Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


O’zbekiston orografiyasi va relyefining asosiy xususiyatlari


Download 1.74 Mb.
bet17/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

O’zbekiston orografiyasi va relyefining asosiy xususiyatlari
O’zbekiston hududi yer yuzasining tuzilishiga ko’ra ikki qismga bo’linadi: tog`oldi-tog`lar va tekisliklar. Tog` oldi va tog`larga respublika sharqi va janubi-sharqidagi tog` tizmalari, tog` oldi qiya tekisliklari hamda tog` orlig`idagi botiqlar, tekisliklarga esa pasttekisliklar, denudastion tekisliklar va platolar kiradi. Respublikamizning sharqiy va janubi-sharqiy qismini Tyanshan va Oloy tizmalarining tarmoqlari, g`arbiy va shimoli-g`arbiy qismini Turon tekisligining markaziy qismi egallagan. O’zbekiston umumiy maydonining 78,7 % ini tekisliklar, 21,3 % ini tog`lar tashkil etadi, mamlakatning eng past nuqtasi Mingbuloq botig`i bo’lsa (-12 m), eng baland nuqtasi Hisor tog`ining Qoldirg`a tizmasidagi Hazrati Sulton cho’qqisidir (4643 m). O’zbekistonning er yuzasi asosan sharq va janubi-sharqdan g`arb va shimoli- g`arb tomon pasayib boradi. Shu sababdan ham daryolar shu tomonga oqadi. Tekisliklar yaxlit bo’lib Amudaryoning quyi va o’rta oqimi, Sirdaryoning o’rta oqimi, Zarafshonning o’rta va quyi oqimi atrofidagi yerlarni ishg`ol etgan. O’zbekistonning shimoli-g`arbida Ustyurt platosi atrofidagi tekisliklardan tik ko’tarilgan chinklar bilan ajralib turadi. O’zbekistonning eng past yerlari Orolning qurigan qismi, Amudaryoning deltasi, Qizilqumning shimoli-g`arbiy qismlari bo’lib, bularning okean sathidan o’rtacha balandligi 30-100 m. Sultonuvays, Bo’kantog`, Quljuqtog`, Tomditog`lar O’zbekiston tekislik qismining eng baland (900 m.gacha) qismilaridir.
O’zbekistonning sharqiy va janubi-sharqiy qismlarini egallagan tog` tizmalari Qorjontog`, Ugam, Piskom, Chotqol, Farg`ona, Qurama, Nurota, Morguzar, Turkiston, Hisor-Zarafshon tizmalari G`arbiy hamda Janubiy Tyanshan va Oloy tog` sistemalarining tarmoqlari bo’lib, ularning o’rtacha balandligi 2000-2500 metrni tashkil etadi. Ayrim cho’qqilarning balandligi esa 4500 m.dan ham oshadi. Bu tog` tizmalarini Toshkent-Mirzacho’l, Farg`ona, Samarqand, Sangzor, Qashqadaryo, Surxondaryo kabi tog` oralig`i va tog` oldi botiqlari bir-biridan ajratib turadi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling