Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.52 Mb.
bet10/22
Sana16.06.2020
Hajmi1.52 Mb.
#119409
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
O`zbekiston tabiiy geografiyasi

YER OSTI SUVLARI.


Yer osti suvlari O`zbekiston suv resurslarining bir manbai bo`lib, bizning eng muhim tabiiy boyliklarimizdan hisoblanadi. O`zbekistonda yer osti suvlarining dinamik zahirasi -1038,1 m3/sek. ni tashkil qiladi.

Gidrogeologlar O`zbekiston hududini 2 ta tog` oldi va tog` va tekislik provinsialariga bo`ladilar. Birinchisida katta zahiraga ega bo`lgan chuchuk yer osti suvlari bo`lsa, ikkinchisida zahirasi uncha katta bo`lmagan minerallashgan yer osti suvlari mavjud.

O`zbekiston yer osti suvlarini zahirasini vujudga kelishiga eng qulay sharoit absalyut baladligi 1500 m dan 3000 -3500 metrgacha bo`lgan tog`liklarga to`g`ri keladi, chunki bu balandlik orasida joylashgan hududlar eng ko`p yog`in- sochin tushadigan hududlardir. Shuning uchun bu mintaqada yer osti suvining eng ko`p oqim moduli kuzatiladi. Karbonatli jinslarda bir kv. km maydonda u 12 l/sek. ni, cho`kindi - magmatik kompleksda -8-9 l/s, metomorfozlashgan qum slaneslarda 3-5 l/s, mezo - kaynazoyning jinslarida 1-3 l/s tashkil etadi. Aksincha bu ko`rsatkich 1500 metrgacha bo`lgan joylarda yog`in-sochin miqdorining kamayishi va bug`lanishining kuchayishi natijasida keskin kamayib , 0,10 dan 1-3 l/s km2 ni tashkil etadi. Tog` oldi mintaqasining yer osti suvlarining zahirasi 295 m3/sek, tog` oralig`idagi botiqlar va daryo vodiylariniki hamda Farg`ona vodiysida -289 m3/sek. Chirchiq - Ohangaron havzasida 140 m3/sek, Mirzacho`lda -32 m3/sek, Zarafshon vodiysida -95 m3/sek, Kitob-Shahrisabzda –8 m3/sek, Surxondaryo va Sherobod konuslarida 17 m3/sek. ni tashkil etadi.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, O`zbekistonda to`yinish manbai bilan ta'minlangan foydalanish mumkin bo`lgan yer osti suvlarining miqdori 1000 m3 /sek yoki bir yilda 31,5 mlrd. m3ni tashkil etadi. Hozirgi kunda O`zbekistonda yillik o`rtacha 1,5 km3 atrofida yer osti suvlaridan sug`orishda, aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashda, uy-ro’zg`or, maishiy xizmatda, davolanish maqsadlarida foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizdagi 30 mln. ga. mavjud yaylovlarning 2,5 mln ga dan ortiq qismi yer osti suvlari hisobiga obi-hayot bilan ta'minlanmoqda.

O`zbekistonda suv resurslaridan foydalanishda yo`l qo`yilgan kamchiliklar yirik muammolarning kelib chiqishiga sababchi bo`ldi. Bular Orol dengizi muammosi, daryo qayirlarida to`qay ekosistemalarining degradatsiyalanishi, daryo suvlarining ifloslanishi va qashshoqlanishi, zovur- tashlama ko`llarning vujudga kelishi, yer osti suvlarining ifloslanishi va boshqalar.

MA’RUZA №6



O’zbekiston tuproqlari.
Respublikamizda shimoldan janubga va tekislik qismidan tog` oldi qiya tekisliklari, tog`larga tomon tabiat o’zgarib, kenglik zonalari va balandlik mintaqalarini hosil qiladi. Har bir zona va mintaqada ro’y beradigan tabiiy geografik jarayonlar bir-biridan albatta farq qiladi. Binobarin, o’ziga xos tuproqlar qoplami shakllanadi.

O’zbekiston tabiatining murakkabligi-relyefi, tog` jinslari, iqlim, gidrologik va gidrogeologik sharoitlarining xilma-xilligi respublikamizda turli xil tuproqlarning vujudga kelishiga sabab bo’lgan.

O’zbekiston hududining kenglik zonasi tuproqlarini asosan cho’lning qo’ng`ir tusli sur tuproqlari, taqirli va qumli cho’l tuproqlari tashkil etsa, balandlik mintaqalarining tuproqlari, adirlarning bo’z tuproqlari, tog`larning qo’ng`ir va jigar rang tuproqlari, tog` yaylovlarining och qo’ng`ir va o’tloq tuproqlaridan iboratdir. Bulardan tashqari katta maydonlarda vohalarning madaniy tuproqlari hamda intrazonal tuproqlar tarqalgan.

O’zbekiston tekislik qismining juda issiq va qurg`oqchil iqlimi sharoitida cho’l kenglik zonasi vujudga kelgan. Bu zonaning turli joylarida iqlimga, shuningdek gidrologik va biologik sharoitlar majmuiga bog`liq ravishda cho’l zonasining turli tuproqlari joylashgan. Cho’l zo’nasidagi sur-qo’ng`ir, tarqirli, qumli, o’tloq va botqoq tuproqlar hamda sho’rxoklar tekisliklarda ekstraarid, juda kontinental iqlim sharoitida paydo bo’lgan.

O’zbekistonning kenglik zonalari tuproqlarida organik moddalar oz bo’ladi, aksincha bu erda tuproqning sho’rlanishi uchun sharoit qulay. Bu zonalarda fizikaviy nurash kuchli bo’lgani uchun tuproq ona jinsi aksari holatlarida uvalangan dag`al tog` jinslaridan tarkib topgan.

Umuman tuproqlarning hosil bo’lishida iqlim bilan bir qatorda xilma-xil ona jinslarning va ular xossalarining, shuningdek relef, grunt suvlari, ularning sayoz yoki chuqurligi ham katta ta’sir etadi. Shuning uchun bir zonaning o’zida bir-biriga o’xshamagan turli-tuman tuproqlarning tarkib topishi mumkin. Relef va gidrogeologik sharoitlarning o’zgarishi ta’sirida zonal tuproqlar orasida azonal tuproqlar-o’tloq, o’tloq-botqoq, botqoq, sho’rxok hamda turli darajada sho’rlangan tuproqlar vujudga keladi.

O’zbekistonning asosiy tuproq turlari quyidagi 5 ta guruhga birlashtirilgan:

I.Avtomorf tuproqlar guruhi (grunt suvining sathi 5 metrdan pastda yotadi):



  1. Taqirli (taqir tuproq va taqirlar).

  2. Qo’ng`ir tusli sur tuproqlar.

  3. Qumli cho’l tuproqlar.

  4. Bo’z tuproqlar.

  5. Och qo’ng`ir tusli tuproqlar.

  6. Jigar rang va to’q qo’ng`ir tusli tuproqlar.

II. Yarim gidromorf tuproqlar guruhi (grunt suvining sathi 2-5 m chuqurda):

  1. O’tloq-bo’z va o’tloq-qumli, o’tloq-taqir tuproqlar.

  2. Bo’z-o’tloq, qumli-o’tloq va taqir-o’tloq tuproqlar.

III. Gidromorf tuproqlar guruhi. (grunt suvining sathi 2 metrdan yuqorida yotadi):

  1. O’tloq tuproqlar.

  2. Botqoq-o’tloq tuproqlar.

  3. O’tloq-botqoq va botqoq tuproqlar

IV. Sho’rxoklar:

12. Qoldiq sho’rxoklar, shu jumladan taqirli sho’rxoklar.

13. Tipik sho’rxoklar.

14. Sho’rxok-o’tloq tuproqlar.

15. Sho’rxok-botqoq- o’tloq tuproqlar.

16. Sho’rxok o’tloq-botqoq va botqoq tuproqlar.

V. Sug`oriladigan tuproqlar:

17. Yangi o’zlashtirilgan tuproqlar.

18. Sug`oriladigan tuproqlar.

19. Qadimdan sug`oriladigan tuproqlar.

Ayrim tuproqshunoslar O’zbekistondagi cho’l zonasi bilan adir balandlik mintaqasi tuproqlari orasida eni 5-10 km keladigan oraliq (o’tkinchi) tuproqlar zonasini ajratadilar. Masalan. taqirli-bo’z, sur-qo’ng`ir bo’z, qumli-bo’z tuproqlar zonasi.

O’zbekistondagi tuproqlar sho’rlanganlik darajasiga qarab sho’rlanmagan (2 m chuqurlikda tuz miqdori 0,3 % dan oshmasa), chuqur sho’rlangan (tuz miqdori 0,3 % dan ko’p bo’lgan qatlam 100 sm dan past yotsa), sho’rtob (eng ko’p tuz tuproq kesimining pastki 30-100 sm qismida to’plangan bo’lsa), sho’rlangan (eng ko’p tuz tuproq kesimining yuqori qismida to’plangan bo’lsa) kabi guruhlarga ajratiladi.

O’zbekiston tuproqlari ulardagi tuzning tarkibiga qarab sho’rlanish turlariga ajratiladi. Sug`orib ekin ekiladigan hududlarda tuproqlarning sho’rlanganlik darajasini bilish ham muhim ahamiyatga ega. Agar tuproqlar yuzasiga to’plangan zararli tuzlar miqdori 3 % dan oshsa, bunday tuproqlar sho’rxoklar deb ataladi.

Chol tuproqlari. Cho’l zonasi O’zbekistonning markaziy va shimoliy qismlarini o’z ichiga olib, uning maydoni respublika maydonining 61,16 % ini tashkil etadi. Bu zona dengiz sathidan 0-400 m mutlaq balandlikda joylashgan. Cho’l zonasining shimoliy qismi mo’’tadil, janubiy qismi quruq subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Shuning uchun cho’llar O’zbekistonda shimoliy va janubiy zonalarga bo’linadi. Ular bir-biridan ekologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Shimoliy cho’l bilan janubiy cho’l o’rtasidagi chegara Ustyurtning janubi, Quyi Amudaryo (Nukus sh.), Shimoliy Qizilqum bo’ylab o’tadi. Shimoliy cho’llarda yog`in umuman oz va yil fasllariga bir tekisda taqsimlangan. Tuproqda sklet elementining ko’pligi o’simlikning yakkam-dukkam o’sishiga sabab bo’ladi. Shimoliy cho’llarda toshloq cho’llar katta maydonlarni egallaydi.

Janubiy cho’llar esa iqlimi, o’simlik va hayvonot dunyosining rivojlanishi tarixi hamda tarkibi jihatidan Old Osiyo cho’llarining davomi bo’lib, ular shimoliy cho’llardan farq qiladi. Yog`inlar yil fasllariga bir xil taqsimlanmagan, bahor va qishda yog`in ko’p yog`adi, yoz esa nihoyatda quruq keladi. Yog`inning yil bo’yi ana shunday notekis yog`ishi natijasida tuproq hosil bo’lish jarayoni, o’simlik va hayvonot dunyosi rivoji mavsumga qarab o’zgaradi.

Cho’l mintaqasining yozda juda issiq va qurg`oqchil iqlimi, o’simliklarning siyrak ekanligi sharoitida tuproqlar hosil bo’lish jarayoni juda sust bo’ladi.

O’zbekistonda cho’l hududi mutlaq balandligiga ko’ra ikki turga- pastki cho’l (mutlaq balandligi 0-250 m) va yuqori cho’lga (250-400 m) bo’linadi.

Respublikamiz cho’l tuproqlari batafsil o’rganilib, ularning tasnifi tuzilgan va cho’lda quyidagi tuproq tiplari ajratilgan.

I. Zonal tuproqlar tiplari:



  1. Qo’ng`ir tusli sur tuproqlar.

  2. Qumli cho’l tuproqlari.

  3. Taqirli tuproqlar.

II. Intrazonal tuproqlar tiplari:

1.O’tloq tuproqlar.

2.Botqoq tuproqlar.

3.Sho’rxoklar.

4.Taqirlar.

Vohalarda sug`oriladigan o’tloq tuproqlari, botqoq va taqirli tuproqlar ajratiladi.



O’zbekiston cho’l zonasi 27004 ming gektar, shundan 40 % maydonida qo’ng`ir tusli sur tuproqlar, 36 % da qumliklar, 5,4 % da taqirli, 3,18 % da qumli tuproqlar va 0,5 % da taqirlar tarqalgan.

Qo’ng`ir tusli sur tuproqlar. Bu tuproq tipi O’zbekistonda tog` oldida prolyuval tekisliklarda, qadimgi qoldiq platolarda (Ustyurt, Devxona, Qizilqumdagi qoldiq tog` etaklari) tarqalgan. Uning maydoni 11025 ming gektar. Shundan atigi 30 000 gektarida sug`orib ekin ekiladi. Qo’ng`ir tusli sur tuproqlar toshloq cho’l va platolarga xos tuproqlardir. Turli miqdordagi elyuviy yotqiziqlari, chaqiq toshlar, prolyuviy yotqiziqlaridagi chag`ir toshlar va allyuviy yotqiziqlarning silliqlangan mayda shag`al toshlari bu tuproqlarni sklet tuproqlarga aylantiradi. Cho’lda iqlimning quruq va issiq, o’simliklarning kam hamda siyrak bo’lishi tufayli tuproqdagi biologik jarayonlar sust kechadi. Shuning uchun qo’ng`ir tusli sur tuproqlarda chirindi juda kam -0-10 sm qatlamda o’rtacha 0,29 % ni , 40-50 sm chuqurlikda esa 0,14 % ni tashkil etadi. Bu tuproq tipi ko’pincha sho’rtob bo’ladi, er yuzasidagi o’simlik massasi 0,5 tG`ga ni tashkil etadi, xolos. Bu esa mayda mollarni boqish imkonini beradi. Tuproqning ustki qatlamida kalstiy korbonat, pastki qatlamida (40-60 sm) sulfat tuzlaridan gips to’planadi. Chirindiga aylanadigan bir yillik o’simlik qoldiqlari 75-140 gG`m2 ni tashkil qiladi.

Qumli cho’l tuproqlari Qizilqum, Quyi Zarafshon, Qashqadaryo, Markaziy Farg`ona, Mirzacho’l va Quyi Amudaryodagi qumli tekisliklarda tarqalgan. Maydoni 1370 ming gektarni tashkil etadi. Bu tuproqlar yuzasi qalinligi 0-8 sm gacha sochilma qumlardan iborat bo’lib, o’simlik ildizlari bu erda shoxlaydi. Strukturali gorizont 8-12 sm chuqurlikda joylashgan, unda o’simlik ildizlari shoxlaydi va sur rangdagi dog`lar uchraydi. Qumli cho’l tuproqlarida chirindi va ozuqa moddalar kam. Chirindi miqdori 0,3-0,6 % ni tashkil etadi. Bunday tuproqlardan dehqonchilikda maxsus agrotexnika tadbirlarini qo’llash bilan unumdorlikni oshirib, foydalanish mumkin. Qumli cho’l tuproqlarida chirindiga aylanadigan bir yillik o’simlik qoldiqlari 372 gG`m2 ni tashkil etsa ham chirindiga kambag`al, chunki bu tuproqlarda biologik jarayonlar qisqa muddatda juda tez o’tadi.

Taqirli tuproqlar asosan tog` oldi tekisliklarida, daryo vodiylari va deltalarida, shuningdek qum tepalari oralig`idagi past tekis maydonlarda, qadimgi allyuval tekisliklarda tarqalgan. Bu tuproqlar tarqalgan katta maydonlar Amudaryo, Qashqadaryo deltalarida, Sirdaryo vodiysining o’rta qismida joylashgan. Respublikada bu tuproq tipining maydoni 1780 ming ga. Tuproq ona jinsi turli xildagi yotqiziqlar bo’lib, ko’pchiligini gil-qumoq jinslar tashkil etadi. Allyuval tekisliklardagi tuproqlar o’tmishda tuproq paydo bo’lishining gidromorf bosqichini o’tgan. Bu bosqich tog` etagidagi prolyuvial tekisliklarda paydo bo’lgan taqirli tuproqlarda kuzatilmagan, shuning uchun ularda tuz to’planmagan.

Taqirli tuproqlarda o’simliklar juda siyrak, shuning uchun ularda chim hosil bo’lmaydi. Chirindiga aylanadigan 1 yillik o’simlik qoldiqlari 108 gG`m2 ni tashkil etadi, xolos.

Taqirli tuproqlarning ustki 2-6 sm qalinlikdagi qatlami yoriqlar bilan parchalangan qatqaloqlardan iborat bo’lib, ular ko’pincha qum bilan qoplanib yotadi. Uning ostida qatlamli strukturaga ega bo’lgan och tusli qo’ng`ir rang, qalinligi 5-12 sm li qatlam bo’ladi. Uning ostida esa qalinligi 20-30 sm li strukturasiz, zichlashgan qatlam va, nihoyat, eng quyida tuproq paydo bo’lishi jarayonida unga o’zgarmagan ona jins qatlami yotadi. Taqirli tuproqlarda gipsli gorizont yaxshi ifodalanmagan. Ularda chirindi qatlamining umumiy qalinligi 20-30 sm ga boradi, chirindi 0,5-1,0 % ni tashkil etadi. Ayrim o’tloq-taqirli allyuvial tuproqlarda chirindi 1,2-1,5% gacha boradi. Taqirli tuproqlar ayrim joylarda sho’rlangan bo’lib, ularning sho’rlik darajasi 0,3-2,0 % orasida bo’ladi.

Taqirli tuproqlarda sug`orib dehqonchilik qilish mumkin, bunda taqirlardagi kabi qalin qatqaloq paydo bo’lmaydi. Tuproq unumdorligini oshirish uchun bir qator meliorativ choralarni amalga oshirish lozim. Jumladan tuproq strukturasini mahalliy o’g`it yordamida yaxshilash, qatqaloqni yo’qotuvchi ishlov berish, sho’rlangan erlarni yuvish va qayta sho’rlanishning oldini olish, nam to’plash uchun yaxob berish va h.k.



Taqirlar ham cho’l zonasining o’ziga xos tabiiy hosilalaridan biridir. Taqirlar o’simlik o’smaydigan, yuzasi turli yo’nalishdagi tartibsiz yoriqlar bilan parchalangan berch qatqaloqli suvsiz gil tekisliklardir. Taqirlar Amudaryo, Qashqadaryo, Zarafshon etaklaridagi, qumliklar orasidagi qadimgi allyuval tekisliklarda, mayin gilli pastliklarda, delyuviy bilan qoplangan pastlik erlarda katta maydonlarni egallab yotadi. I.P.Gerasimova taqirlarni er yuzasini davriy ravishda suv bosishi oqibatida goh sho’rlanib, goh sho’ri yuvilib turishi tufayli paydo bo’lgan zonal tuproq deb hisoblaydi.

Taqirlar uchun xos morfologik belgilar: yuza qismida qalinligi 2-3 sm bo’lgan berch, tartibsiz ko’rinishda yorilib-yorilib ketgan qatqaloq qatlamining mavjudligi, uning ostida och qo’ng`ir tusli, birmuncha yumshoq, g`ovakroq mayda tangachasimon strukturali 8-13 sm qalinlikdagi qatlam va bu qatlam ostida qo’ng`ir tusli zichlashgan hamda vertikal yoriqchalari bo’lgan tuzli qatlamlarning borligi.

Taqirlar og`ir mexanik tarkibli, umumiy chirindi miqdori 0,4-0,7 % gacha, tarkibida azot va fosfor kam bo’ladi, qatqaloq qobiqda ko’pincha tuz bo’lmaydi. Taqirlar strukturasiz va juda zich bo’lganidan suvni yomon o’tkazadi. Taqirlar berch, chirindi va ozuqa moddalari kam, sho’rlangan va sho’rtoblangan bo’lganligidan ularni dexqonchilikda o’zlashtirish ancha qiyin.

O’zbekistonning cho’l zonasida sizot suvlari yuzada joylashgan erlarda gidromorf tuproqlar vujudga kelgan. Ular asosan o’tloq, botqoq, o’tloq-botqoq tuproqlar va sho’rxoklardan iborat. Bu tuproqlar daryo vodiylarida va deltalarida katta maydonlarni egallaydi. Tog` etagidagi qiyaliklarda va ayrim daryo yoyilmalarida kam minerallashgan, karbonatlarga boy sizot suvlari taqsirida zax o’tloq tuproqlar hosil bo’lgan.

O’tloqi tuproqlar uchun chirindi miqdorining ozligi, o’ta karbonatligi hamda kuchsiz ishqoriy ekanligi, donadorligi, turli darajada sho’rlanganligi xosdir. Tuproqda chirindi qatlamining chuqurligi 40 sm ga etadi, chirindi miqdori 1-2 % dan 4 % gacha boradi. O’tloqi tuproqlardan qishloq xo’jaligida yaxshi foydalaniladi.

Botqoq tuproqlar O’zbekistonning cho’l zonasida kam tarqalgan, chunki ularning hosil bo’lishi va rivojlanishi uchun sharoit qulay emas, o’ta zax erlar kam. Bunday tuproqlar respublikamizda daryolarning hozirgi zamon deltalarida, qayirlarida, ko’l bo’ylarida uchraydi. Botqoq tuproqlarning yuqori qatlamlari och ko’kimtir, kulrang bo’ladi va unda chala chirigan o’simlik qoldiqlari mavjud. Bu tuproqlar tarqalgan erlarni tez-tez suv bosib turganligidan va murakkab meliorastiya talab qilganligidan dehqonchilikda juda kam foydalaniladi.

Sho’rxoklar va sho’rxokli tuproqlar O’zbekistonning cho’l zonasida daryolarning deltalarida, qayir usti terrasalarida, konussimon yoyilmalarning chekkalarida, qadimgi quruq o’zanlarda, ko’llar o’rnidagi botiqlarda, Orol bo’yidagi pastliklarda tarqalgan. Umumiy maydoni 1270 ming ga.

Sho’rxoklarning paydo bo’lishiga er yuziga yaqin joylashgan yoki bir vaqtlar yuzada bo’lgan minerallashgan sizot suvlari hamda tuproq ona jinslari tarkibidagi suvda eriydigan har xil tuzlar va, nihoyat, dengiz, ko’l sohillaridagi turli sho’rlar va tuzlarni shamol uchirib kelishi asosiy sabab bo’ladi. Tuproqda tuz to’planishida biologik jarayonlar ham ishtirok etadi. Bunda galofit o’simliklar ildizlari orqali tuproqning chuqur qatlamlaridagi suvda erigan tuzlarni so’rib oladi va o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida tuproqda tuz to’planadi.

Dehqonchilik qilinadigan hududlarda ekinlarni me’yoridan ko’p sug`orilganda sho’r er osti suvlari sathi ko’tarilib, tuproqlarda tuzlarning to’planishiga va sho’rlanishga sabab bo’ladi.

Sho’rxoklardagi tuzlar xilma-xil bo’lib, ularning tuproqdagi umumiy miqdori 3-4 % gacha boradi.

Yog`inlarning kamligi tufayli eng «keksa» sho’rxoklardagina tuzlar qisman pastki qatlamlarga yuviladi. Bunday sho’rxoklardan foydalanish uchun bir qator meliorativ va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Bunday tadbirlarning asosiysi sho’r yuvishdir.

Voha tuproqlari cho’l zonasidagi o’tloqi, botqoq-o’tloq va sho’rxoklarni o’zlashtirib, ko’p yillar davomida ishlov berish natijasida hosil bo’ladi. Ularda qalin agroirrigastion qatlam hosil bo’ladi.

Voha-botqoq tuproqlari ilgarigi botqoqlar o’rnida paydo bo’ladi, taqirli voha tuproqlari ko’hna allyuval yotqiziqlar ustida vujudga keladi, uning mexanik tarkibi sug`orish natijasida ancha og`irlashadi.

Adir, tog` oldi qiyaliklarida va tog` etaklaridagi tekisliklarda bo’z tuproqlar mintaqasi joylashgan. Bu tuproqlar tog` etaklari va quyi yonbag`irlari bo’ylab cho’zilib ketgan lyossli tekisliklarda juda yaxshi rivojlangan. Ular tog`li o’lkalarning tuproqlaridan hisoblanadi va tog` yonbag`irlaridagi eng quyi tuproq mintaqasini hosil qiladi. Bu mintaqada pastdan yuqoriga tomon tabiiy sharoitning o’zgarishiga qarab eng past erlarda och tusli bo’z tuproqlar, undan balandroqda oddiy, yuqori qismida to’q tusli bo’z tuproqlar tarqalgan. Bo’z tuproqli erlar Chirchiq-Ohangaron havzasida 250-400 metrdan 1200-1300 metrgacha, respublikamizning janubiy hududlarida 1500-1600 m gacha balandlikda uchraydi. Bo’z tuproqlar karbonatli tuproqlar bo’lib, hamma qatlamida ozmi ko’pmi karbonat uchraydi, lekin eng ko’pi 100-140 sm chuqurlikda bo’ladi. Bu hol tuproq unumdorligini oshiradi. Bo’z tuproqlarda chirindi tuproqning ustki qatlamida to’planadi va bu qatlamning qalinligi 15-18 sm ga boradi. Grunt suvlari chuqurda yotganligi uchun oddiy va to’q tusli tuproqlar deyarli sho’rlanmagan bo’ladi. Och tusli bo’z tuproqlar grunt suvi yuza joylashgan erlarda sho’rlanib, sho’rxoksimon bo’z tuproqlarga, ba’zan esa sho’rxoklarga aylanadi. Bo’z tuproqlar mineral tarkibining asosiy qismini lyoss jinslar tashkil etadi.

Och tusli bo’z tuproqlar 250-400 metr balandliklarda-Mirzacho’l, Farg`ona vodiysining adirlarida va konussimon yoyilmalarida, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo vodiylarining yuqori terrasalarida tarqalgan va bu erlar lanshaftiga ko’ra tog` cho’li mintaqasiga ( yuqori cho’lga) kiradi. Och tusli bo’z tuproqli erlar maydoni 2590 ming ga. Bu tuproqning ustki (4-5sm da) qatlami och kulrang, tangasimon strukturali, engil soz jinslardan iborat, mexanik tarkibi har xil, och sozdan qumoqqacha o’zgaradi. Chirindili qatlamida chirindi miqdori tuproqning mexanik tarkibiga bog`liq holda 2 % gacha bo’ladi, undan pastga esa kamayib boradi. Umuman chirindili qatlamning chuqurligi 70-80 sm gacha boradi, sug`orib o’g`itlar solinsa, bu tuproq unumdor tuproqqa aylanib yaxshi hosil beradi. Har bir gektar erdagi chirindinig umumiy miqdori 50-60 tonnaga teng. Och tusli bo’z tuproqlarning yuqori qatlamida suvda eriydigan tuzlar miqdori 0,1 % ni tashkil qiladi, chuqurlashgan sari bu miqdor biroz ortadi. Bu tuproqlar sizot suvlari oqimi yomon bo’lgan hududlarda sug`orilganda ikkilamchi sho’rlanishi mumkin. O’zbekistonda och tusli bo’z tuproqlar maydoni 2592 ming gektarni tashkil etadi.

Amudaryo etagi, Zarafshon, Chirchiq-Ohangaron, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylaridagi qadimiy obikor dehqonchilik qilinadigan joylarda vohalar vujudga kelgan. Vohalardagi bo’z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida madaniy tuproqlarga aylangan.

Oddiy bo’z tuproqlar tog` chala cho’l mintaqasida tarqalgan. U joyiga qarab 300-600 m balandlikdagi tog` etaklarida, baland tekisliklar, qirlar, past tog`larda rivojlangan, ayrim joylarda 800 metrgacha balandliklarda ham uchraydi. Oddiy bo’z tuproqning maydoni 3050 ming gektar bo’lib, tarqalgan maydoniga ko’ra balandlik mintaqasi tuproqlari ichida birinchi o’rinda turadi. Bu tuproqda chirindi och tusli bo’z tuproqdagiga nisbatan ko’proq -1,5-2,5 % hamda chirindili qatlam bir oz to’q tuslidir. Quyi qatlamida chirindi oz bo’lsada 60-80 sm chuqurlikkacha uchraydi. Bu tuproq tipida chirindining umumiy miqdori 1 gektarda 80-100 tonnani tashkil etadi, tuzli va gipsli qatlam ancha pastda yotadi. Oddiy bo’z tuproqda och tusli bo’z tuproqqa nisbatan nam bilan biroz yaxshi ta’minlanganligi uchun efemerlar qalinroq o’sadi. Oddiy bo’z tuproqlar mintaqasida asosan obikor dehqonchilik rivojlangan.

To’q tusli bo’z tuproqlar tog`larning 600-1000 m, ba’zi joylarda 1200-1400 m gacha mutlaq balandlikdagi yonbag`irlarida tarqalgan.

O’zbekistonda bu tipdagi tuproqlarning maydoni 1050 ming gektarni tashkil etadi. To’q tusli bo’z tuproqning yuqori qatlamida chirindi ko’proq (3-4 %) bo’lganidan to’q tusda bo’ladi va chirindili qatlam 80-120 sm chuqurgacha tushadi. Bu tuproqning ishqori yaxshi yuvilgan, shu sababli u sho’rlangan emas, gipsli qatlam esa 2-3 m pastda yotadi. Bu tuproq mintaqasida nam ko’p bo’lgani uchun o’simlik yanada qalin o’sadi. Shuning uchun bu erda chirindining tuproqdagi miqdori 1 gektar erda 130 tonnagacha boradi. Ayrim joylarda undan ham ko’p. Bu tuproq tarqalgan hudud tabiiy nam etarli bo’lgan bahorikor erlar hisoblanadi.

Bo’z tuproqlardagi namlik rejimi vegetastiya davri uzoq davom etadigan ekinlar uchun noqulay. Chunki bunday ekinlar avji etiladigan paytda tuproqda nam tugab qoladi. Shu sababli bo’z tuproqda sug`orib dehqonchilik qilish lozim yoki vegitastiya davri qisqaroq bo’lgan bahorikor ekinlarni etishtirish mumkin. Obikor dehqonchilik asosan och tusli va oddiy bo’z tuproqli erlarda rivojlangan. Lekin bo’z tuproqlar mintaqasida relefning past-balandligi, o’r-qirligi sug`orish ishlarini ancha qiyinlashtiradi. Buning ustiga yilning iliq davridagi samarali haroratlar yig`indisining to’q tusli tuproqlar tarqalgan hududlarda kamligi paxtaning 100 % pishib etlishini ta’minlamaydi.

Bo’z tuproqlar mintaqasidagi voha o’tloq tuproqlari cho’l zonasidagi ana shunday tuproqlardan chirindisining ko’pligi, tuproqning donadorligi va sho’rlanishining kamligi bilan ajralib turadi. Tuproqning sho’rlanishi faqat och tusli bo’z tuproqlarda uchraydi. Voha o’tloq tuproqlarining haydaladigan qismida chirindi 1,5-2 % ni, ayrim erlarida 2,5 % ni tashkil etadi. Shuning uchun bu tuproqlarda sug`orib ekin ekib, mo’l hosil olish mumkin.



Tog` quruq dashtlar mintaqasida jigar rang va qo’ng`ir tog`-o’rmon tuproqlari keng tarqalgan. Bu mintaqa 1000-1200 m balandlikdan boshlanib, G`arbiy Tyanshan tog`larida 2000-2200 m, Hisorda 3000-3500 m mutlaq balandlikkacha. Bu tuproqlar tarqalgan maydon 1660 ming ga.

Jigar rang tuproqlar o’tloq dasht tuprog`i bo’lib, daraxt va butalar o’sgan joylarda tarkib topadi. Tuproq hosil qiluvchi jinslar turli tusdagi delyuvial gil va qumoqlardan, ba’zi joylarda lyossdan, chag`irtosh va shag`allardan iborat. Jigar rang tuproqning yuza qatlamida chirindi ko’p ekanligidan u qo’ng`ir-jigar rang yoki to’q qo’ng`ir tusda bo’ladi. Chirindi miqdori 15 sm chuqurlikkacha o’rta hisobda 4-5 % ni , ayrim joylarda 8-10 % ni tashkil etadi. 1 metr chuqurda esa 0,5 % ga tushib qoladi. Relefining murakkabligidan jigar rang tuproqli erlardan dehqonchilikda foydalanish ancha qiyin. Tekis erlarda bahorikor dexqonchilik rivojlangan bo’lib, ekinlardan deyarli muttasil bir xilda yuqori hosil olinadi.

Qo’ng`ir tog` -o’rmon tuproqlari tog` quruq dashtlari mintaqasining ancha sernam, keng bargli o’rmon o’sadigan birmuncha balandroq erlarida tarkib topgan bo’lib, chirindiga boyligi bilan ajralib turadi. Bu tuproqlarda chirindi yuqori qatlamida 8-9 %, ba’zan 12 % gacha boradi. Sernam erlarda to’q-qo’ng`ir tusli tog`-o’rmon tuproqlari vujudga kelgan. Umuman bu tuproqlar ancha unumdor.

Bu mintaqa iqlimi sernam va salqin bo’lganligi uchun sero’t yozgi yaylov vujudga kelgan, bahorikor dexqonchilik qilinadi, bog`lar bunyod etilgan.

Baland tog`-o’tloq dashtlaridagi och tusli qo’ng`ir tuproqlar mintaqasi O’zbekistonda 2500-2600 m mutlaq balandliklardan boshlanadi. Bu tuproqlar tarqalgan maydon 540 ming gektarni tashkil etadi. Bu mintaqada tub tog` jinslari er yuziga yaqin yotganligi uchun tuproq qatlamining qalinligi 1 metrdan oshmaydi. Tub tog` jinslari er yuziga chiqib yotgan joylarda tuproq qoplami shakllanmagan. Bu tuproq asosan qattiq tub jinslar va elyuviy ustida, qisman sklet delyuval yotqiziqlar ustida rivojlangan.Qalin o’tloqlar ostida hosil bo’lgan och tusli qo’ng`ir, karbonatsiz subalp o’tloq dasht tuproqlarida chirindi miqdori uning yuqori qatlamida 5-6 % ni tashkil etadi. Bu mintaqada vegitastiya davri qisqa, dehqonchilik uchun harorat etishmaydi. Lekin yozgi yaylov sifatida foydalanish uchun sharoit qulay.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling