Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi


Kliring — o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olib amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitob tizimi. Komissioner


Download 1.92 Mb.
bet169/182
Sana16.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1491862
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   182
Bog'liq
Mustaqil ish global iqtisodiy

Kliring — o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olib amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitob tizimi.
Komissioner (commision agent) — tovarlar xarid qilinishi va sotilishini ularga nisbatan mulkdorlik huquqlarini olmasdan turib amalga oshiruvchi ulgurji vositachi.
Kompaniya (company) — yuridik shaxslarning turli iqtisodiy (ishlab chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, sug‘urta) faoliyatni amalga oshirish uchun birlashishi. Kompaniya o‘zi ham yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Kompaniyalar o‘rtasidagi marketing — tijorat kompaniyalari va ulgurji yoki chakana distribyutsiya kanallaridan foydalanmaydigan korporatsiyalar o‘rtasidagi mahsulotlar va xizmatlar marketingi.
Kommunikatsiya — 1) aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot vositasi, tutashma, muloqot, ulanma. 2) axborot uzatish usullari va vositalari.
Konvergensiya — 1) marketingda: talab xarakteriga muvofiq ravishda bozorning turli segmentlari yaqinlashuvi. 2) birjada real va fyuchers kontraktlarga narxlarning yaqinlashuvi, fyucherslar tugashi muddati yaqinlashishiga qarab sodir bo‘ladi.
Konversion marketing — konversion marketingning xarakterli belgisi zarur shart-sharoit yaratib, mahsulot va xizmatlarni taklif qilish uchun talabni yuzaga keltirish va shakllantirishdir. Konversion marketingning maqsadi ma’lum bir mahsulotga nisbatan ayrim toifadagi fuqaro va korxonalar salbiy munosabatini bartaraf etish, shu tariqa ularni potensial iste’molchilar doirasiga jalb qilishdan iborat. Buning uchun esa maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan reklama faoliyati, har tomonlama tarqalgan servis xizmati va yuqori darajadagi ta’minot o‘ta zarurdir.
Kooperativ marketing — bir sxema bo‘lib, unga ko‘ra turli kompaniyalar — muayyan biznes ishtirokchilari sxemaning barcha ishtirokchilari uchun ma’lum bir bozorda faollikni oshirish uchun hamkorlik qiladilar, har bir ishtirokchi kompaniya mahsulotning o‘zini reklama qilish uchun reklamaga va jamoatchilik bilan aloqalarga pul sarflaydi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling