Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rudali foydali qazilmalari
- Rangli metal
Foydali qazilmalari. O`zbekiston hududida juda ko`p va xilma-xil foydali qazilmalar bor. Foydali qazilmalarning ko`pchiligi paleozoy va Mezazoy yotqiziqlari orasida paydo bo`lgan.
Gersin kontak zonasida oltin, volfram, molibden, vismut, vanadiy, mis, kumush, qo`rg’oshin, rux, qalayi va boshqa konlar bor. Mezazoy erasi qatlamlari orasida hamma cho`kindi foydali qazilmalar deyarli uchraydi. Paleozoy ohaktosh yotqiziqlari orasidagi granit kontakti zonasida hamda intruziv jinslarning tektonik yorilmalarida oltin konlari uchraydi. 1965 yilda Qizilqum markazida topilgan Muruntov oltin koni bunga misoldir. Farg`ona vodiysi eng qadimgi neftli rayondir. (qazish 1880 yildan, eksplutatsiya 1904 yilda boshlandi). Neft koni-Andijon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk, Xo`jaobod, So`x, G`arbiy Polvontosh, Avval, Xonqiz kabi konlari. Neft konlari atrofidagi oltingugurt, ozokerit (tog` mumi) hamda gips Mezazoy erasining va paleogen davrining chig’anoqli ohaktoshlari orasida vujudga kelgan. Oltingugurt hamda gips bo`r davrining qizg`ish qumtosh va mergel yotqiziqlari orasidan chiqadi. Yuqori paleogen ohaktoshlar orasida Surxondaryo vodiysidagi Uchqizil, Xavdog`, Ko`kdi, Lalmikor konlari uchraydi. Gazli tabiiy gaz koni 1956 yilda, Kogon gaz konlari gruppasi 1958y ochilgan. Muborak, Oqjar konlari. Hisor tog`ining janubi-g`arbida Odamtosh, Gumbaloq, Pachkamar, keyingi yilda Ko`kdumaloq gaz kondensat konlari topildi. Toshko`mir koni. Yura davr qatlamlarida to`plangan. Boysun va Sharg`undan shaxta usulida ko`mir 600-800 m. balandlikdan qazib olinadi. Sharg`un ko`miri qalinligi 12m. gacha o`rtacha 4,5 m. issiqlik miqdori 6000 kkal/kg. Boysun ko`mir koni qalinligi 0,63-2,5 m. gacha yura davri qatlamlari orasida uchraydi. Angren koni (qo`ng`ir ko`mir) kaolinli qatlamlar orasida yura davri yotqiziqlarida uchraydi. Dehqonobod, Xo`jaarna, Qizilchadan (Qashqadaryo) yonuvchi slanes topilgan. Rudali foydali qazilmalari (Qora metal. Temir, titan-) Gersin burmalanishi bilan bog`liq holatda magnititli intruziyalar orasida uchraydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida Tepabuloq titan-magnitit koni, bunga qo`shilma sifatida nikel, kobalt, xrom va platina ham uchraydi. Hisor tog`larini Kozgantog` rayonida gabbrodiorit intruziyalari orasida uchraydi. Chotqol-Qurama tog`larida Shabrez, Mingbuloq, Chimgan konlari mavjud. Cho`kindi yo`l bilan paydo bo`lgan trias davr qatlamlarida uchraydigan temir, boksit zahiralari ko`mirli qatlamlar ostida uchraydi. Qatlamlarini qalinligi 0,1-3 m. gacha ular tarkibida 20-40% gacha temir Yura, Bo`r, paleogen davr qatlamlari orasida Qizilqumda, Sulton Uvays rayonlarida uchraydi. Marganes - cho`kindi va gidrotermal yo`llar bilan hosil bo`lgan. Zirabuloq, Qoratepa tog`laridagi vulqonli cho`kindi jinslar orasida (bu jinslar Ordovik va quyi Silur davriga to`g`ri keladi) Ziyovuddin, Taxtaqaracha, Cho`ponota konlari, bu konlarda marganes miqdori 8-28% gacha. Zahirasi 8 mln. t. gacha. Xrom-Tomditog` va Sulton Uvays tog`larda uchraydi, xrom konlari magmatik yo`l bilan paydo bo`lgan. Rangli metal. Hozir O`zbekistonda ruda berish qobiliyatiga ega bo`lgan 900. ga yaqin mis koni bor. Foydalaniladigani faqat uchtasi, paydo bo`lishiga ko`ra asosan gidrotermal. Qurama tog`idagi, Olmaliqda (Kalmoqir, Dalniye, Sarichek rayonlaridan olinadi) ma'danlar quyi Paleozoy slaneslari orasida va quyi devon effuziv jinslari orasida, gidrotermal va cho`kindi misli qumtoshlar orasida, Chotqolda uchraydi. Qo`rg`oshin magmatizm bo`lib o`tgan zonada va gidrotermal sharoitda hosil bo`ladi. Kolchedonli – polimetal ko`rinishda Hisor tog`ini janubiy g`arbda Xondiza koni bor. Olmaliq hududida, qo`rg`oshin koni rayonida qo`rgoshin-rux birga uchraydi. Nurota tog`ini shimoli yonbag`rida Uchkuloch (Xonbandi degan tog` tarmog`ida), Qurama tog`larida Lashkarak rayonda uchraydi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling