Narx siyosati — tashkilotlar tomonidan talab va taklif munosabatlarining o‘zgarishiga tezlik bilan narx reaksiyasi amaliyotini qo‘llash.
Netto-og‘irlik — qadoqdangan mahsulotning qadoqbop material og‘irligi hisobga olinmagan og‘irligi; sof og‘irlik. antonimi: «bruttoog‘irlik».
Oligopsoniya — xaridorlar yoki iste’molchilar kam miqdorda mavjud bo‘ladigan bozor yoki iqtisodiy holat.
Ommaviy bozor — ommaviy axborot vositalaridan foydalanish va ana shu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar o‘zini oqlashiga imkon beruvchi yetarlicha katta va hatto ulkan tovarlar va xizmatlar bozori.
Public relations — jamoatchilik, matbuot, saylab quyiladigan organlar va jamoatchilik tashkilotlari bilan aloqalar tizimi bo‘lib, reklamadan farqli ravishda asosan notijorat asosda yuritiladi.
Pablisiti — tijorat asosidagi xayriya xabarlari, taqdimotlar yoki tovarlar, xizmatlar, firmalar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali beriladigan materiallar.
Pablisiti vositalari (publicity tools) — kompaniya, g‘oyalar, tovar yoki xizmatlarni noshaxsiy tanishtirish va taqdim etishni ta’minlovchi vositalar. Masalan, press-relizlar, matbuot anjumanlari, maxsus reklama ana shular sirasiga kiradi.
Partsell — tovar partiyasi; yukning kichik partiyasi.
Pozitsiyalash — xaridorlar ongida kompaniya imijini va tovar obrazini yaratish
Promoushn (promotion) — talabni oshirish, mahsulot o‘tkazilishi va sotilishini ko‘paytirish, mahsulotni realizatsiya qilish uchun bozor makonini yanada kengaytirish maqsadlarida reklama, press-relizlar, shaxsan sotish, sotishni rag‘batlantirish va tovar yoki xizmatni ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar tomonidan qo‘llanadigan boshqa marketing kommunikatsiyalari vositasida amalga oshiriladigan turli marketing choratadbirlari, sa’y-harakatlari yig‘indisi.
Promo-sayt (promo-site) — qandaydir reklama kampaniyasi uchun maxsus yaratilgan yoki ma’lum bir tovar yoxud kompaniyaga bag‘ishlangan sayt.
Psixografika — psixologiya va demografik statistikani birlashtiruvchi termin. Keng jamoatchilik alohida namoyandalari va guruhlari turmush tarzi va xulq-atvorini tadqiq, tahlil qilish, baholash texnologiyalarini tariflash uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |