Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
O’zbekistonda va qo’shni chegaradosh hududlarda joylashgan suv omborlari
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orol dengizining turli davrlardagi suv balansi (km 3 /yil)
- Yer osti suvlari.
O’zbekistonda va qo’shni chegaradosh hududlarda joylashgan suv omborlari
(Hikmatov F.,Aytboyev D., 2002).
6-jadval Orol dengizi suv sathi, suv yuzasi maydoni, suv sig`imi va sho’rligining 1960 yildan keyingi o’zgarishi
7-jadval
Yer osti suvlari. O’zbekiston hududi yer osti suvlarining yetarli zahirasiga ega. Respublikamizda ularning aniqlangan zahirasi sekundiga 1001 m3 ni yoki 1 yilda 31,5 mlrd m3 ni tashkil etadi. Ularning kimyoviy tarkibi va sho’rlanganlik darajasi har xil. Respublikada chuchuk va bir oz sho’rlangan yer osti suvlarining foydalanish mumkin bo’lgan zahirasi sutkasiga 50,6 mln.m3 bo’lib, uning 80 % i, ya’ni 40 mln. m3 i tog` oldi, tog`li yerlarga to’g`ri keladi. Uning yarmi chuchuk yer osti suvlaridir. (8-jadval). Gidrogeologlar O’zbekiston hududini tabiiy sharoitidan kelib chiqib, 2 ta- tog` oldi, tog` va tekislik gidrogeologik o’lkaga bo’ladilar. Har bir o’lka o’ziga xos yer osti suvlari va to’yinish manbalariga ega. Respublikaning tog` oldi, tog`li hududi baland tog` tizmalari, past tog`lar, tog`lar oralig`idagi va tog` oldi botiqlaridan iborat. Bularning har birida yer osti suvlarining rejimi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Tog`larda yer yoriqlarida paydo bo’lgan yer osti suvi havzalari vujudga kelgan bo’lsa, tog` oralig`i botiqlarida artezian havzalardan iborat. Tog`li hududlarda quyidagi 9 ta gidrologik rayon ajratilgan. Bular Chotqol-Qurama, Nurota-Turkiston, Hisor-Zarafshon, Markaziy Qizilqum yer yorig`i suvlari havzasi, Hisorning janubi-g`arbiy qismidagi tog` artezian havzasi, Farg`ona artezian havzasi, Toshkent va Zarafshon artezian havzalari, Surxondaryo artezian havzasi. Tog` oldi va tog`li hududlar tabiiy yer osti suvlari zahirasining umumiy miqdori 650 m3 sekundni tashkil etadi. Tog` mintaqasida yer osti suvlari yog`in-sochin, yomg`ir, qor muz suvlarining shimilishidan hosil bo’ladi. Suvning shimilish tezligi va miqdori tog` jinslarining litologik tarkibiga, yog`in-sochin miqdoriga bog`liq. O’zbekistonda er osti suvlarining vujudga kelishiga eng qulay sharoit mutlaq balandligi 1500 dan 3000-3500 metrgacha bo’lgan tog`larga to’g`ri keladi, chunki bu balandlikdagi yerlarga yog`in-sochin eng ko’p tushadi. Shuning uchun bu hududlarda yer osti suvining eng ko’p oqim moduli kuzatiladi. Oqim moduli karbonatli jinslarda 1 km2 maydonda 12 l/sek.ni, cho’kindi-magmatik jinslar kompleksida 8-9 l/sek.ni, metamorfiklashgan qumtosh-slanestlarda 3-5 l/sek ni, mezozoy va qaynozoyning terrigen jinslarida 1-3 l/sek. ni tashkil etadi. Mutlaq balandligi 1500 metrgacha bo’lgan joylarda yog`in-sochinning kamayishi va bug`lanishning kuchayishi natijasida oqim moduli keskin kamayib, 0,10 l/sekG`2 dan 1-3 l/sek/km2 gacha miqdorni tashkil etadi. O’zbekistonning tog`laridagi yer osti suvlarining zahirasi 105 m3G`sek bo’lib, uning 31,4 % i Toshkent atrofi rayoniga, 23,8 % i Surxondaryo, 13,5 % i Qashqadaryo, 11,6 % i Zarafshon vodiylariga, 6,7 % i Nurota-Turkiston, 5,25 % i Mirzacho’l, 5,9 % i Farg`ona va 2 % ga yaqini Markaziy Qizilqum gidrogeologik rayonlarga to’g`ri keladi. Yoriq-karst va tog` daryolari o’zanlari ostida shakllangan yer osti suvlaridan xalq xo’jaligida foydalanish mumkin, lekin ulardan ko’p foydalanish tog` oldi, tog` oralig`i hududlarga, tekislikka oqib tushadigan yer usti va yer osti suvlarining miqdoriga salbiy ta’sir etishi mumkin. 8-jadval O’zbekistonning chuchuk va salgina sho’r yer osti suvlari zahirasi va ulardan foydalanish (mln m3 G` sut) (O’zbekiston geologiyasi va foydali qazilmalari. T. 1999)
Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling