Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti buxgalteriya va statistika


Download 209.38 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi209.38 Kb.
#1558472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Asila — копия

Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog’liq bo’lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko’rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va h.k.).
Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi.
Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tez o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.


2.JAHON BOZORINING TASHKIL TOPISHI VA ASOSIY BELGILARI.
Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra Jahondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga oʻtish bilan shakllana boshladi va 20-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli ishlab chiqarish imkonini bersa, tovarlarni ishlab chiqarishda resurslardan samarali foydalanishni taʼminlasa, shu tovarlar koʻplab yaratiladi va Jahon bozoriiga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay boʻlmagan yoki ishlab chiqarish imkoni bulmagan tovarlar Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi7.
Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi . Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat boʻyicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi.
Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sugʻurta kompaniyalaridan iborat bulgan oʻz infratuzilmasiga ega. Jahon bozori toʻlovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini oʻtovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va b. Jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama birjadan tashqari bitimlar yoʻnalishlarida boradi.
Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashqishyuti boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga aʼzo boʻlganlar oʻzlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar.
Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Jahon xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan bir- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko‘rish mumkin8.
Xalqaro savdo-tovar va xizmatlarni xalqaro almashuv shakli. Xalqaro savdo o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega bo‘lib, har bir bosqich o‘z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
- tashqi savdo aloqalarning lokal darajada shakllanish bosqichi - (VI-XIII asrlar) O‘rta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yo‘llarning vujudga kelishi;
- tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi - (XII-XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O‘rta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlarida kontsentratsiyalshuvi;
- tashqi savdo aloqalarining globallashuvining boshlanish bosqichi - (XV-XVII asrlar) Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli xalqaro savdo yo‘llarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko‘chishi;
- tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi – (XVIII-XIX asrlar) sanoat to‘ntarishi, G‘arbiy Yevropa va AQSH iqtisodiyotining industrlashtirish jarayoni bilan bog‘liq;
- tashqi savdo aloqalarning militizatsiyalashuv bosqichi (XIX oxiri – XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog‘liq;
- integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta‘sir etish bosqichi – (XX asrning o‘rtasi va ikkinchi qismi);
- tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi;
Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari:
- Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta‘sirida mahsulot hamda xizmatlar savdosi hajmining keskin ortishi;
- Xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmog‘ining
qisqarishi;
- Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta‘sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi ilm-fan sigimkorligi yuqori bo‘lgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishi;
- Tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining notekis taqsimlanishi;
- Yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi;
- Qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bog‘liqligini ortishi;
- Tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotish kabi soda shaklining turli mamlakat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida avvaldan kelishilgan mahsulotni yetkazib berish shakliga o‘tilishi
Xalqaro savdoning hududiy tarkibi – bu savdoning tarkibini aniqlovchi tovar mutanosibliklari majmui va aloqalar majmui bo‘lib, bu tarkib xalqaro savdoning quyidagi xususiyatlari va rivojlanish yo‘nalishlarini ajratish imkonini beradi:
- Alohida mamlakatlarning savdo oqimlarni ajratish;
- Bir guruh mamlakatlar o‘rtasidagi savdo oqimlariniajratish;
- Mintaqalar o‘rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;
- Xalqaro savdoning asosiy ulushi oqimlarining rivojlangan
mamlakatlar guruhida yig‘ilganligi;
- Jahoning yirik savdo imperiyalari bo‘lib AQSH,
Germaniya va Yaponiya hisoblanadi;
- AQSH eksportining faollashuvi;
- Yaponiya eksportining o‘sishi (birinchi navbatda, boshqa
Osiyo mamlakatlariga);
- Janubiy Osiyo mamlakatlarida xalqaro savdoning faol
rivojlanishi (ko‘proq Pokiston va Hindiston hisobiga);
- Sharqiy Osiyo va qisman Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro savdosining ustun darajada rivojlanishi (Yaponiyadan tashqari)
- Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari tashqi savdosining sekin rivojlanishi;
Xalqaro savdoning zamonaviy hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar tendensiyasi quyidagilar orqali ifodalanadi:
- Xalqaro savdoda bozor iqtisodiyotiga ega rivojlangan mamlakatlar ulushining saqlanib qolishi;
- Xalqaro savdo asosiy qismining rivojlangan mamlakatlar guruhi ichida mujassamlashuvi;
- Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushining ortishi;
- Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida
savdo aloqalari hajmining ortishi;
- O‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarning xalqaro savdodagi pozitsiyasining zaifligi (rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 3,5%, rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 2,5%);
Demak, zamonaviy xalqaro savdoning asosiy omillari quyidagilardan iborat:
- Milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi;
- Milliy iqtisodiyotlar ishlab chiqarish salohiyatining o‘sishi;
- Xalqaro savdoning hududiy va tovar o‘zgarishi;
- Xalqaro savdo mexanizmlarining murakkablashuvi.
XXI asrning boshlarida xalqaro savdo nisbatan jadal suratlarda rivojlanishi bilan birga turli inqirozlar tufayli uning pasayishi ham yuz berdi. Tahlillar, jahon ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur‘ati 2015-2020 yillarda o‘rtacha 2,0%ni, jahon tovarlar eksporti hajmining o‘sish sur‘ati esa 3,5% ni tashkil etganligini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yo’llarini belgilash taqozo etiladi. Davlat tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi9. O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi. O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: «Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir sub’ekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir»i.
Hozirgi davrda O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin: global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy. Har bir darajadagi integratsion aloqalarning o’ziga xos vazifalari mavjud.O’zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo’jalik sub’ektlarining tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo’shilishidir. O’zbekistonning BMT, yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), yevropa hamjamiyati, NATO, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo’jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi. O’zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, Afg’oniston, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo’jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat. O’zbekiston mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O’zbekiston birinchilar qatorida MDHni tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o’zining tashkil topishi chog’idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo’jalik aloqalari va imkoniyatlardan foydalanishda o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan kelib chiquvchi vazifalarga mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo’nalishida ko’proq siyosiy masalalar, «integratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida kuchli mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi, ular manfaatlarining siqib qo’yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o’tkazish holatlari ustunlik kasb eta boshladi. O’zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga, yagona madaniy an’analarga, o’xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo’lgan qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (TSARS) tashkil etildi. Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15 iyunida oltita – O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi. Bugungi kunda SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi nufuzi, obro’-e’tibori sezilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu tashkilot safidan joy olish istagini bildirgan davlatlar soni ham ko’paymoqda. ShHTning salohiyati haqida gapirganda masalaning faqat iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik iqtisodiy-integratsiyaviy tashkilot deb atash uchun barcha asoslar yetarlidir. ShHTning salohiyat va imkoniyatlari to’g’risida so’z ketganda, eng avvalo unga a’zo mamlakatlar egallagan hudud ko’lamining ahamiyatli darajada kattaligini ta’kidlash o’rinlidir. ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 30178,7 ming km.kv ni tashkil etib, unda eng katta salmoqni Rossiya (56,6%) va Xitoy (31,8%) egallaydi (1-jadval). Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni 1,5 mlrd.dan ko’proq bo’lib, aholi umumiy sonidagi salmog’i jihatidan Xitoy eng katta ulushga ega – 87,0 %. So’nggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan YAIM hajmi 12,1 trln. doll.dan oshadi.O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng avvalo, O’zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xomashyosi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, telekommunikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm, hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya aloqalarini kuchaytirish lozim10.

Download 209.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling