Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta’lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana09.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1476331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bo\'riyeva SH

 


30 
Xulosa. 
Til hodisalarining o‘ziga xos xususiyati, ya‘ni tushunchaning mazmun tomoni 
grammatik tushunchaning o‘ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, 
til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. 
Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va 
umumlashtirish mumkin bo‘lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos 
qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so‘z, so‘z birikmasi, gap, morfema, 
leksema, fonema va boshqalarning o‘ziga xos muhim belgilarini aniqlash va 
umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan 
yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo‘lgan dastlabki materialning o‘zi yetarli 
darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning 
yana umumlashtirilgani hisoblanadi. Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari 
tufayli o‘quvchilarda tushuncha juda ko‘p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik 
tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma‘lum darajada rivojlangan 
bo‘lishi lozim. Mavhum tafakkur ta‘lim jarayonida vujudga keladi va maxsus 
mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko‘nikmalarni va lingvistik 
tasavvur hamda bilimlar yig‘indisini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi zarur. 
Ko‘pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha
tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, 
umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. 
O‘quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish 
faoliyatining qay darajada o‘sganligiga bog‘liq. Mavhumlashtirishda qiynaladigan 
o‘quvchilar so‘zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik 
belgilariga ko‘ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda 
qiynaladilar va xatoga yo‘l qo‘yadilar. 
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilari so‗z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe‘l) bilan 
umumiy tanishtirilgandan so‗ng bar bir leksik-grammatik guruh alohida 
o‗rganiladi. Bu so‗z turkumlarini o‗rganishning boshlang‗ich bosqichidayoq ularni 
taqqoslashga 
qulay 
sharoit 
yaratadi 
va 
shakllantiriladigan 
grammatik 
tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Dasturga ko‗ra, 


31 
boshlang‗ich sinfda so‗zlar dastlab javob bo‗ladigan morfologik so‗roqlariga qarab 
guruhlanadi. 3- sinfda ―So‗z turkumi‖ tushunchasi shakllantiriladi. Grammatik 
tushunchalar bo‗yicha o‗quvchilar 1-sinfdan boshlab nazariy ma‘lumotlarga ega 
bo‗la boshlaydilar. Ya‘ni shaxs va narsa nomlari, narsalarning bеlgisi, narsalarning 
harakati kabi ma‘lumotlarni o‗rganish jarayonida ularda grammatik tushunchalar 
shakllantirishga asos solinadi.Boshlang‗ich sinf ona tili darslarida ta‘limiy 
o‗yinlardan fo‗ydalanish o‗rganilayotgan tushunchaning oson o‗zlashtirilishiga 
yordam beradi. O‗quvchilarda olgan bilimlarini amalda tezkorlik bilan qo‗llay 
olish salohiyatlarini shakllantiradi. Ta‘limiy o‗yinlarni tanlashda o‗yinning ta‘lim 
jarayoni bilan uyg‗unlashishiga, ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorligini 
oshirishga, o‗quvchilarning faolligi va tashabbuskorligi hamda ijodiy qobiliyatini 
o‗stirishga alohida ahamiyat bеriladi. Ta‘limiy o‗yinlar nafaqat o‗quvchilarning 
bilimini tеkshirishda, balki ularni darsga qiziqtirish uchun ham qo‗llanadi. Ta‘limiy 
o‗yinlarni o‗tkazishda o‗quvchilarning yosh xususiyatlarini ham hisobga olish 
zarur. O‗yinlar mavzuga mos bo‗lishi va o‗quvchilarni zеriktirib qo‗ymasligi 
kеrak. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling