Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
YER OSTI SUVLARI.Yer osti suvlari O`zbekiston suv resurslarining bir manbai bo`lib, bizning eng muhim tabiiy boyliklarimizdan hisoblanadi. O`zbekistonda yer osti suvlarining dinamik zahirasi -1038,1 m3/sek. ni tashkil qiladi. Gidrogeologlar O`zbekiston hududini 2 ta tog` oldi va tog` va tekislik provinsialariga bo`ladilar. Birinchisida katta zahiraga ega bo`lgan chuchuk yer osti suvlari bo`lsa, ikkinchisida zahirasi uncha katta bo`lmagan minerallashgan yer osti suvlari mavjud. O`zbekiston yer osti suvlarini zahirasini vujudga kelishiga eng qulay sharoit absalyut baladligi 1500 m dan 3000 -3500 metrgacha bo`lgan tog`liklarga to`g`ri keladi, chunki bu balandlik orasida joylashgan hududlar eng ko`p yog`in- sochin tushadigan hududlardir. Shuning uchun bu mintaqada yer osti suvining eng ko`p oqim moduli kuzatiladi. Karbonatli jinslarda bir kv. km maydonda u 12 l/sek. ni, cho`kindi - magmatik kompleksda -8-9 l/s, metomorfozlashgan qum slaneslarda 3-5 l/s, mezo - kaynazoyning jinslarida 1-3 l/s tashkil etadi. Aksincha bu ko`rsatkich 1500 metrgacha bo`lgan joylarda yog`in-sochin miqdorining kamayishi va bug`lanishining kuchayishi natijasida keskin kamayib , 0,10 dan 1-3 l/s km2 ni tashkil etadi. Tog` oldi mintaqasining yer osti suvlarining zahirasi 295 m3/sek, tog` oralig`idagi botiqlar va daryo vodiylariniki hamda Farg`ona vodiysida -289 m3/sek. Chirchiq - Ohangaron havzasida 140 m3/sek, Mirzacho`lda -32 m3/sek, Zarafshon vodiysida -95 m3/sek, Kitob-Shahrisabzda –8 m3/sek, Surxondaryo va Sherobod konuslarida 17 m3/sek. ni tashkil etadi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, O`zbekistonda to`yinish manbai bilan ta'minlangan foydalanish mumkin bo`lgan yer osti suvlarining miqdori 1000 m3 /sek yoki bir yilda 31,5 mlrd. m3ni tashkil etadi. Hozirgi kunda O`zbekistonda yillik o`rtacha 1,5 km3 atrofida yer osti suvlaridan sug`orishda, aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashda, uy-ro’zg`or, maishiy xizmatda, davolanish maqsadlarida foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizdagi 30 mln. ga. mavjud yaylovlarning 2,5 mln ga dan ortiq qismi yer osti suvlari hisobiga obi-hayot bilan ta'minlanmoqda. O`zbekistonda suv resurslaridan foydalanishda yo`l qo`yilgan kamchiliklar yirik muammolarning kelib chiqishiga sababchi bo`ldi. Bular Orol dengizi muammosi, daryo qayirlarida to`qay ekosistemalarining degradatsiyalanishi, daryo suvlarining ifloslanishi va qashshoqlanishi, zovur- tashlama ko`llarning vujudga kelishi, yer osti suvlarining ifloslanishi va boshqalar. MA’RUZA №6 Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling