Savdo madaniyati — tovar harakatining umumiy yagona silsilasida chakana savdo jarayonlarini birlashtiruvchi muhim bir halqa. Chakana savdo texnologiyasi xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish korxonalaridan iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va aholining ana shu tovarlarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar kompleksi sifatida chakana savdo korxonalarining o‘zida yaratilishi lozim.
Savdo markasi (ingl. trademark) — yuridik jihatdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan so‘z yoki so‘zlar, nom, rasm, timsol yoki boshqa grafik tasvirdan iborat bo‘lgan obyekt.
Savdo tizimi — xaridor va sotuvchi muloqoti rejimida savdo amallarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lib, mutaxassislarning maslahatlari, infratuzilmali xizmatlar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Sanoat reklamasi — aholi orasidagi iste’molchilar uchun emas, balki sanoatdan foydalanuvchilar va xaridorlar uchun mo‘ljallangan reklama bo‘lib, business to-business advertising, ya’ni mijoz kompaniyalar uchun reklama, deb ham ataladi. Ilgari savdo va texnika reklamasi, deb yuritilgan bu atama hozirgi kunda ham ko‘pgina mamlakatlarda ishlatiladi.
Servis paneli (service panel) — xizmat ko‘rsatish va xizmatlar havola etiladigan turlri sohalarda xaridorlar ehtiyojlarining maxsus paneli.
Segmentlashtirish (ingl. segmentation) — marketing rejalashtirishida bir-biriga bog‘lanib qolgan shaxslarni aniqlashtirib olish hamda birbiridan ajratishdir.
Sinama marketing; test marketing — bitta yoki tanlab olingan bir necha mintaqada o‘z tovarlarini realizatsiya qilish.
Sinxromarketing (ingl. synchromarketing) — bozorda tovarga bo‘lgan talabning kuchli o‘zgarishi (tovarning mavsumiy xarakterga egaligi) tufayli konyunkturaning pasayishi oqibatida qo‘llanadigan marketing turi, bunday pallada sinxromarketing talab o‘zgarishini inobatga olgan holda sotuvning barqarorligini ta’minlaydi.
Sif (ingl. cost, insuranse and fright) — (narx, sug‘urta va yetkazib berish) terminidan chiqarilgan abbreviatura. Eksport kontrakti doirasida tovar yetkazib berishning tovarning narxi xaridor uchun ana shu elementlarni ham o‘z ichiga olishini ko‘rsatuvchi bir sharti.
Sotish siyosati — marketing faoliyati jarayonida firma siyosatini ishlab chiqish bosqichidayoq hal etiladigan muammolardan biri. Konkret muayyan bozorga nisbatan olganda sotishning eng samarali tizimi, yo‘llari va usullarini tanlash to‘g‘risida so‘z ketganda, bu mahsulotni ishlab chiqarish avval boshdanoq sotishning muayyan usul va uslublarini, eng qulay sharoitlarni ko‘zda tutishni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |