Defitsit (ingl. shortage) — bozordagi bir vaziyat bo‘lib, unda aynan o‘sha narxda talab kattaligi taklif kattaligidan yuqoriroq bo‘ladi.
Diler — 1) qimmatli qog‘ozlar, valuta, qimmatbaho metallar oldisotdisi bilan o‘z nomidan va o‘z hisobiga shug‘ullanadigan fond birjasining a’zosi (alohida shaxs yoki firma) yoxud bank. Qimmatli qog‘ozlar bozorining dilerlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan professional ishtirokchisi. Faqat tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxsgina diler bo‘lishi mumkin; 2) ulgurji (ko‘tarasiga) olgan mahsulotini chakanalab sotayotgan tadbirkor; 3) ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning mahsuloti yoki xizmatini aynan o‘sha tashkilotning nomidan sotishni tashkil qiluvchi yuridik shaxs.
Diling — savdo, vositachilik va ishbilarmonlik xizmatlari kompleksi.
Direktivalar — marketing sohasida qo‘llanuvchi huquqiy hujjatlar, qonunchilik hujjatlari, farmonlar va qarorlar yig‘indisi, (tabiiyki, muntazam o‘zgaradi, ko‘payadi, tuzatiladi va to‘ldiriladi.
Direkt-marketing — yaqin istiqbolda reklama faoliyatining barcha boshqa turlarini surib chiqarishi va marketing kommunikatsiyalari sohasida yetakchiga aylanishi bashorat qilinayotgan konsepsiya. Jahon bozorida direkt-marketing ommaviy axborot vositalaridagi reklamaga qaraganda o‘n baravar samaraliroq, reklama agentliklari u bilan taqqoslaganda ikki baravar foydaliroq rivojlanadi.
Direkt-marketing mohiyati reklama agentliklari vositachiligida uzoq muddatli o‘zaro foydali aloqalarni, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va shaxsan tanish iste’molchilar o‘rtasida rivojlanib boruvchi hamkorlikni o‘rnatishdan iborat bo‘ladi.
Distribyutor — yirik ishlab chiqarish korxonalaridan ulgurji savdo asosida olinadigan mahsulotlarni sotishni amalga oshiruvchi firma. Distribyutor odatda, o‘z omborlariga ega bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatli shartnomaviy munosabatlarga kirishadi va bozorda ishlab chiqaruvchi korxonalar manfaatlarini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |