Masshtablilik – agar Bitkoin blokcheyniga Viza tranzaksiyalarining bir ulushi to’g’ri kelganda edi, uning o’lchami yuzlab terabaytlarga etardi. Firibgarlik – blokcheyn ma‘lumotlarini uzatish qaytarilmas ravishda sodir bo’ladi. Shu sababli amaliyotni orqaga qaytarish imkonsiz, u hatto adashib qilinganda ham. Hujum 51% - agar Bitkoin blokcheynida hisoblash quvvatlarining 51%i bitta qurilmaga qarashli bo’lsa, u holda yaxlitlik buziladi. Kriptovalyutalarni saqlash bilan shug’ullangan begona servislar har doim ham shunday xavfsizlik darajasiga ega bo’lmaydi, bu esa ularni xakerlar o’g’irliklaridan saqlamaydi. Anonim qolish imkoniyati raqamli tangalarni yashirin iqtisodiyot va noqonuniy bitimlar uchun jozibador hisob-kitob vositalari qilib qo’yadi. Ko’plab mamlakatlarda kriptovalyutalar qonundan tashqari qolmoqda. Qonunchilik bazasi ular uchun qanday bo’lishi hali aniq emas, lekin ishonch aytish mumkinki, ularni soliqqa tortish mushkul. Bugungi kunda raqamli tangalar hali ko’p magazinlarda to’lov sifatida qabul qilinmvaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |