Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Geoekologik muhitning landshaft tahlili
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turon provinstiyasi landshaftlarining qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan guruhlashtirilishi (N.A.Kogay 1971, 1990 y.)
Geoekologik muhitning landshaft tahlili. Hozirgi kunda hududiy tabiiy geografik tahlil xalq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda va samarali amaliy natijalar bermoqda. Ayniqsa qishloq xo’jalik tarmoqlarini joylashtirish masalalarini echishda hududiy tahlilni keng va to’liq qo’llanish yaxshi natija beradi. Landshaftlar asos qilib olingan tabiiy geografik rayonlashtirish xaritasi qishloq xo’jalik ishlab chiqishi uchun tabiiy muhitga oid zaruriy ma’lumotlarni beradi. Tabiiy muhitning biror xo’jalik maqsadi uchun yaroqliligini aniqlashda asosiy mezon tabiat komponentlari emas, balki bir xil tabiiy sharoitga ega bo’lgan va tabiiy geografik hududlarning mazmunini tashkil etuvchi landshaftlarning tipologik komplekslaridir. Ular tabiiy geografik sharoiti jihatidan nisbatan bir xil bo’lgan joylardir. Binobarin, bunday joylar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadigan tog` jinslari, relef, tuproq va o’simlik qoplami, suvlari, iqlimiga, ya’ni muayyan tabiat komponentlariga asoslanib ham ajratiladi.
Landshaftlar qishloq xo’jaligi ehtiyojlari nuqtai nazaridan baholanganda ularning mazkur joylarning o’zlashtirish imkoniyatlarini chegaralab turadigan xususiyatlari ham ko’rsatib o’tiladi. Landshaftlarning bu jihatlari tuproq qoplami (rivojlanishi, sho’rlanish, botqoqlanish darajasi, toshloqli yoki gilli, qumli ekanligi), geomorfologiyasi (relefning xususiyatlari, yer yuzasining notekisligi, yonbag`irlarning qiyaligi) bilan o’zaro bog`liqdir. N.A.Kogay (1971) yuqorida aytilganlarni hisobga olib landshaftlarni dehqonchilik nuqtai nazaridan guruhlashtiradi va ularni juda past sifatli, past sifatli, o’rtachadan past sifatli, o’rtacha sifatli, o’rtachadan yuqori sifatli, yuqori sifatli tabiiy komplekslarga birlashtiradi (11-jadval) 11-Jadval Turon provinstiyasi landshaftlarining qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan guruhlashtirilishi (N.A.Kogay 1971, 1990 y.)
Tekislikdagi cho’l zonasidan to baland tog`larning glyastial-nival zonalarigacha bo’lgan hududlardagi past sifatli landshaftlar dehqonchilikka yaroqsiz bo’lsa-da, yaylov chorvachiligi uchun yaroqli landshaftlardir. Allyuvial, allyuvial-delta, prolyuvial-allyuvial tekisliklarning tabiiy komplekslari o’rtachadan yuqori sifatli landshaft sifatini tashkil etib, qishloq xo’jaligida o’zlashtirish uchun eng qulay sharoitga ega. Landshaft komplekslarini o’rganishda va ularni sinf va kichik sinflarga, guruhlarga ajratishda qiyosiy tabiiy geografik asos bo’lgan bunday yondoshuv o’z mohiyatiga ko’ra komplekslik xususiyatiga ega. O’zbekistonning tabiiy geografik regionlarida turli sifatga ega bo’lgan landshaftlarni ajratish katta amaliy ahamiyatga molik. Shuningdek, respublikamizning ma’muriy birliklari-viloyat va tumanlarida ham landshaftlarni qishloq xo’jalik nuqtai nazaridan guruhlarga ajratish mumkin. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling