Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi


Download 1.92 Mb.
bet171/182
Sana16.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1491862
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   182
Bog'liq
Mustaqil ish global iqtisodiy

Marketing budjeti — bozorlarni (konyunkturaviy, o‘rta va uzoq muddatli) tadqiq etishga, tovarlarning raqobat qobiliyatini ta’minlashga, xaridorlar bilan axborotli aloqa (reklama, sotishni rag‘batlantirish, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish va hokazo), tovar harakatlanishi va sotish tarmoqlarini tashkil etishga ketadigan xarajatlar. Marketing budjeti — muayyan davrda, odatda, bir yilda kompaniya marketing faoliyati uchun mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘lar taqsimotidir.
Marketing dasturi-marketing rejasidan kelib chiqadigan asosiy hujjat bo‘lib, u aynan kim, nimani, qachon, qayerda va qay tarzda xarid qilishi lozimligini belgilab beradi. Marketing dasturlari firma chiqarayotgan mahsulot bo‘yicha ham, ishlab chiqarish va sotish qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbolda yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallanayotgan yangi tovarlar bo‘yicha ham ishlab chiqiladi. Marketing dasturi asosida yangi maqsadli bozorlar, yangi iste’molchilar, yangi turdagi mahsulotlar, an’anaviy mahsulotni ishlatishning yangi sohalarini doimiy izlash ishlari olib boriladi.
Marketing jarayoni — ehtiyojni o‘rganish, mahsulot (xizmat)ni xaridorlar va bozor imkoniyatlari darajasida ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar va bosqichlar
Marketing kommunikatsiyalari majmuyi (ingl. marketing communication mix) — muayyan marketing kampaniyalarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan marketing vositalari — asbob-uskunalar, texnologiyalar va ommaviy axborot vositalarining konkret yig‘indisi.
Marketing-miks — korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotga bo‘lgan talabga ta’sir ko‘rsatish uchun zaruriy marketing tizimi, mahsulot, narx, sotuv joyi va sharti, reklama va rag‘batlantirishni o‘z ichiga oluvchi marketing majmuasi.
Marketing tadbirlari — kompaniya marketing operatsiyalari yoki alohida marketing tadbirida ishga solingan mehnat, moliya va materiallar resurslari.
Marketing tadbirlari dasturi marketing to‘rt «p» harfida xulosalanadi. — odatda marketing operatsiyalarini rejalashtirayotganda foydalaniladigan buyumlar, texnologiyalar va ommaviy axborot vositalari yig‘indisi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling