Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
Suv resurslaridan foydalanish. Suv resurslaridan erlarni o’zlashtirish omili tariqasida oqilona foydalanish masalalari nafaqat paxtachilik zonasida, balki paxtachilik-lalmikor va lalmikor zonalarda ham muhim ahamiyatga molikdir.
Ma’lumki, O’zbekistonning suv resurslari Sirdaryo va Amudaryo bilan bog`liq. Sirdaryoning ko’pyillik o’rtacha oqimi 38 km3 ni, Amudaryoniki esa 79 km3 ni tashkil etadi. Hozirgi kunda ularning suv resurslari deyarli tugab bo’lgan. Shu munosabat bilan obikor dehqonchilikda suv resurslarini to’g`ri hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish muammosi dolzarb masalaga aylangan. Amudaryo irmoqlaridan Surxondaryo (70,2 m3/s), Sherobod (7,5 m3/sek), Qashqadaryo (50 m3/s), Zarafshon (164 m3/s) daryolari O’zbekiston hududida oqadi. Amudaryo suvining ma’lum qismi uning quyi oqimidagi Xorazm va Qoraqalpog`iston yerlarini sug`orishga sarflanadi. Amudaryoning o’rta oqimida Buxoro va Qashqadaryo vohalaridagi yangi yerlarni o’zlashtirish maqsadida Qarshi, Amu-Buxoro va Amu-Qorako’l kanallari qurilgan. Sirdaryoning eng yirik irmoqlari Norin (423 m3/s), Qoradaryo (121 m3/s), So’x (41 m3/s) daryolarining quyi oqimlari, Chirchiq (221 m3/s), Ohangaron (15,4 m3/s) daryolari O’zbekiston hududida joylashgan. O’zbekistonning tog` oralig`i va tog` etagida joylashgan hududlarida yer usti suv oqimining asosiy qismi daryolar o’zanlaridan va suv omborlaridan kanallarga olinadi. Bu kanallar orqali O’zbekiston vohalariga yiliga 50 km3 hajmda suv keladi. O’zbekistondagi Qizilqum cho’li va Ustyurt toshloq platosi o’zanli oqimga ega emas. Shu bois bu yerlarda suvdan xo’jalikda foydalanishning birdan bir manbasi yer osti suvlaridir. Ustyurtning yer osti suvlari sho’rroq va sho’r. Ayrim joylarda chuchuk suv bo’lishi ehtimoli bor. Ustyurtdagi yer osti suvlarining ishlatilishi mumkin bo’lgan miqdori juda kam. Qizilqumda chuchuklantirmasdan foydalanish mumkin bo’lgan yer osti suvlari juda kam. Markaziy Qizilqumda yer osti suvlarining to’xtovsiz olib turish mumkin bo’lgan miqdori 11,0 m3/s ga teng. O’zbekistndagi mavjud suv resurslarining asosiy turi bo’lgan yer osti va yer usti suvlaridan oqilona foydalanilgan taqdirda obikor dehqonchilik va yaylov chorvachiligini rivojlantirish imkoniyati tug`iladi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling