Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti buxgalteriya va statistika
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’g’risida ma’lumotlar
Download 209.38 Kb.
|
Asila — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat nomi Hududi Aholisi soni
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’g’risida ma’lumotlar
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo’jaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq davr davom etgan natijasi hisoblansada, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, hozirgi kunda ham mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida hal etilmagan ko’pdan-ko’p muammolar mavjudki, bizning Respublikamiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat. Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki yo’nalish bo’yicha: MDH mamlakatlari bilan hukumatlararo bitimlar va xorijiy mamlakatlar bilan erkin muomaladagi valyutada hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi. 2016 yil respublikamiz tashqi savdo aylanmasi 19077,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, uning 37,8 foizi MDH mamlakatlari, 62,2 foizi uzoq xorijiy mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi. Xorijiy mamlakatlarga mahsulot eksporti hajmi to’xtovsiz ko’payib borib, 2017 yilda 11572,9 mln. dollarni tashkil qildi, uning asosiy qismi (65,3%) uzoq chet el davlatlari hissasiga to’g’ri keldi. Bu ko’rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o’sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-tez o’zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog’liqligini kamaytirishda muhim yo’nalish bo’lib xizmat qiladi. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMTning respublikada amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo’ladi. O’zbekistonning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorligi, NATOning «Tinchlik yo’lidagi sheriklik» dasturidari ishtiroki uning jahon xo’jaligi qo’shilishning navbatdagi yo’nalishidir. Jumladan, yevropa Ittifoqi bilan Respublikamiz o’rtasida imzolangan SHeriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim tashqi iqtisodiy faoliyatining ustivor yo’nalishidir. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi: 1) rivojlangan mamlakatlar yo'li; 2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li; 3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li; 4) sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xi-toy, Vetnam). 1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi: - xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor qilish; - resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish; - narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o'tish; - ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish. 2.Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi: - barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi; - bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi; - kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy to'siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo'llab-quwatlash va tarmoqqa kirishidagi to'siqlarni pasaytirish; - tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo-satini tartibga solish va boshqalar. 3. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi: - mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish; - bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investisiya fondlari va h.k.) shakllantirish; - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish; - bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar. 4. Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda xalq xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan. Tqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat. 5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kir-maydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o'tkazilib turadi. Bu yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi, eng awalo va kuchli rav-ishda moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo'ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o'tish davri iqtisodiyoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi11. Markazlashgan ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtiso-diyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tishda maqsad bir xil bo'lsa-da, turli mamlakatlar turli yo'llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma'lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda ikki yo'l, ya'ni revolyusion va evolyusion yo'llar mavjud. Polsha, Chexoslova-kiya, Rossiya va boshqa ay rim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o'tishning revolyusion yo'lini, birdaniga katta to'ntarishlar qilish yo'lini tanladilar. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili. Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot, xo'jalik faoliyati ham «Siyosat iqtisodiyotidan ustun bo'ladi, ustun bo'lmasligi ham mumkin emas» degan qoidaga asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu shiorning talablariga bo'ysundirilgan edi. Bu siyosat qanday oqibatlarga olib kelganligi hammaga ayon. Ana shu holatni chuqur tahlil etib, undan kerakli xulosa chiqargan Predizentimiz iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida ijtimoiy munosabatlar ekani, ularning har bin o'z qonunlari bilan rivojlanishi, bular o'rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik qilishi kerakligi haqidagi xulosaga keldi. Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning moddiy tayanchi bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari bo'lmagan iqtisodiyot sohalari qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston dunyoga tanilishi, hamkorlik va jahon iqtisodiga qo'shilishi uchun zamin yaratish demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham siyosatga nisbatan ustuvor munosabat ekanini amalda isbotlanishi demakdir. Davlat bosh islohotchi bo'lishligj tamovili. Bu tamoyil, awalo, umumbashariy qadriyatlardan kelib chiqadi. Zero, I. Karimov «O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli risolasida yozganidek, jahon tajribasi iqtisodiyotni davlat yo'li bilan tartibga solib turish zarurh'gini ko'rsatdi; buning ustiga torn ma'noda o'zini o'zi tartibga solib turadigan bozor yo'q, hamma davrlarda davlat o'z mavqeyiga ko'ra iqtisodiyotga ta'sir etib kelgan. Ammo bozor iqtisodiyotiga o'tish barcha mamlakatlarda bir xil kechmaganidek, davlatning yetakchilik roli ham har xil kechadi. O'zbekiston ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini quradi, bunda davlat tartibga solib turuvchi rol o'ynashi muqarrardir. Bu savolga Prezidentimizning bir qator asarlari va chiqishlarida aniq javoblar mavjud. Birinchidan, eski tuzum parchalangan, yangi jamiyat hali to'la qurilmagan bir sharoitda «iqtisodiyotni boshqarishni qo'ldan chiqarib yuborish, uning taraqqiyotini o'z holiga tashlab qo'yish mumkin emas»; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish boshlangan davrda respublikamiz aholisining turmush darajasi nisbatan past, u o'zini o'zi himoya qila olmaydi. Bunday sharoitida davlat kerak, u o'tish davrida aholi manfaatlarini himoya qilish uchun milliy daromadni qayta taqsimlash vositasida unga tayanch bo'ladi; uchinchidan, bozor iqtisodiyotini qurish g'oyat qiyin vazifa, ayniqsa, iqtisodiyoti nochor va tarkibiy tuzilmasi biryoqlama bo'lgan mamlakatda. Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida «davlat islohotlar jarayonida faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo'lishi, islohotni izchillik va qat'iylik bilan amalga oshirish shart». Davlatning bu boradagi yetakchiligi shundaki, u yangi iqtisodiyotga tezroq va katta qiyinchiliklarsiz o'tishga yordam beradi, islohotlarning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqadi, islohotlarni amalga oshirish dasturini tuzadi va ularni amalga oshirishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy vositalarini belgilaydi. Islohotlar konsepsiyasi muallifi Islom Karimov bu masalada shunday qat'iy fikrni aytadi: «. . davlat islohot jarayonining barcha bosqichlarida yetakchi o'rinda turishi, bu jarayonning markazida bo'lishi shart». Darvoqe, bugun bu tamoyilning naqadar to'g'ri ekani MDH davlatlaridagina emas, butun dunyo miqyosida e'tirof etilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili taraqqiyotning evolyutsion yo'li, zarurat bo'lib u bir qancha sabablar bilan bog'liq ekanligini konsepsiya muallifi I. Karimov bir qancha dalillar bilan asoslab beradi. Birinchidan. O'zbekistonning eng yaqin tarixi sobiq sotsialistik tuzumi, uning istiqboldagi tuzumi bilan-«bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan ikki xo'jalik tizimidir». Bunda eski iqtisodiyotni takomillashtirish emas, balki tamomila yangi xo'jalik yuritish tizimini barpo etish talab etiladi. «Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o'tishdir». Shuning uchun o'tish vazifalarini birdaniga amalga oshirib bo'lmaydi, u bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oluvchi nisbatan uzoq davr doirasida amalga oshadi; ikkinchidan. yangi iqtisodiy tizimni farmonlar va qonunlar chiqarish bilan qurib bo'lmaydi, bunday iqtisodiyot tegishli infrastruk-turani va huquqiy bazani yaratishni talab etadi. Qonunning ustuvorligi., hamma uchun tengligi tamoyili. Prczidcntimiz o'zining Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasidagi «Adolat-qonun ustuvorligida» nomli ma'ruzasida uqtiradiki, «biz tanlagan taraqqiyot modeli bozor iqtisodiyotiga tayangan ochiq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan yangi hayot barpo etish harakatidamiz», «bir tomondan, ko'p asrlik tarix, buyuk madaniyat, yuksak milliy an'analar, muqaddas qadriyatlarga, ikkinchi tomondan esa-jahon xalqlarining eng ilg'or tajribasiga» asoslanishi bilan birga qonunlar ustuvorligiga ham suyanadi1. Qonunlarning ustuvorligi tamoyili shuni bildiradiki, qabul qilingan Konstitutsiyamiz, barcha boshqa qonunlar hech istisnosiz hamma tomondan hurmat qilinishi va ularga rioya qilinishi kerak. Har bir fuqaro nafaqat qonunlar talabini bilishi, ularga so'zsiz amal qilishi, balki boshqalarning ham qonunlarga rioya qilishlarini nazorat qilmog'i demokratik jamiyat qurishning talabiga aylanadi. Qonunlarning ustuvorligini ta'minlash tamoyilining mohiyatini I. Karimov yana quyidagicha izohlaydi: «Qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo'ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash-bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi'». Kuchli ijtimoiy siyosat. Bu tamoyil Islom Karimov asarlarida nihoyatda mukammal va atroflicha ishlab chiqildi. «Aholining muhtoi tabaqalarini ijtimoiy himoyalash kechiktirib bo'lmaydigan. eng ustuvor vazifa. amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi bo'lib qoldi va shunday bo'lib qoladi» deganda uning ijtimoiy himova tamoyili o'z ifodasini topgan edi12. Ijtimoiy siyosat konsepsiyasida keng qamrovli himoya mexanizmi ishlab chiqilgan. Bu mexanizm bo'g'inlari asosan quyidagilardir: ijtimoiy himoyaning huquqiy bazasini yaratish, aholining nogiron, nafaqador, ko'p bolali va kambag'al oilalari, o'quvchi yoshlarga yordam berish, ish bilan vaqtincha ta'minlanmagan kishilarga nafaqa to'lash va ish joylari yaratish, ma'lum davrda narxlarning erkinlashuvini to'xtatib turish va asta-sekin bozor qonunlariga moslashib borishiga yo'l ochish, boqimandalik va tekis taqsimlash illatlarini batamom tugatish, pulning qadrsizlanishini to'xtatish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirib borish asosida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish (bevosita iste'mol buyumlari ishlab chiqishga yo'naltirilgan iqtisodiyot barpo etish) va boshqalardir, Doimiy rivojlanib va boyib boruvchi ta'limot. O'zbekiston Prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o'tish ilmiy ta'limoti boshqa iqtisodiy qarashlar, g'oyalar, ta'limotlardan tubdan farq qiladi. Bu haqda muallif shunday dedi: «Mustaqil rivojlanishning o'tgan davrini umumlashtirish va tahlil etish isloh qilishning O'zbekiston model! asosli va to'g'ri bo'lib chiqdi. deb aytish uchun to'la asos beradi. bugun uni obro'li xalqaro iqtisodiv tashkilotlar. iahonning ko'pgina mamlakatlari tan olmoqda. Eng asosiysi-hayotning o'zi uni tasdiqlamoqda'» Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy konsepsiyasini mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida qayd qilingan asarida o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham aniqlashtirib berdi. Bular quyidagilardir: birinchidan. inson manfaatlarini ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi» degan qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan. «mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»; uchinchidan. «biz ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka —kichik va o'rta biznesga beriladi»; to'rtinchidan. qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirish, pul mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, aksiyalashtirish, fond bozorida faol qatnashish; beshinchidan. «Ishlab chiqarishni, iqtislodiyotda vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi, «bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan. nodavlat sektordagi o'zgarislilarga doimo katta ahamiyat berib borish, qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini uyg'otish; yettinchidan. iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib borish, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan. respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga ta'minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar. Perezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot sinovidan o'tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyati-mizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning 1-chaqiriq XIV sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi: 1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish. 2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish. 3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish. 4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish. 5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash. 6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash. Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil yondashuvlar tarkib topgan. Bulardan birinchisi monetar yondashuv deb ataladi13. U pulning qadr-sizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to'lovga qodir bo'lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslanadi. Bu yon-dashuvning kamchiligi shuki, u ishlab chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va investisiya faoliyatining to'xtab qolishiga olib keladi. Ikkinchisi - ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirishga, tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirishga yordamlashish, iqtisodiyotda nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondashuv. Bunda bir me'yordagi qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo'lmagan ortiqcha talablarni cheklash bo'yicha tadbirlar bilan uzviy bog'lab olib boriladi. Respublikada o'tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi yondashuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning ilg'or tuzilmasiga erishish uchun ustunlikka, is-tiqbolga ega bo'lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har to-monlama rag'batlantirish, eng muhim bo'g'inlarni aniqlash (neftn, energetika, don, paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.) va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo'yicha amalga oshiriladigan yondashuvdir. Boshqalardan ustun hisoblangan yetakchi tarmoqlar belgilab olinishi bilan birga, ularning ichki tuzilishini qayta o'zgartirish ham hisobga olinadi. Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan monetar siyosat asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta tashkil qilishni qo'llab-quwatlash siyo-sati bilan birga qo'shib olib borilishi zarur. Ana shu yondashuvlar negizida iqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat bo'ladi: 1) ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo'l qo'ymaslik; 2) boshqalardan ustun bo'lgan tarmoqlarda ishlab chiqar-ishni yuksaltirish uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirish va rag'batlantirish; 3) davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini ta'minlash; 4) pulning qadrsizlanishini to'xtatish; 5) to'lov balansi va davlat valyuta rezervlarining hola-tini yaxshilash; 6) muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida aholi tur-mush darajasini yaxshilash. Byudjet intizomiga rioya qilish va uning kamomadini cheklash barqarorlashtirishning hal qiluvchi omillaridan biridir. Bunda soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi bosqichda iqtisodiyotni barqarorlashti-rishda kredit-bank tizimini, pul muomalasini mustahkamlash, valyuta munosabatlarini tartibga solish ham alohida o'rin tutadi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida milliy valyutani mustahkamlash umummilliy vazifa hisoblanadi. Shu sababli, milliy valyutaning barqarorligi, uning ichki bozorda erkin almashinuvini ta'minlash uchun respublikada bir qator dastur-larni amalga oshirish ko'zda tutiladi. Birinchidan, milliy valyutaning tovar (xizmat) lar bilan barqaror ta'minlanishiga erishish. Bunda bozorni iste'mol mollari bilan to'ldirish va ularning umumiy hajmida respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlar hissasini oshirib borish hal qiluvchi o'ringa ega bo'ladi. Ikkinchidan, yetarli barqaror valyuta zaxiralariga ega bo'lish. Bunga respublika eksport imkoniyatini kengaytirish, korxonalarni eksport uchun mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirish va ulaming jahon bozoridagi mavqeini oshirish orqali erishiladi. Uchinchidan, ishlab topilgan har bir so'mni qadrlash va xalq xo'jaligiga sarflangan har bir so'mning foyda bilan qay-tishiga erishish. Buning uchun qat'iy moliya-kredit siyosatini izchillik bilan o'tkazish zarur. To'rtinchidan, pul qadrsizlanishiga, inflyasiyaga qarshi puxta o'ylangan siyosat o'tkazish. Bunda ichki bozorni mollar bilan to'ldirish, naqd pul va kredit emissiyasining o'sishiga, aholi qo'lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo'l qo'ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o'tishida iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o'zgartirish vazifasi butunlay yangi xalq xo'jalik kompleksini bunyod etishga qaratiladi. Bu esa iqtiso-diyotning tarmoq va hududiy tuzilishini, ishlab chiqarilayotan mahsulot, eksport va import tarkibini qayta qurish, shuning-dek, eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nis-batlarini tartibga solishni talab qiladi. Download 209.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling