Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.74 Mb.
bet18/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Teksliklar relyefi. O’zbekistonning g`arbiy tekislik qismi relyefining xususiyatiga ko’ra Ustyurt platosi, Qizilqum va ular orasida joylashgan Orol-Sariqamish soyligiga bo’linadi.
Ustyurt-to’lqinsimon baland tekislik (plato). Uning maydoni (O’zbekistonda) 40 ming km2 , yer yuzasining mutlaq balandligi qirlarida 160-250 metrni, ular orasidagi qum va sho’rxoklar bilan band pastliklarda 50-80 metrni tashkil etadi. Eng baland nuqtasi Qorabovur qirlarida 292 metrga etadi. Ustyurtning chekkalari tik jarliklar «chink» lar bilan tugaydi. Chinklar uchlamchi davrning ohaktosh, mergel va gillaridan iborat gorizontal qatlamlar hosil qilgan yotqiziqlardan tuzilgan. Bu yotqiziqlar ochilib qolib, emirilib tik yonbag`irlar hosil qilgan. Chinklar Ustyurt platosining tabiiy chegarasi hisoblanadi. Orol dengizi g`arbiy qirg`og`i bo’ylab cho’zilgan sharqiy chinkning mutlaq balandligi 180-200 m. Chinkning kengligi bir necha yuz metrdan 1,5 km. gacha boradi.
Ustyurt platosi sarmat ohaktoshi, gipsi, neogen mergellari va paleogen gillaridan tashkil topganligi uchun unda karst relyef shakllari ko’plab uchraydi. Sarmat yotqiziqlarining usti 1-1,5 metr qalinlikda shag`al, qum, chag`irtoshlar bilan qoplangan.
Ustyurt bilan Qizilqum oraligida Amudaryoning allyuvial-delta yotqiziqlari bilan to’lgan Orol-Sariqamish botig`i joylashgan. U Turon pasttekisligining katta qismini egallagan pliotsen tekisligi o’rnida hosil bo’lgan. Quyi Amudaryoda yoshi har xil bo’lgan uchta allyuvial-delta tekisliklari ajratiladi. Bular Sariqamish, Oqchadaryo va hozirgi zamon deltalaridir.
Amudaryoning hozirgi zamon va harakatdagi deltasi va shakllanayotgan, ya’ni Orolbo’yi deltasi qiya tekislik bo’lib, uning mutlaq balandligi yuqori qismida (Nukus yaqinida) 73 metr bo’lsa, Mo’ynoq yaqinida 53 metr bo’lgan. Yer yuzasi o’zanlar, ko’l o’rni botiqlari, o’zanlararo pastliklar, qum tepalar, kanal va kollektorlar bilan parchalangan. Shakllanayotgan delta relyefi hozirgi zamon deltasidan farq qiladi, u deltaning g`arbiy va markaziy qismini egallaydi (chegara Qiziljar- Qo’shkanatog`- Beltog` yo’nalishi bo’ylab o’tadi), u yerda 1960 yillargacha bo’lgan suv toshqinlarining izlari saqlanib qolgan. Bular yosh yotqiziqlar va o’zanlar, o’zanlararo pastliklardan iborat. Hozirgi kunda bu yerda dengizning chekinishi va deltadagi gidrografik rejim o’zgarishi bilan cho’llashish avj olmoqda, relyefning shakllanishida deflyastiya kuchayib bormoqda. Amudaryo hozirgi zamon deltasining sharqiy qismini ko’p yillardan beri suv bosmagan. Shuning uchun bu yer relyefining shakllanishida shamol ishining ta’siri katta. Shamol bu yerdagi pastliklarni to’ldirib, ancha tekislab yuborgan, bu erda qum relefi shakllari keng tarqalgan.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling