Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: O’zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M. Mirziyoyevning asarlari, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqidagi qonunlari va boshqa meyoriy hujjatlari olindi. Xorijlik olimlardan Edvort Olvort, Adib Xalid, Shon Tomas Lion, Choy van Vu, Edvard Said, Lidenberger va Uzbek olimlaridan Bahodir Karim, Izzat Sulton, Axmad Aliyev, Begali Qosimov, Namidullo Boltaboyev va boshqa yetuk olimlar izlanishlari lingvistik metodologik asos sifatida foydalanildi.
Ish tuzilmasining tavsifi: Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasi “Komil Sindarov va Skott Turowning ijodi, detektiv asarlarining badiiyati tahlili”mavzusida bo’lib, tadqiqotda yozuvchilar asarlarining badiiyati tahlil o`rganib chiqilgan.
Ishning kirish qismida magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmeti, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari, tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati va ish tuzilmasining tavsifi kabi tasnifiy belgilari yoritib berilgan. Dissertatsiyaning birinchi bobi “AQSH HAMDA O’ZBEK ADABIYOTIDA DETEKTIV JANRI RIVOJI………” deb nomlangan. Bob ikki qismga bo’linib, “AQSh detektiv asarlarning janriy xususiyatlari” va “O’zbek adabiyotida detektiv janri taraqqiyoti” haqida yoritishga qaratilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobi “KOMIL SINDAROV HAMDA SKOT TUROV IJODINING OZ’IGA XOS JIHATLARI” bo`lib, unda berilgan ikki yozuvchining hayoti va ijodi yoritib berildi.
So’nggi uchinchi bob “KOMIL SINDAROV HAMDA SKOT TUROV DETEKTIV ASARLARINING BADIIY XUSUSIYATLARI TAHLILIga qaratilgan. U ikki qismga bo’lingan holda o’rganilgan. Ular “Qimmatga tushgan xato” asarining badiiyati tahlili va “Presumed innocent” asarining esa syujet tahlilini ko`rib chiqamiz.
Izlanish so’ngida asosiy boblarda keltirilgan masalalarga xulosalar chiqarilgan. Xulosada tadqiqot yuzasidan fikrlar umumlashtirildi, mavzuga oid nazariy masalalarning yechilishi va amaliy ahamiyati ko’rsatib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |