Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.74 Mb.
bet14/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Qo’shimcha: Barotov P.

Hozirgi zamon tabiiy geografiyasining vazifalaridan biri bu geografik majmualar geosistemalar va ularning tarkibini o’rganish orqali jamiyat taraqqiyotiga muhim hissa qo`shishdan iboratdir.


Mustaqil O`zbekiston geograflarining ilmiy tadqiqot ishlari xususan xalq xo`jaligi taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan muammolarni hal qilish, hamda atrof muhit va yirik hududiy ishlab chiqarish majmualarini sifat jihatdan o`zgartirishning ilmiy asoslarini yaratishga qaratilgandir. Bu vazifalarni amalga oshirish O`zbekiston hududining tabiiy sharoitini chuqur bilishni taqozo qiladi. Shuning uchun geograf mutaxassislar tayyorlashda beriladigan geografik bilimlar tizimining eng muhim o`quv fanlaridan biri bu O`zbekiston tabiiy geografiyasidir. Biz bu kursni mukammal o`rganamiz. Bu o`quv fani Vatanimiz O`zbekiston tabiat komponentlari, ularning holati bir - biriga bog`liqligi, tabiiy boyliklari, ulardan omilkorlik bilan foydalanib, muhofaza ostiga olish haqida bilim berish bilan birga respublikamiz tabiatidagi tafovutlarni tushunib olishga xizmat qiladi. Bu kurs universitetlarda o`qitiladigan barcha regional fanlar orasida tabiiy Vatanshunoslik kursi sifatida ustivor o`rin tutadi.
O`zbekiston Respublikasi shimoliy yarim sharda, Yevrosiyo materigining va O`rta Osiyo o`lkasining markazida, Amudaryo va Sirdaryo oralig`ida, mo`'tadil va subtropik mintaqalarida, okeanlardan ancha uzoqda, berk havzada joylashgan. Shuning uchun O`zbekiston u bilan bir xil kengliklarda joylashgan O`rta dengiz bo`yidagi subtropik sharoitga ega bo`lgan mamlakatlardan katta farq qiladigan o`ziga xos tabiiy sharoit kompleksi vujudga kelgan. Respublikamiz shimolida va g`arbida tabiiy to`siq bo`lmagani uchun Shimoliy Muz okeanining quruq va sovuq havo massalari kirib kela oladi. Atlantika okeani va O`rta dengizi ham o`lkamiz tabiatiga ancha kuchli ta'sir ko`rsatadilar. Yuqorida keltirilgan vaziyat o`lkamiz Qishini ancha sovuq, yozi jazirama issiq bo`lishiga sababchidir. Hududning ana shunday o`ziga xos geografik o`rniga ko`ra respublika hududini cho`l, chala cho`l hamda quruq dashtlar tabiat zonasi katta maydonni egallaydi.
O`zbekiston Respublikasi hududi 447,4 ming kv. km. bo`lib, maydonining kattaligi bo`yicha jahondagi 130 dan ortiq mamlakatlardan oldinda turadi.
O`zbekiston chegaralari asosan quruqlikdan, tekislik va tog`lardan, biroz suvliklar (Amudaryo Orol dengizi) orqali o`tadi. Uning uzunligi 5300 km dan ortiqroq bo`lib, shundan deyarli yarmi Qozog`istonga to`g`ri keladi. O`zbekiston chegarasining asosan tekislikdan o`tganligi va u yerda baland tog`, qor va muzliklarning deyarli yo`qligi, transport va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun keng imkon beradi.
O`zbekiston xalqaro aloqalarni yo`lga qo`yish nuqtai nazaridan va o`z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay geografik strategik mavqeiga ega. Qadim zamonlarda Sharq bilan G`arbni bog`lab turgan Buyuk Ipak yo`li O`zbekiston hududi orqali o`tgan. O`zbekiston bugungi kunda qo`shni davlatlar o`rtasida bog`lovchi xalqa vazifasini o`tamoqda.
O`zbekiston hududining eng muhim o`ziga xos landshaft geografik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Yevroosiyo materigining markazida joylashganligi.
2. Yer yuzasi tuzilishining o`ziga xosligi, ya'ni tekislik va tog`lar bir-biroviga o`rnini almashishi, tog`lar tekislikni janubiy sharq va sharq tomonidan o`rab turganligi.
3. Okeanga oqim yo`q oblastga kirganligi.
4. Asosiy tabiiy kompleks tiplarini maydonining bir butunligi va bir-biri bilan bog`liqligi.
5. Hududida o`ziga xos enlama tabiiy geografik mintaqa va tabiat zonalarining va ularga mos keladigan balandlik mintaqalarining mavjudligi.
6. O`zbekiston hududining katta qismini seysmoaktivligi.

O`zbekiston tabiiy sharoiti xilma-xil bo`lib, o`lkada yozda harorat 45 gradusdan ortib ketuvchi, eng kam yog`in tushuvchi cho`llar bilan bir qatorda, sernam va salqin tog`lari, qishda ham yanvarning o`rtacha harorati 0 gradusdan pastga tushmaydigan quruq subtropikli vodiylari mavjud.


O`zbekiston hududining tekislik qismida cho`lga xos landshaft shakllangan bo`lsa, aksincha tog`li qismida landshaftlarning balandlik mintaqalari mavjud.
O`zbekiston juda boy tabiiy resurslarga ega. Qulay iqlim sharoiti, ulkan mineral xom ashyo zahiralari, qishloq xo`jaligi rivojlanayotganligi haqli suratda O`zbekistonni mintaqa va dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqadi.
Yer po`stining qalinligi 40 km (shimolda O`zbekistonda 52 km) (Sharqida O`zbekiston, Turkiston, Oloy tog`larida 60 km. ) o`rtacha Yer po`stining qalinligi 40-50 km atrofida. Bunda bazalt qatlamining qalinligi 11-12 km (Ustyurtda) dan 30 km. (Tyanshanda) gacha, granit qatlamini qalinligi 27-31 km. Qolgan 1-2 km. cho`kindi qatlam.
O`zbekiston yer po`stini hosil bo`lishini 4davrga bo`lamiz. Birinchi davr okean bilan qoplanib turgan davri, bunda bazalt qatlami yuzaga kelgan, bu davrni yoshi 4 mlrd. dan ortiq. Ikkinchi davri okean–quruqlik bir-birovi bilan almashinishi, bunda esa granit qatlamini pastki diorit qatlami yuzaga kelgan davr, bu davr 3-4 mlrd. yilgacha davom etgan. Uchinchi davr quruqlik-qisman okean bilan almashinib turgan davr,bunda metamorfik–granit kichik qatlami hosil bo`lgan, yoshi 3-1,6 mlrd yilga teng. To`rtinchi davri kontinental davri 1,6 mlrd. yildan keyingi cho`kindi qatlam.
Bu yoshlar 2,6 mlrd. yili arxeyning oxirgi davrlariga to`g`ri kelsa, shundan 550 mln. yildan oldingacha proterazoy jinslari uchraydi. Bu davrda dengiz trangressiyasi boshlanib, ordovik o`rtalarida dengiz bilan qoplangan.
Karbon oxirida ozroq dengiz janubga, Pomirga tomon chekinadi, chunki Gersin bosqichi boshlanadi. Perm boshlarida yana qaytadan transgressiya bo`ladi. Bundan 220-200 mln. yillar oldin tog`li o`lkalarni kuchli yemirilishi davom etadi. O`rta yuradan boshlab 200-160 mln. yil oldin dengiz chekinib kontinental yotqiziqlar hosil bo`lishi davom etadi. Bundan 100 mln. yillar oldin hudud cho`ka boshlab, dengiz bosib kela boshlaydi. Bundan 25-1 mln. yilgacha tog` ko`tarilishi bo`ldi,hozirgi vaqtda ham bu harakatlar davom etmoqda va har yili 1-2 smdan 5-10 sm gacha ko`tarilish davom etmoqda.
O`zbekistonni tekislik va tog`li qismlari o`zining hozirgi relyef ko`rinishiga ega bo`lishi uchun, uzoq murakkab bosqichlarni bosib o`tgan va butun geologik tarix davomida o`ziga xos yo`ldan rivojlangan.
A) Tekislikning rivojlanishidagi asosiy bosqichlar;
Paleozoy erasidan tortib to neogenga qadar Tetis dengizi deb atalgan iliq dengiz havzasi qoplab yotgan. Bu davrdagi dengiz yotqiziqlarini qalinligi 1-3 km. ga yetadi. Bu suv osti yotqiziqlar relyefi tekislanishiga olib keldi.
O`zbekiston geologik tuzilishi xilma xildir. Proterazoydan to to`rtlamchi davrgacha cho`kindi, magmatik va metamorfik murakkab tog` jinslar majmui qatnashgan. Proterazoy va paleozoy tog` jinslari burmalangan va ko`p sonli yer yoriqlari bilan parchalab yuborilgan.
Respublikamizning tog`li hududlarida, tekislik qismidagi qoldiq tog`larda bu tog` jinslari yer yuzasiga chiqadi. Turon plitasining tekisliklarida, tog`lar orasidagi botiqlar esa katta chuqurliklarda yotadilar. Ustidan mezazoy va kaynazoyning uvoq tog` jinslar majmuasi bilan qoplangan.
Tektonik tuzilishining o`ziga xosligi, yer qobig`ining qalinligi va yer yuzasining tuzilishiga qarab O`zbekiston hududi tektonik jarayonlarni kechishi keskin farq qiluvchi ikkkita katta tektonik oblastlarga ajratiladi:
1. Tyanshan epigersin tog` tizilmalari.
2. Turon epigersen plitasi.
Bu ikki oblastlar o`zlarining hozirgi qiyofalariga pliosenda (N2) bo`lgan tektonik harakatlar natijasida erishganlar.
O`zbekiston hududining tekislik va tog`lik qismlari yer yuzasining rivojlanishi va hozirgi paytdagi ko`rinishini olishida uzoq va murakkab bosqichlarni bosib o`tgan va butun geologik tarix mobaynida o`ziga xos yo`ldan rivojlangan.
Paleozoy erasining silur davrida vujudga kelgan dengiz O`zbekiston hududini egallagan bo`lib, unda orollar mavjud bo`lgan. Devon davrining oxirida dengiz Chotqol tizmasining shimol va janub tomonlaridan o`rab turgan.
Toshko`mir davrining oxirida Farg`ona vodiysini o`rab turgan tog`lar, Hisor tog`lari ko`tarilgan. Bu davr oxirida Farg`ona vodiysi, Nurota tizmasi, Qizilqumdagi tog`lar, Zarafshon va Turkiston tizma tog`lari mavjud bo`lgan. Demak,O`zbekiston tog`lari paleozoy erasida gersen tog` paydo bo`lish bosqichida ko`tarilib bo`lgan.
Mezazoyda O`zbekiston hududida tektonik harakatlar kuchsiz bo`lgan. Aksincha paydo bo`lgan tog`lar yemirilgan va baland tekislik, qirlarga aylangan. Bo`r davrining oxirida va paleogenda O`zbekiston hududining markaziy qismlari va Qizilqumning g`arbidagi keng tekisliklarni dengiz egallagan. Bu davrning oxiri va Kaynazoy erasida butun O`zbekiston hududidan dengiz g`arbga tomon chekingan. Bunga Alp tektonik harakatining ro`y berishi sabab bo`ladi. Dengiz bo`linib ketib, ayrim suv havzalarini hosil qilgan.
Neogen oxirida O`zbekiston hududining katta qismidan dengiz chekinadi, katta maydonlarda pasttekislik hosil bo`ladi, atrofdagi tog`larning yemirilgan jinslari shu pasttekislikka yotqiziladi.
To`rtlamchi davrda Sirdaryo Qizilqum orqali Orol dengiziga, Amudaryo Qoraqum orqali Kaspiy dengiziga quyilgan. Sirdaryo va Amudaryo deltalarida goyatda ko`p miqdorda allyuvial jinslar yotqizilgan. Bu davrda Kaspiy dengizining suv sathi bir necha marta ko`tarilgan. Eng kuchli suv toshganda 56 gradus Sharqiy uzoqlikkacha bo`lgan yerlarni suv bosgan.
O`zbekistonda pleystosenda shakllangan relyef asosan to`rt bosqichda: Nanay (+1), Toshkent (+2), Mirzacho`l (+3) va Sirdaryo (+4) sikllarida shakllanadi Respublikamizdagi Qorjantog`, Ugom, Pskom, Chotqol, Qurama, Farg`ona, Turkiston, Morguzar, Nurota, Hisor, Zarafshon va Qizilqumdagi past tog`lar Tyanshan va Oloy tog` sistemasining tarmoqlaridir. Tog` tizimlari orasida Farg`ona, Mirzachul, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo kabi botiqlar vujudga kelgan.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling