Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
Tektonikasi. O’zbekiston hududi tektonik tuzilishining o’ziga xosligi, er po’stining qalinligiga va er yuzasining tuzilishiga ko’ra tektonik jarayonlarning kechishi keskin farq qiluvchi 2 ta tektonik o’lkaga ajratiladi.
Orogen (tog`li) o’lka. Tekislik-platforma o’lkasi. O’zbekistonning orogen (tog`li)-ya’ni janubiy, sharqiy va markaziy qismlari neogen va to’rtlamchi davrlarda tektonik harakatning ishini boshidan kechirganligi uchun platformadan keyin hosil bo’lgan orogen o’lka kiritiladi. U har xil katta-kichiklikdagi tektonik tuzilmalardan iborat. Bularning asosiylari Chotqol-Qurama, Nurota-Oloy, Hisor-Zarafshon sistemalaridagi tog` tizmalari, Afg`on-tojik botig`ining shimoli-g`arbiy qismi, Qizilqum qoldiq tog`lari hamda Toshkent yoni yoki tog` oldi botig`i, Zarafshon,Farg`ona botiqlari hisoblanadi. Tekislik-platforma o’lkasi O’zbekistonning g`arbida joylashgan va unga Sirdaryo sineklizasining(er po’stining platformadagi sal bukilgan botiq qismi) janubi, Amudaryo gemisineklizasining (botig`ining) shimoli-sharqiy qanoti, oliy va Janubiy Ustyurt sineklizalari hamda Markaziy Ustyurt tepaliklari kiradi va bularning hammasi Turon plitasining bir qismi hisoblanadi. Bu plitaning paleozoy fundamenti er betidan 1-6 km. dan ortiqroq chuqurlikda yotadi. Platforma fundamenti bir nechta yoriqlar bilan bo’laklarga bo’lib yuborilgan. Eng katta yoriqlar kenglikka yaqin yo’nalishdagi Hisor-Mang`ishloq va meridianal yo’nalishdagi Ural-Omon yoriqlaridir. Bu yoriqlar fundamentni 4 ta blokka ajratgan. Respublikamizning asosiy qismi shimoli-sharqiy blokda, faqatgina janubiy qismi janubi-sharqiy blokdadir. Shimoli-sharqiy blok mezo-qaynazoyda ko’tarilgan, fundamentning chuqurligi bu erda 1 km. gacha bormagan, faqatgina eng chuqur botiqlarda 2 km. dan oshgan. Janubi-sharqiy blok mezozoyda deyarli ko’tarilgan bo’lgan, qaynozoyda juda tez cho’kaboshlagan, shuning uchun bu erda fundament 8-10 km. chuqurlikda yotadi.Orogen va plitali tektonik tuzilmalar gersten va alp tog` hosil bo’lish davrlarida vujudga kelgan, ularni turli katta-kichiklikdagi va yo’nalishdagi yoriqlar kesib o’tgan. Bu er yoriqlari bo’ylab ro’y berib turadigan harakatlar ta’sirida mazkur tektonik tuzilmalar har xil balandlikka ko’tarilgan, ba’zilari cho’kkan, natijada palaxsali relef shakllari hosil bo’lgan. Gersten tog` hosil bo’lish davrida tektonik harakatlar bilan bir qatorda vulqonlar ham otilgan. Vulqon va yoriqlar sodir bo’layotgan jarayonlar natijasida O’zbekistonda mavjud rudali, rangli, nodir, qimmatbaho foydali qazilmalar hosil bo’lgan. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling