Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.74 Mb.
bet8/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Qo’shimcha: Barotov P.

Arxeologik qazish ma'lumotlariga ko`ra, eng qadimgi odam yashab kelgan yerlardan biri Xorazm, Buxoro, Andijon va Surxondaryodan eramizdan oldingi IV-III ming yillarda o`sha zamon dehqonchilik madaniyati qoldiqlari topilgan.


O`zbekistonning geografik o`rni va tabiiy sharoiti boshqa xalqlarni bu yerga ko`chib kelishiga qulaylik tug`dirgan.
Bu o`lka Ipak yo`li ustida joylashishi oqibatida qudratli davlatlar paydo bo`lgan. Bulardan eramizdan avvalgi VII-V asrlarda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida tashkil topgan Sug`diyona yoki Amudaryoning o`rta qismidagi Baqtriya va bu daryoning quyi qismidagi Xorazm davlatlarini ko`rsatish mumkin.
Bu vaqtlarda Markaziy Osiyo va Sharqiy Sibirdan juda ko`plab turkiy qabilalar ko`chib kelib o`rnasha boshlagan.
VII- asrning ikkinchi yarmida arablar O`zbekistonni istelo etgandan keyin, arab madaniyati tarqala boshladi.
Makedoniyalik Aleksandr (Eramizdan oldingi IV asrda) ning harbiy yurishlari O`zbekiston haqida geografik ma'lumotlar to`planishiga imkon bergan. Grek tarixchilari Arrian bilan Qursiy bu yurishlardan foydalanib (eramizdan oldingi II-asrda) Amudaryo (qadimgi Oks, Jayxun), Sirdaryoni (Xasariy, Yaksart, Sayxun) tasvirlab yozgan. Zarafshonga to`xtalib uni Amudaryoga bormasdan yo`lda qumlar orasida tugaydi deb yozgan.
Sir va Amu haqida ancha aniq ma'lumotlar qoldirgan grek geografi Strabon (1-asrda). Zarafshon (Politimet) daryosi ko`p yerlarni sug`orib cho`l va qum orasida singib ketadi. Demak Zarafshon Quyi qismida qadim zamonda ham iqlimi hozirgiga o`xshash bo`lgan. O`rta asrlarda arablardan Ibn Rustam X asrda O`zbekistonga kelib Orol haqida ancha aniq ma'lumot yozib qoldirgan. Shu davrda yashagan arab sayyohi va geografi Abu Isxoq Istaxriy «Iqlimlar kitobi» nomli asarida Orol dengizini (Xorazm ko`li deb atagan) birinchi bo`lib xaritaga tushurgan. Amu va Sirni shu ko`lga quyilishini ko`rsatgan. Arab yozuvchisi va sayyohi Yokut Hamaviy (1179-1229) O`rta Osiyoga bir necha bor sayohat qilgan «Mamlakatlar lug`ati» nomli o`n jildli kitobini yozgan. Bizgacha yetib kelgan yana biri «Adiblar lug`ati» kitobi bo`lib, 25 dan ortiq olimlar haqida (Xorazm, Buxoro Samarqandlik) ma'lumot yozib qoldirgan.
IX asrda yashagan Muhammad Ibn Muso- al Xorazmiy O`rta Osiyo geografiyasiga asos solgan. «Yer tasviri» asarida mamlakatlar va shaharlar tasvirlangan ularni koordinatalari ko`rsatilgan, bu asar 1878yilda rus tilida tarjima qilingan.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) yerni o`tmishdagi relyefi, joy plani, karta chizish shaharlar koordinati,masofalarni hisoblash, o`simliklar to`g`risida ilmiy ma'lumot yozib qoldirgan. O`rta Osiyo topografiyasiga oid «Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarni chegaralarini aniqlash» asarida Yer sharining o`lchamlari haqidagi ma'lumotlar berilgan. Beruniy astranomiyaga oid «Qonuni Ma'sudiy», mineralogiyaga oid «qimmatbaxo toshlarni bilib olish» bo`yicha asar yozib qoldirgan.
Ibn Sino «Kitobi Ash-Shifo» kitobining «Tabiat» deb atalgan qismida tog` jinslari va minerallarning paydo bo`lishi, yirik yer yuzasi shakllari- tog`lar, vodiylar, tekisliklarning paydo bo`lishi va o`zgarib turishi haqida fikr yuritadi. Tashqi va ichki ku`chlar haqida yozib uni misollar asosida tushuntiradi.
XI asrning ikkinchi yarmida Mahmud Qoshg`ariy (Ibn Xusayn ibn Muhammad) O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston bo`ylab ko`p sayohatlar haqida «Devoni lug`atit turk» asarini yozgan.
Mo`g`illar Yevropaga hujum qilgandan keyin, mo`g`il xonliklariga Yevropalik sayyohlarni yuborish imkoniyati tug`ilgan.
Dastlabki sayyohlardan biri Italyan Plano Karpini 1245y. diplomatik ish bilan mo`g`il xonlari huzuriga kelgan. U Orol sohillarida Xorazm xonligida va Sirdaryo vodiysi bo`ylab Yettisuvga yetib kelganligi to`g`risida ma'lumotlar qoldirgan. 1403 yilda Temur davlatiga ispan elchisi Klavixo kelgan. U Samarqand tabiati, aholisi, bozorlari, bog`lari haqida, Buxoro atrofidagi cho`llar, Amudaryo haqida ma'lumot yozib qoldirgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530yil) «Boburnoma» nomli asarida Farg`ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Tojikiston tog`lari, darralari haqida yozgan. Ingliz sayyohi Jenkinson 1556 va 1560 yillarda ikki marotaba Ustyurt, Xiva va Buxoroda bo`lgan, bu yerdagi cho`llar tabiati haqida yozgan.
Ivan Xoxlov (1620 y. ) rus podshosi vakili sifatida Xiva, Buxoro, Samarqandga kelib shu joylar haqida aniq ma'lumotlar to`plab ketgan.
Boris Pazuxin 1669-1673 yillarda Xiva va Buxoroga diplomatik maqsad bilan kelib, ko`p yerlarga sayohat qilgan, yo`llar, davlatlar haqida ma'lumot to`plagan. Mamlakatlarni tasvirlab yozgan birinchi sayyohlardan biridir.
1715-1717 yillarda Aleksandr Bekovich–Cherkasskiy rahbarligida rus ekspedisiyasi Kaspiy dengizi sohillari va Amudaryoning Bolox (Uzboy) qo`ltig`i tomon ketgan eski o`zanini topdi va Amudaryoni shu tomonga oqqanligi haqida xulosaga keladi, hamda Quyi Amudaryo tabiatini o`rganadi.
Rus sayyohi Florio - Benevenni 1718-1725 y. Buxoro, Xivaga bo`lib, u 7 yil sayyohat qilib, Amudaryoni qadimda Kaspiy dengiziga tomon oqqanligini aniqladi va tasdiqladi.
Rus sayyohi Filipp Yefremov 1774 yilda Buxoroga asir tushib sharq tilini o`rganadi, so`ngra Xorazm, Qoraqum, Qizilqum cho`llari, Zarafshon va Farg`ona vodiysini aylanib chiqdi. Yefremov «9 yillik sayohat» nomli asar yozdi.
Kapitan N. Muravyev 1818 yilda Xivaga kelib kartografik ma'lumotlar to`pladi.
1820 yilda tabiatshunos E. Eversman va K. Pander Qizilqumning geologiyasi, o`simliklar va hayvonot dunyosini tekshirib asarlar yozdilar.
1824-25 yillarda polkovnik F. F. Berg boshchiligidagi ekspedisiya Orol dengizini sathi to`g`risida dastlab ma'lumotni bergan. Bu ekspedisiya Ustyurt platosi geologiyasi va hayvonot dunyosini o`rgandi.
1841 yilda injener R. F. Butenev rahbarligidagi ekspedisiya Buxoro xonligi va Qizilqum cho`li haqida ma'lumot to`playdi. Zarafshon vodiysini to`liq tasvirlab yozadi.
1842 yilda tabiatshunos Baziner va Danilevskiylar Xivaga kelib geologik botanik, metodologik kuzatishlar o`tkazganlar. Baziner Ustyurtni tekshirib geologik jihatdan ancha ma'lumotlar qoldirgan.
1848 –1850 yillarda Orolni to`liq o`rganish maqsadida rus ekspedisiyasi tuzilgan. Geograf A. I. Butakov rahbarlik qildi, unga hamroh bo`lgan ukrain shoiri Taras Shefchenko ham bor edi. Dengiz chuqurligi o`rganildi, geografik o`rni va chegaralari aniqlandi hamda Orol dengizi o`rganildi. 1850 yilda Butakov Orol siyomkalariga asoslanib Orol kartasini nashr qildi.
1864 yilda Chor Rossiyasi O`rta Osiyoga hujum boshlab 1895 yilda uni o`ziga qo`shib oladi.
O`zbekistonni o`rganishda 1897 yilda Rossiya geografiya jamiyatining Toshkentda ochilgan bo`limini ahamiyati katta.
Tabiatshunos va sayyoh olim A. F. Middendorf 1868 – 71 yilda Zarafshon va Farg`ona vodiylarini tekshirdi. Farg`ona vodiysi relyefi, ko`chma qumlarni iqlimiy sharoiti haqida ma'lumot berdi. Oloy tizmasini birinchi bo`lib tasvirladi. 1871 yilda Qizilqumga sayyohat qilib zologiya va botanikaga oid kolleksiyalar to`pladi.
Farg`ona vodiysi tabiatini chuqur o`rganganlardan biri akademik A. F. Middendorfdir. 1878 yilda tuprog`i, iqlimi, lyossni paydo bo`lishi haqida ma'lumot berdi.
Geolog va geograf I. V. Mushketov 1874 yilda G`arbiy Tyanshan, Sirdaryo vodiysini o`rganib, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo`lib «Turkiston» nomli ikki tomli asar yozdi.
1870-80 yillarda zoolog, ekolog va geograf N. A. Seversev birinchilardan bo`lib, o`lkamiz hayvonot dunyosining asosiy belgilarini aniqlash bilan birgalikda, balandlik mintaqasi bo`ylab hayvonlarning joylanishini o`rgandi va Turkistonni tabiiy geografik rayonlashtirilishiga asos soldi.
Amudaryo ekspedisiyasida geolog Barbot de Marni Ustyurt, Mang`ishloq va Qizilqum tabiatini va geologik xususiyatini o`rgandi.
Atoqli geolog M. N. Bogdanov 1873 yilda «Qizilqum tabiati ocherklari» nomli asar yozgan.
Geolog, geograf akademik L. S. Berg 1900-1902 yillarda Orol dengizini puxta va har tomonlama o`rgandi. Ko`korol, Borsakelmas, Vozrojdeniye orollarini kartaga tushirdi.
Sirdaryo va Amudaryo suvini dengizga quyish hajmini aniqladi. «Orol dengizi» nomli asar yaratdi.
1925 y. Orolni qayta o`rganadi. Orolni Balxash bilan qo`shilmaganini aniqladi. Markaziy Osiyo iqlimi quruqlashib borayotgan degan fikrni noto`g`ri deb aytdi.
Rus zoologi, ornitologi N. A. Zarudniy 1884 – 1892 va 1906-1914 yillarda sayyoh O`rta Osiyoga 5 marta ekspedisiya uyushtirgan. Qizilqumni Orol dengizi va uni sohillarini tekshirib chiqqan «Qizilqum parrandalari», «Orol parrandalari» nomli asarida 238 tur qush haqida ma'lumot bergan.
1908-1913 yillarda O`zbekiston hududida (tuproq, botanik) ekspedisiya uyushtirilib, katta tekshirishlar olib borilgan N. A. Dimo Mirzacho`l, Qarshi cho`li va Amudaryoning quyi qismini tuproqlarini o`rgangan. Geograf-tuproqshunos S. S. Neustruyev O`zbekiston landshaftlarini xususan tuproqlarini chuqur o`rgandi. I. G. Aleksandrov gidroenergetik, A. D. Arxangelskiy hamda V. N. Veber geologik tekshirishlar o`tkazganlar, G`arbiy Tyanshan sistemasidagi tog`larni foydali qazilmalarini o`rganganlar.
1913 yilda «Rossiya» nomi bilan chop etilgan asarni XIX tomi «Turkiston o`lkasi» da yuqoridagi ekspedisiyalar to`plangan ma'lumotlar joy olgan.
V. I. Massalskiy tomonidan tuzilgan bu asar Turkiston o`lkasiga doir bir necha geografik to`plamdir. 1920 yillardan keyingi o`rganishlar xo`jalik vazifalarini hal etishga qaratildi. O`lka tabiiy boyliklaridan foydalanishni yangi davri boshlandi. Kam o`rganilgan viloyatlar hududiga yangi ekspedisiyalar tashkil qilib yuborildi. Yangi ekspedisiyalar o`zini kompleksligi bilan farqlanar edi. Cho`l dashtlarga suv chiqarish, foydali qazilmalardan oqilona foydalanish fanning eng muhim vazifasidir.
Shu olib borilgan kompleks ekspedisiyalar asosida ilmiy va xo`jalik ahamiyatiga ega bo`lgan juda ko`p ma'lumotlar to`plandi.
Mamlakatimiz Fanlar Akademiyasi institutlari olib borgan ilmiy tadqiqotlar natijasida foydali qazilma konlar, irrigatsiya inshootlari bunyod qilib, qishloq xo’jaligi va sanoatni rivojlanishiga imkoniyat yaratdilar.
O`zbekiston hududida foydali qazilmalarni topishda, geologik va geomorfologik jihatdan o`rganishda katta xizmat qilgan X. M. Abdullayev, A. D. Arxangelskiy I. P. Gerasimov N, A. Kogay, E. D. Mamedov, K. K. Markov, V. A. Nikollayev V. I. Popov, O. YU. Poslavskaya, YU. A. Skvorsov, I. Hamroboyev va boshqalar.
Qalin qumlarni kelib chiqishi, qum relyefi shakllari, cho`llarni rivojlanish tarixini o`rganishda E. D. Mamedov, B. A. Fyodorovichlarni hissasi katta.
Tog` etaklaridagi tekislik va adirlarning hosil bo`lishi, lyossning kelib chiqishi kabi masalalarni hal bo`lishida G. O. Mavlonov xizmatlari katta.
O`zbekiston tabiiy geografiyasini yaxlit va uning ayrim qismlarini o`rganishda, hamda tabiiy geografik rayonlashtirishda N. N. Korjenevskiy, E.M. Mirzayev, V. M. Cheturkin, L. N. Babushkin, N. A. Kogay, M. Umarov, L. Alibekov, A. Abulqosimov, A. Rafiqov, Yu. Sultonov kabi olimlarning qilgan ishlari muhim ahamiyatga ega.
O`zbekiston iqlimini muttasil o`rganishda iqlimshunos L. N. Babushkin, L. S. Berg, V. A. Bugayev, L. A. Molchanov, F. A. Mo`minov, A. V. Xisomov va boshqalarni xizmati katta. L. G. Davidov, O. P. Shcheglova V. A. Shuls kabi gidrologlar O`zbekistonning daryo va ko`llarini o`rganishda katta hissa qo`shganlar. Daryolarni to`yinishi jihatidan tiplari, suv sarfi, zararli sellarni oldini olish masalalari bilan shug`ullanganlar.
G. I. Arxangelskiy, O. K. Lange, G. O. Mavlonov, S. Sh. Mirzayevlar yer usti va yer osti suvlarni o`ganib, ulardan xalq xo`jaligini turli maqsadlarida foydalanishni ko`rsatdilar.
O`zbekistonning dasht, cho`l va tog`lardagi tuproqlar, o`simlik hamda hayvonlarni o`rganishda va ulardan xalq xo`jaligi sohalarida foydalanishida R. I. Abolin. I. N. Granitov, K. Z. Zokirov, T. Z. Zoxidov, D. A. Kashkarov, Ye. P. Korovin, A. Z. Genusov, B. V. G`orbunov, N. V. Kamberg S. A. Shuvalovlarning xizmatlarini aytish mumkin.
O`zbekiston hududini tabiiy geografik va uni tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirish yuzasidan R. I. Abolin, L. N. Babushkin, N. A. Kogay, K. Z. Zokirov, N. L. Korjenevskiy, Ye. P. Korovin, E. M. Mirzayev, Chetirkin kabi olimlar ko`plab ilmiy asarlar yaratdilar.
Keyingi yillarda O`zbekiston hududini tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirish masalalarini L. N. Babushkin va N. A. Kogaylar amalga oshirdi. Respublikamiz ayrim qismlarini tabiiy geografik va landshaftlar bo`yicha rayonlashtirishda N. D. Dolimov, M. Qoriyev M. Umarov, L. Alibekov, S. Nishonov, A. Rafikov, A. Raxmatullayev, T. Jumabekov kabi respublikamiz oliy maktab tabiiy geografiya o`qituvchilarining ilmiy ishlari diqqatga sazovordir.
O`zbekiston tabiati va tabiiy resurslarini o`rganish tarixi yuzasidan geograf-tarixchi olimlarimiz ko`zga ko`rinarli ishlar olib borishdi. X. Xasanov, A. Azatyan Z. N. Donsova, R. L. Yugay, R. Raximbekov, I. Inogomov kabilar hozirgi vaqtda ham ish olib bormoqdalar.

MA’RUZA №2



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling