishni nazarda tutadi. 

Suhbat metodi o’qituvchilarga, ota-onalarga qaratilgan bo'lishi ham mumkin, 

bu  holda  aytib  o'tilgan  ehtiyotkorlikning  hojati  yo'k,  shu  sababli,  bunda 

tadqiqotchining suhbatdoshiga nisbatan munosabati ochiq - oydin bo'lishi mumkin. 

6) 

Anketalashtirish so'rovnoma o'tkazish metodi. 



Biror  muammoga  nisbatan  fikrlarni  aniqlash,  ba'zi  faktlarni  to'plash  talab 

qilingan  hollarda  anketalashtirish  metodidan  foydalaniladi.Agar  javoblar  og'zaki 

olinadigan  bo'lsa,  u  holda  bu  javoblar  qarorga  tola  yoziladi.  Ko'pchilik  bir 

                     

11

S.Nosirxijaev, M.Lafasov, M.Zaripov.«Ma'naviyat asoslari». 



34 

 

savolning  o'ziga  javob  berganda,  buning  ustiga  har  kim  mustaqil  javob  bersa, 



yozma anketalash qimmatli bo'ladi. 

Anketadan foydalanilganda quyidagi ikki talabga amal qilish zarur: 

1.Anketada savollar kam bo' lishi kerak

2.Savollar shunday tuzilishi kerakki, ularni hamma bir xil tushunsin, ular aniq 

(mujmal bo'lmagan) javoblarni talab qilsin. 

Ta'lim  va  tarbiya  berishda  nazariy  metodlar  etakchi  o'rin  tutadi.  Har  bir 

tadqiqotdan  oldin  o'rganish  ob'ektini  tanlash,  nazariy  tahlil  asosida  ob'ekt  qaysi 

faktlarda  bog'langanligini  aniqlash  va  tekshirish  uchun  ulardan  etakchilarini 

tanlash  kerak.  Tadqiqotning  maqsad  va  vazifalarini  yaqqol  aniqlash  gipotezasini 

tuzish  shunga  mos  ravishda  tadqiqot  o'tkazish  metodikasini  ishlab  chiqish, 

tadqiqotning  borishida  olingan  faktlarni  tushuntirish  va  tahlil  qilish  usullarini 

tanlash  va  xulosalarni  ifodalash  lozim.  Bu  ishlarning  hammasini  bajarish  uchun 

tadqiq  qilinayotgan  muammoning  ilgari  va  hozirgi  vaqtdagi  nazariya  va 

amaliyotini yorituvchi adabiy manbalarni o' rganish va tahlil qilish kerak. Nazariy 

metodlar  boshqa  metodlar  bilan  bir  qatorda  Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat 

asoslarini  metodikasiga  oid  har  bir  tadqiqotga  qo'llaniladi.  Har  kanday  ilmiy 

muammolarni  hal  qilishda  eng  oldin  qilinayotgan  masalasiga  oid  hamma 

adabiyotni o'rganish va nazariy tadqiqot o'tkazish kerak. 

«Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanini o’qitish metodikasi»ga 

doir tadqiqotlarda boshqa metodlardan ham foydalaniladi.Odatda bu metodlarning 

hammasidan  birgalikda  foydalanish,  bir  xil  natijalarning  ishonchli  bo'lishini 

ta'minlaydi.

12

 

Hozirgi  zamon  didaktikasida  o’qitish  metodlari  klassifikatsiyasiga  har  xil 



yondashish mavjud. Yuqorida keltirilgan ta'rifdan o’qitish metodlari o'qituvchi va 

o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatidan iborat ekani ko'rinadi. Binobarin, bunday 

faoliyat  tashkil  qilish  rag'batlantirish  va  nazorat  qilishni  nazarda  tutadi,  shunga 

kora o’qitish metodlari ham uchta katta guruhga bo'linadi: o'quv faoliyatini tashkil 

qilish  metodlari;  o'quv  faoliyatini  rag'batlantirish  metodlari;  o'quv  faoliyatini 

                     

12

R.Mavlonova «Pedagogika». T., O'qituvchi, T., 2001 



35 

 

samaradorligini nazorat qilish metodlari. 



Og'zaki, ko' rsatmali va amaliy metodlar: 

1.    Og'zaki  metodlar  -  qisqa  muddat  ichida  hajmi  bo'yicha  eng  ko'p 

ma'lumotlarni  berish,  o'quvchilar  oldiga  muammolar  qo'yish,  ularni  hal  qilish 

yo'llarini ko'rsatish imkonini beradi. 

Bu  metodlar  o'kuvchilarning  abstrakt  tafakkurlarining  rivojlanishiga  sharoit 

yaratadi. 

a) Tushuntirish.  Bilimlarni  tushuntirish  metodining  mohiyati  shundan 

iboratki,  bunda  o'qituvchi  materialni  bayon  qiladi,  o'quvchilar  esa  uni,  ya'ni 

bilimlarni tayyor holda qabul qilib olishadi. Materialning bayoni aniq, tushunarli, 

qisqa  bo'lishi  kerak.  Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat  asoslari  kursining  bir 

qator masalalarini qarashda bilimlarning izchil bayoni zarur. 

O'qituvchining  bilimlarni  tushuntirish  metodidan  ma'lumotlar  to'g'risidagi 

nazariy materiallar ishlatish bo'yicha yo'l-yo'riq berishda foydalaniladi. 

b) Suhbat  bu  eng  ko'p  tarqalgan  va  etakchi  o'qitish  metodlaridan  biri  bo'lib, 

darsning  har  xil  boskichlarida,  har  xil  o'quv  maksadlarida  qo'llanishi  mumkin, 

ya'ni  uyga  berilgan  topshiriqlarni  va  mustaqil  ishlarni  tekshirishda,  yangi 

materialni tushuntirishda, mustahkamlash va takrorlashda qo'llanilishi mumkin. 

Suhbat - o’qitishning savol-javob metodidir, bunda o'qituvchi o'kuvchilarning 

bilimlarini qay  darajada o'zlashtirilganligi  va  amaliy  tajribalariga  tayangan  holda, 

maxsus  tanlangan savollar  va  ularga  beriladigan  javoblar  yo'li bilan  o'quvchilarni 

qo'yilgan ta'limiy va tarbiyaviy masalalarini hal qilishga olib keladi. 

Metodik  adabiyotda  suhbat  metodidan  ko'pincha  tushunchalar  bilan 

tanishtirishda foydalanish tavsiya etiladi. 

2. Ko'rsatmali metodlar. 

O'qitishning ko'rsatmali metodlari - o'quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar 

olish  imkonini  beradi.Kuzatish  hissiy  tafakkurning  faol  shaklidir,  bundan 

o'qitishda, ayniqsa, Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanini o'qitishda 

keng  foydalaniladi.  Tevarak  -  atrofdagi  predmet  va  xodisalar  va  ularning  turli  - 

tuman  modellari  (har  xil  tipdagi  ko'rsatma-qo'llanmalar)  kuzatish  ob'ektlari 


36 

 

hisoblanadi. O'qitishning ko'rsatmali metodlarini o'qitishning og'zaki metodlaridan 



ajratib  qo'yib  bo'lmaydi.  Ko'rsatma  -  qo'llanmalarni  namoyish  qilishni  har  doim 

o'qituvchining  va  o'quvchilarning  tushuntirishlari  bilan  birgalikda  olib  boriladi. 

O'qituvchining  so'zi  bilan  ko'rsatma  vositalaridan  birgalikda  foydalanishning  4  ta 

asosiy shakli aniqlangan: 

1. 

O'qituvchi so'zlar yordamida o'quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi; 



2. 

Og'zaki  tushuntirishlar  ob'ektning  bevosita  ko'rinmaydigan  tomonlari 

hakida ma'lumotlar beradi; 

3. 


Ko'rsatma-qo'llanmalari 

o'qituvchining 

og'zaki 

tushuntirishlarini 

tasdiqlovchi yoki konkretlashtiruvchi illyustratsiya bo'lib xizmat qiladi. 

4. 


O'qituvchi o'quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa 

chiqaradi. 

3. 

Amaliy  metodlar.  Malaka  va  konikmalarni  shakllantirish  va 



mustahkamlashtirish  jarayoni  bilan  bog'liq  bo'lgan  metodlar  o'qitishning  amaliy 

metodlari  hisoblanadi.  Xususan,  bunday  metodlar  jumlasiga  yozma  va  og'zaki 

mashqlar,  amaliy  va  laboratoriya  ishlari,  mustaqil  ishlarning  ba'zi  turlari  kiradi. 

Mashqlar  asosan  mustahkamlash  va  bilimlarni  tadbiq  qilish,  malaka  va  ko 

nikmalarni  shakllantirish  metodi  sifatida  qo'llaniladi.  Milliy  istiqlol  g`oyasi  va 

ma`naviyat  asoslarini  yangi  tushunchalarni,  qonunlarni  tarkib  toptirishda  bolalar 

umumlashtirishga  duch  keladilar.  Umumlashtirish  -  bu  o'rganilayotgan 

ob'ektlardan  umumiy  muhim  tomonlarini  ajratish  va  ularni  muhim  emaslaridan 

ajratishdan iborat. 

«Usul» o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish, ma'lum ob'ektni 

o'zlashtirish  borasidagi  nazariy  va  amaliy  faoliyatlarini  anglatadi.  O'qitish  usuli 

deganda,  ta'lim  jarayonida  o'qituvchi  va  o'quvchilarning  kutilgan  maqsadga 

erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushiniladi. 

Uslub  -  asosiy  o'qitish  usuli,  o'qitish  usulining  ayrim  elementlaridan 

foydalanib ish ko'rishdir. 

Vosita yordamichi o'quv materiallari asbob, qurol apparatlardan foydalanish. 



37 

 

O'qitish  usullarini  quyidagi  turlarga  bo'lamiz:  o’qitishning  og'zaki  usuli, 



ko'rgazmalilik,  amaliy  usullari,  muammoli  izlanish,  induktik-deduktiv,  mustakil 

ish usullari, rag'batlantirish, nazariy, o'z-o'zini nazorat qilish, kitob bilan ishlash. 

Ta'lim  jarayonida  salmoqli  o'rin  egallagan  muammoli  aqliy,  hujum,  dars, 

munozarali  (ilmiy,  erkin  fikrlash)  darslari  muammoli  ta'lim  texnologiyasiga 

asoslanadi.Muammoli darslarning o'ziga xosligi dars davomida vujudga keltirilgan 

muammoli vaziyatlarga asoslanishida.

13

 

Muammoli  ta'  lim  deb,  o'  qituvchi  tomonidan  ta'  sir  ko'  rsatishning  eng 



muqobil  varianti  yordamida  fikr  yuritish  qonuniyatlariga  tayangan  holda 

o'quvchilarni  bilimlarini  o'zlashtirish  jarayonida  fikrlash  qobiliyatini  rivojlanishi, 

shaxsning  umumiy  va  maxsus  rivojlanishiga  zamin  tayyorlaydigan  jarayonga 

aytiladi. 

Muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog'liq: 

 

Muayyan mavzuga oid o' quv materialini muammolashtirish; 



 

Muammoli variantlarni vujudga keltirish orqali o'quvchilarning bilish 

faoliyatini faollashtirish; 

 

Ta'lim jarayonini o'yin mehnat faoliyati bilan uyg'unlashtirish; 



 

O'z o'rnida va samarali foydalanishi ko'nikmasiga ega bo'lish; 

 

Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli, savollar zanjirini 



tuzish va mantiqiy ketma- ketlikda o'quvchilarga bayon qilish. 

Muammoli  ta'  limning  zamonaviy  nazariyasida  muammoli  vaziyatlarning 

ikkitasi ajratiladi. 

1  Psixologik muammoli vaziyatlar 

2  Pedagogik muammoli vaziyatlar o'qituvchining faoliyati: 

O' quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar tizimini yaratish



- O'quvchilar  oldiga  o'quv  muammolarini  yuqori  ilmiy  va  metodik  saviyada 

qo'yish; 

- Samarali foydalanishga (faolligini) erishish; 

- O'quvchilar  faoliyatini  muammolarni  hal  etishga  yo'nalishlardan  iborat 

                     

13

S.Otamurodov va boshqalar. Ma'naviyat asoslari. T., 2002 



38 

 

bo'ladi. 



O'quvchining  faoliyati  esa:  muammoli  vaziyatlarni  idrok  etish;  hal  qilish 

usullarini  izlash;  tahlil  kilish;  tahlillarni  ilgari  surish  ilmiy,  mantiqiy  nazardan 

asoslash, isbotlash, tekshirish, xulosa chiqarishdan iborat

O'qitishning og'zaki usullari 3 turga: ma'ruza, hikoya,suhbatga ajratiladi. 

Ma'ruza  -  u  yoki  bu  ilmiy  masalani  to'g'ri,  mantiqiy  izchillikda  va  aniq 

izohlab berish. 

S.I.  Arxangelskiyning  ta'kidlashicha,  ma'ruza  o'qituvchi  shaxsining  barcha 

boyligi:  ongi,  hissiyoti,  tuyg'usi,  e'tiqodi  orqali  talabalar  ichki  dunyosi  bilan 

muloqatda  bo'lishining  eng  samarali,  jonli  shaklidir.  Bunda  uning  yo'naltiruv, 

axborot  berish,  metodologik  va  tarbiyalov  funktsiyalarini  ro'yobga  chiqarishga 

yordam beradi. 

Ma'ruzaning 

yo'naltiruv 

funktsiyasida 

talabalarning 

diqqati 


o'quv 

materialining  asosiy  qoidalari,  uni  o'rganishdagi  hamda  bo'lg'usi  kasbiy 

faoliyatidagi  roli,  ahamiyati  va  uni  o'zlashtirish  metodlariga  jalb  qilinadi. 

Ma'ruzaning axborot berish  funktsiyasi o'qituvchi tomonidan  asosiy  ilmiy  faktlar, 

qoidalar,xulosalarning  mohiyatini  ochish  chog'ida  amalga  oshiriladi.o'qitishning 

metodologik  funktsiyasini  qo'llash  tadqiqot  metodlarini  qiyoslash  hamda  ilmiy 

izlanishning  tamoyillari  va  yondashuvlarini  aniqlashga  yordam  beradi. 

O'qitishning  tarbiyaviy  funktsiyasi  lektsiya  jarayonida  o'quv  materialiga  hissiy 

baho berish munosabatlarini uyg'otish, qiziqishlarini o'stirish, mantiqiy fikrlash va 

isbotlashni oydinlashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. 

Tahlillar  shuni  ko'rsatadiki,  ma'ruzada  hal  qilinadigan  asosiy  vazifalar 

quyidagilardan iborat:  

-ilmiy bilimlarning muayyan miqdori bayon qilinadi; 

-talabalarga fan va tadqiqotlarning metodologiyasi tanishtiriladi. 

-o'quv  faoliyati  va  o'quv  mashg'ulotlarining  barcha  turlari  orasidagi  metodik 

aloqalar ko'rsatiladi. 

O'quv  materiallarini,  og'zaki  bayon  qilish  usuli,  uning  hikoya  tushuntirish 

vama'ruzasi kabi turlari qo'llaniladi: 



39 

 

- Bayon  kilinayotgan  materiallar  g'oyaviy  jihatdan  mazmunli,  ilmiy  hamda 



nazariya va amaliyotlar bilan bog' lashga qaratilgan bo' lishi kerak. 

-tarbiyaviy  ahamiyatini  to'g'ri  belgilash  orqali  tarbiviy  ta'sir  ko'rsatish 

vositalarini aniqlash va amalga oshirish lozim. 

- Nutq ravon, tushunarli, materialni his-tuyg'uli ifodalay olish kerak. 

-ta'rif,  qoida,  konunlar  kitob  matnidan  farq  qilgan  hollarda  o'qituvchi 

tomonidan ta'riflar yozib olinishi kerak. 

Shuningdek  o'qituvchi:  muamoli  vaziyatlarni  ko  ra  bilishi,  o'quv 

topshiriqlarining  maqsadini  aniqlashi,  mustaqil  izlanish  orqali  savollarga  javoblar 

topishi,  nazariy  bilimlar  va  amaliy  ko'nikmalar  asosida  javoblarning  to'g'riligini 

tekshirib  ko'rishi,  bilim  ko'nikma  va  malakalarni  yangi  vaziyatlarda  qo'llashi 

lozim. 

«Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari» fani dasturi va unga qo'yilgan 



talablar haqida yuqorida batafsil ma'lumotlar ko'rsatilgan edi. 

O'quvchilar  bilish  faoliyatini  kuchaytirish  darsliklar,  qo'llanmalar  bilan 

ishlash  malakasini  shakllantirish  maqsadida  tashkil  etiladi.  Buning  uchun 

o'quvchilar  o'qituvchining  tavsiyasi  va  ko'rsatmasiga  binoan,  tavsiya  etilgan 

adabiyotlarni  topishi,  qo'shimcha  o'quv  adabiyotlari  bilan  tanishishi,  o'rganilgan 

axborotlarni  tahlil  qilish  va  baholashi,  adabiyot  mualliflarining  jamiyatning 

ma'naviy - ma'rifiy sohasida yoki fan rivojiga qo'shgan hissasini aniqlashi va baho 

berishi lozim.

14

 

 



 

Xulosa 

Ma'naviyat  masalasi  mamlakatimiz  mustaqilligidan  keyin  yangi  bosqichga 

ko'tarildi. 

Shu 


sababli 

Prezidentimiz 

asarlarida 

fuqarolarni 

ma'naviy 

tarbiyalashning zarurligi, uning davlatimiz hayot mamotiga, taraqqiyotiga ta'siri va 

bu  xaqdagi  vazifalar  aniq  -  ravshan  ko'rsatib  berilgan.  Shuningdek  Prezidentimiz 

                     

14

E.Yusupov. Jamiyat ma'naviy taraqqiyoti. T. 2001 



 

40 

 

―Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori‖ nomli nutqida o’qitish 



texnologiyasiga  xam  aloxida  to'xtalib  ―maktablardagi  jarayonda  o’qituvchi 

xukumron.  U  boladan  faqat  o'zi  tushuntirayotgan  narsani  tushinib  olishni  talab 

qiladi.Printsip  xam  tayyor:  Mening  aytganim  -aytgan,  deganim-  degan‖  deya 

an'anaviy dars berish usullarini tanqid kilgan edi. 

«Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat  asoslari  fanini  o’qitish  metodikasi» 

fanining  maqsadi  shaxs  ma'naviy  dunyoqarashini  shakllantirish  o'sib  kelayotgan 

yosh  avlodni,  iymon-e'tiqodli,  sharm-hayoli,  or-nomusli,  o'z  Vatani,  xalqi  uning 

boy  tarixiy  va  madaniy  qadriyatlari  merosi  urf-odatlariga  sodiqlik  ularga  bo'lgan 

muxabbatni shakllantirishga qaratilgandir. 

O'zbekiston  mustaqilligini  his  eta  bilish, o'zligini  anglash,  milliy  ong,  milliy 

g'urur,  milliy  g'oya  va  milliy  mafkura  tamoyillarini  tushuna  bilish,  ma'naviy  pok 

jismonan  baquvvat,  vatan  tuyg'usi  bilan  yashaydigan  fidoiy  izlanuvchan, 

tashabbuskor, mustaqillikni mustahkamlashda ishtirok etadigan uning mas'uliyatini 

anglaydigan yoshlarni voyaga etkazishdek buyuk ishga munosib hissa qo' shishdan 

iborat. 

 

 



 

 

 



41 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

1.  Islom Karimov. «Ma’naviy yuksalish yo’lida».-T.:»O’zbekiston», 1998 y. 

2.  Islom  Karimov.  «Jamiyatimiz  mafkurasi  xalqni  –xalq,  millatni-millat 

qilishga  xizmat  etsin».  «Tafakkur»  jurnali  bosh  muharriri  savollariga  javoblar. 

1998 y. 2-son. 

3.  Islom Karimov. «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch».-T.: «Ma’naviyat», 

2008 y. 


4.  «Milliy 

istiqlol  g’oyasi: 

asosiy 

tushuncha  va  tamoyillar».-



T.:»O’zbekiston», 2000 y. 

5. «Ma'naviyat  va  ma'rifat  jamoatchilik  markazi  faoliyatini  yanada 

takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi 

Prezidenti Farmoni. T. 1996 yil sentyabr. 

6.  «Milliy  g'oya  targ'iboti  va  manaviy-marifiy  ishlar  samoradorligini 

oshirish  to'g'risida»gi  o'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  qarori  (2006-jil  25-

avgust) 

7.  Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T., 

o'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006 

8.  E.Yusupov. Jamiyat ma'naviy taraqqiyoti. T. 2001 

9.  M.Imomnazarov, M.Eshmu^ammedov. Milliy ma'naviyatimiz asoslari. T., 

2001 


10. M.Imomnazarov.  Milliy  ma'naviyatimiz  nazariyasiga  chizgilar.  T.,  1998. 

1-q. 


11. R.J.  Ishmuhammedov.  «Innovatsion  texnologiyalar  yordamida  ta'lim 

samaradorligini oshirish yo'llari». T., 2004 yil. 

12. R.Mavlonova «Pedagogika». T., o'qituvchi, T., 2001 

13. S.Nosirxijaev,  M.Lafasov,  M.Zaripov.  «Milliy  istiqlol  g`oyasi  va 

ma`naviyat asoslari». 

14. S.Otamurodov  va  boshqalar.  Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat 

asoslari. T., 2002 

15. Ziyoev H., Istiqlol - ma'naviyat negizi. T., 1999 



Download 404.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling