Marketing omillari — ishlab chiqarish xatti-harakati uchun zarur bo‘lgan bozor shart-sharoitlari.
Marketing rejasi — tanlangan konsepsiya va ishlab chiqilgan marketing strategiyasiga asoslangan ma’lum davr (operativ yoki istiqbolli) uchun firma rahbariyati tomonidan mo‘ljallangan hujjatlar to‘plami. Marketing rejasi marketing bo‘limlari harakatini boshqaruvchi va yo‘naltiruvchi nazorat raqamlari rejaviy ko‘rsatkichlar, grafiklar, prognozlar va xomashyo, talab balanslarini o‘zida aks ettiradi.
Marketing tahlili (ingl. marketing analysis) — kompaniyaning bozordagi imkoniyatlarini, u yoki bu tarzda bozor bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa omillarni baholash, shu jumladan, ichki mikro va makromuhitni, bozorda raqobatchilik xulq-atvori taktikasi va strategiyasiga nisbatan kompaniya uchun manfaat va qiziqish uyg‘otadigan barcha tomonlarni baholashdir.
Marketing tizimi — korxona bilan uning hamkorlari va tovarlari (xizmatlari) sotiladigan bozordagi subyektlarni o‘zaro bog‘lab turuvchi eng muhim munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi. Marketing tizimiga ta’minotchilar, vositachilar, sotuvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bozor subyektlari kiradi.
Maqsadli marketing — bozor segmentlarini chegaralash, chegaralangan segmentlardan bir yoki bir nechtasini tanlab olish va har bir tanlab olingan segment uchun alohida-alohida tovarlar marketingi kompleksini ishlab chiqish jarayoni.12
Mahsulot nufuzi / mahsulot imiji (ingl. product image) — bozorda tovar yoki xizmat qanday qabul qilinishini aniqlovchi fikrlash jarayoni.
Mahsulot sotish direktori / marchandayzing direktori (marchandising direktor) — ishlab chiqaruvchi, chakana, ulgurji savdo, diler, distribyutor tomonidan mahsulot sotishga yo‘naltirilgan marketing faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan shaxs.
Narx; baho (ingl. price) — tovar yoki xizmat qiymatining pulda ifodalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |