Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta’lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi


 Grammatik va so‘z yasalishiga oid mashqlar


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana09.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1476331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bo\'riyeva SH

2.2. Grammatik va so‘z yasalishiga oid mashqlar 
Maktabda tildan nazariy bilimni o‗rganishdan maqsadfikrni og‗zaki va yozma 
tarzda grammatik to‗g‗ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish 
hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo‗llashni esa maqsadga muvofiq va 
muntazam o‗rgatib borish talab etiladi. Mashqlar tizimi tushunchani o‗zlashtirish 
bosqichiga va uning xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, uning 
murakkablasha borishini va o‗quvchilar mustaqilligi o‗sib borishini hisobga olgan 
holda mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko‗zda tutadi. Bu tizim 
mashqlarning o‗zaro bog‗lanishiga asoslangan. Mashq turlari. Grammatik mashqlar 
turli asosga ko‗ra tasnif qilinadi, shuning uchun mashqning har xil turi hosil 
bo‗ladi. Agar bilimni shakllantirish xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar 
ikki katta guruhga bo‗linadi: 1) morfologik mashqlar (bunga leksik-morfologik 
mashqlar 
hamkiradi); 
2) 
sintaktik 
mashqlar. 
Agar 
o‗quvchilar 
faoliyatiningxarakteri, ya‘ni mashq jarayonida o‗quvchilar bajaradigan aqliy 
omillar 
xarakteri 
asos 
qilib 
olinsa, 
mashqlar 
analitik, 
sintetik, 
taqqoslashga,guruhlashga, umumlashtirishga oid mashqlarga bo‗linadi. Mashqning 
o‗ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchunyuqoridagi ikki asos hisobga 
olinadi. Masalan, mashqning vazifasi aralash berilgan so‗zlardan gap tuzishni va 
gap bo‗laklarini ajratishni talab etsa, bu mashq bilimni shakllantirish turiga ko‗ra 
sintaktik mashq, faoliyat xarakteriga ko‗ra sintetik-analitik mashq hisoblanadi. 
Boshlang‗ich sinflarda sof morfologik yoki sof sintaktik mashq juda kam 
ko‗llaniladi, shuning uchun ham vazifaning etakchi tomoni hisobga olinadi. 
Masalan, matnga mazmunga mos otni qo‗yish, qaysi kelishik ekanini ko‗rsatish 
talab etilsa, bu leksik-morfologik mashqdir. O‗quvchi otning qaysi kelishikda 
ekanini aniqlash uchun u bog‗langan so‗z (fe‘l yoki ot)ni aniqlashi (so‗z 
birikmasini ajratishi) talab etiladi, shunga ko‗ra bu mashq sintaktik mashq 
hisoblanadi. Grammatiktahlil analitikmashqqa kiradi. Grammatik tahlil so‗z 
turkumiga ko‗ra (morfologik) tahlilni,gap bo‗laklariga ko‗ra (sintaktik) tahlilni o‗z 
ichiga oladi. Gap bo‗laklariga ko‗ra tahlil o‗quvchilar o‗zlashtirgan sintaktik 
bilimlarning me‘yoriga qarab chuqurlashib boradi. Amaldagi dasturga ko‗ra, I sinf 


25 
o‗quvchilari ―ega‖ va ―kesim‖ atamalaridan foydalanmaydilar, ammo ular gapniig 
bosh bo‗laklarini amaliy ravishda topish ko‗nikmasiga ega bo‗ladilar, ya‘ni gap 
kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‗z (ega)ni, u haqda nima deyilganini 
anglatgan so‗z(kesim)ni topadilar. Masalan, Bolalar olmalarni terdilar gapini tahlil 
qilishda o‗quvchilar quyidagicha fikr yuritadilar: ―Gap bolalar haqida aytilgan. 
Kimlar? – bolalar (so‗zning tagiga bitta to‗g‗ri chiziq chizadilar). Bolalar – nima 
qildilar? – terdilar (so‗zning tagiga ikki to‗g‗ri chiziq chizadilar). Bolalar terdilar – 
gapning asosiy qismi; nimalarni? (terdilar) – olmalarni‖. II sinfda I sinfdagidek 
muhokama qilinadi, faqat mazmuni chuqurlashtiriladi. Masalan, II sinf o‗quvchisi 
―Chiroyli gullar adirlarni bezadi‖ gapini quyidagicha tahlil qiladi: ―Gap gullar 
haqida aytilgan. Nimalar? – gullar – ega (tagiga bir chiziq chizadi). Paxtalar haqida 
nima deyilgan? Ochildi – nima qildi? – kesim (tagiga ikkito‗g‗ri chiziq chizadi). 
Qaerlarni? (bezadi) –adirlarni – ikkinchi darajali bo‗lak, gapni to‗ldirayapti (tagiga 
uzuq chiziq chizadi). Qanday? (gullar) –chiroyli(gullar) ikkinchi darajali bo‗lak, 
egani izohlayapti. Gullar bezadi – gapning asosi. Chiroyli gullar vaadirlarni bezadi 
– so‗z birikmasi‖. III-IV sinflarda sintaktik tahlil sifat jihatidan o‗zgarmaydi, 
ammo so‗z birikmasini ajratishga ahamiyat beriladi. Morfologik tahlilning 
mohiyati so‗zning qaysi so‗z turkumi ekani, gapda qanday grammatik shaklda 
kelganida ifodalanadi. To‗liq morfologik tahlilda o‗quvchi so‗z turkumining o‗zi 
o‗rgangan belgilarini aytadi. Masalan, 1-sinf o‗quvchisi shu so‗z qanday savolga 
javob bo‗lishini va nimani bildirishini aytadi (shaxs yoki narsa, narsa belgisi, 
harakati). III sinfda so‗z turkumlari o‗tilgach, morfologik tahlil quyidagi tartibda 
o‗tkaziladi: Ot: 1. So‗z turkumi. 2. So‗rog‗i. 3. Birlik yoki ko‗plikda ekanligi. 
Sifat: 1. So‗z turkumi. 2. So‗rog‗i. 3. Qaysi ot bilan bog‗langanligi. Fe‘l. 1. So‗z 
turkumi. 2. So‗rog‗i. 3. Bo‗lishli yoki bo‗lishsiz ekanligi. Og‗zaki tahlil 
namunasi:Mevali daraxtlar gulladi. Mevali – sifat, qanday – mevali; daraxtlar oti 
bilan bog‗langan: mevali daraxtlar; daraxtlar – ot, nimalar? – daraxtlar, ko‗plikda; 
gulladi – fe‘l, nima qildi? – gulladi, bo‗lishli. IV sinfda o‗rganilgan mavzularni 
hisobga olib, morfologik tahlil biroz to‗ldiriladi va quyidagi tartibda o‗tkaziladi: 
Ot: 1. So‗z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli. 3. Birlik yoki ko‗plikda ekanligi. 4. 


26 
Egalik qo‗shimchasi, shaxs-soni. 5. Kelishigi. Sifat: 1. So‗z turkumi. 2. So‗rog‗i. 3. 
Qaysi ot bilanbog‗langanligi. Son: 1. So‗z turkumi. 2. So‗rog‗i. 3. Qaysi ot bilan 
bog‗langanligi. Olmosh: Kishilik olmoshi: 1. So‗z turkumi.2. So‗rog‗i. 3. Shaxs-
soni. 4. Kelishigi. Fe‘l: 1. So‗z turkumi. 2. So‗rog‗i. 3. Bo‗lishliyokibo‗lishsiz 
ekanligi. 4. Shaxs-soni. 5. Zamoni. O‗quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun 
o‗qituvchi bu tartibga rioya qilib so‗zga xarakteristika berishning qulayligini 
tushuntiradi. So‗z turkumiga ko‗ra tahlil og‗zaki va yozma tarzda o‗tkaziladi: uni 
mustaqil mashq sifatida topshirish ham mumkin. To‗liq bo‗lmagan morfologik 
tahlildan xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan 
tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi. 
Morfologik tahlilning vazifasi hozirgi o‗zbek tilida so‗z qanday ma‘noli 
qismlardan tuzilganini aniqlashdir. Morfologik tahlil III sinfdan boshlanadi. Bu 
sinfda o‗quvchilarga asosdosh so‗zlar, asosasosdosh so‗zlarning umumiy qismi 
ekani, so‗z yasovchi qo‗shimchalar va so‗z o‗zgartuvchi (shakl yasovchi) 
qo‗shimchalar haqida elementar ma‘lumot beriladi. So‗z tarkibiga ko‗ra tahlil 
quyidagicha o‗tkazilishi mumkin: 1.So‗zga so‗roq berish va u nimani anglatishini 
bilish. 2. Asosni aniqlash. Buning uchun so‗zga asosdosh so‗zlartanlash.Asosdosh 
so‗zlarni taqqoslash va umumiy qismi (asos)ni aniqlash. 3. So‗z yasovchi 
qo‗shimchani aniqlash. Bu yangi so‗z yasash uchun xizmat qilishini aytish. 4. So‗z 
o‗zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‗shimchani aniqlash. Bu so‗zni boshqa so‗z bilan 
bog‗lash uchun xizmat qilishini aytish. III sinfda ―So‗zning tarkibi‖ mavzusi to‗liq 
o‗rganilgach, gulzor so‗zini so‗z tarkibiga ko‗ra og‗zaki tahlil qilish tartibi 
quyidagicha bo‗lishi mumkin: 1.Qaysi so‗z turkumi ekanini bilaman.Gulzor 
so‗zinima? so‗rog‗iga javob bo‗ladi, narsani bildiradi, bu – ot. 2. 
Asosnianiqlayman. Buning uchun asosdosh so‗zlar tanlayman: gulzor, gulli, gulsiz, 
gulla. Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman – gul. Bu – asos. 3. So‗z 
yasovchi qo‗shimchani aniqlayman, gulzor so‗zi gul so‗ziga –zor so‗z yasovchi 
qo‗shimchasini qo‗shishbilan yasalgan. 4.Bu so‗zda so‗z o‗zgartuvchi qo‗shimcha 
yo‗q. So‗z tarkibiga ko‗ra tahlildan so‗ng shunday ko‗rinish hosil bo‗ladi: gulzor. 
IV sinfda paxtakorga so‗zini so‗z tarkibiga ko‗ra og‗zaki tahlil qilish tartibi 


27 
quyidagicha bo‗lishi mumkin: 1. Paxtakorga – ot. 2. Asosni aniqlayman. Buning 
uchun asosdosh so‗zlar tanlayman: paxtakor, paxtazor. Solishtiraman. Umumiy 
qism – paxta. Bu – asos. 3. So‗z yasovchi qo‗shimchani aniqlayman: paxtakor so‗zi 
paxta so‗ziga -kor so‗z yasovchi qo‗shimchasini qo‗shish bilan yasalgan. 4. So‗z 
o‗zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‗shimchalarni aniqlayman: -ga – so‗z o‗zgartuvchi 
qo‗shimcha, kelishik qo‗shimchasi. IV sinfda ishladim so‗zini so‗z tarkibiga ko‗ra 
og‗zaki tahlil tartibi: 1. Ishladim – fe‘l. 2. Asosni aniqlayman. Asosdosh so‗zlar 
tanlayman: ishla, ishli, ishsiz, ishchan. Solishtiraman. Umumiy qism – ish.Ish – 
asos. 3. So‗z yasovchi qo‗shimchani aniqlayman: ishla fe‘li ish so‗ziga -la 
qo‗shimchasini qo‗shish bilan yasalgan. -la – fe‘l yasovchi qo‗shimcha. 4. So‗z 
o‗zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‗shimchani aniqlayman: -di – o‗tgan zamon 
qo‗shimchasi, -m – shaxs-son qo‗shimchasi, I axs, irlik: ishladim. So‗z tarkibiga 
ko‗ra tahlildan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham mumkin. So‗zni 
morfologik tahlil qilish uning lug‗aviy ma‘nosini tushunishda, morfemalarni to‗g‗ri 
yozishda o‗quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir. Boshlang‗ich sinflarda 
grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so‗zni tovush-harf tomonidan tahlil 
qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilning vazifasi so‗zda tovushlarning tartibini, 
ularning xarakterli xususiyatlarini, tovushlar va harflar o‗rtasidagi munosabatni 
aniqlash hisoblanadi. Boshlang‗ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi 
quyidagicha: 1. So‗zda nechtabo‗g‗in bor, nechanchi bo‗g‗in urg‗uli? 2.So‗zda 
nechta tovush va nechta harf bor? (Tovushlar soni harflar sonidan kam yoki ko‗p 
bo‗lsa, sababini aytish) 3. Unli tovush nechta?Undosh tovush-chi? 4.Harbir 
tovushni xarakterlash. Tovush so‗zda qaysi harf bilan ifodalangan? Masalan, kitob 
so‗zi quyidagicha tahlil qilinadi: 1.So‗zda ikki bo‗g‗in bor. Ikkinchi bo‗g‗in – 
urg‗uli: ki-tób. 2.So‗zda beshta tovush, beshta harf bor. 3.So‗zda ikki unli tovush, 
uch undosh tovush bor. 4. k– undosh, jarangsiz, k harfi bilan ifodalangan i–unli 
tovush, i harfi bilan ifodalangan t– undosh tovush, jarangsiz, yozuvda tharfi bilan 
ifodalangan o–unli tovush, oharfi bilan ifodalangan. b – undosh tovush, jarangli, b 
harfi bilan ifodalangan Tovush-harf tomonidan to‗liq bo‗lmagan tahlildan so‗zning 
yozilishini tushuntirishda ham, orfoepik to‗g‗ri talaffuzni o‗rgatish maqsadida ham 


28 
foydalaniladi. Masalan, maktab so‗zi oxirida b undoshi p tarzida talaffuz qilinadi, 
jufti bor undosh, tekshiramiz: maktabim – maktab, b harfi yoziladi. 
Maktabda tildan nazariy bilimni o‘rganishdan maqsad fikrni og‘zaki va yozma 
tarzda grammatik to‘g‘ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish 
hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo‘llashni esa maqsadga muvofiq va 
muntazam
_
o‘rgatib
_
borish
_
talab
_
etiladi. 
Mashqlar tizimi tushunchani o‘zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga mos 
ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o‘quvchilar 
mustaqilligi o‘sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini 
aniqlashni ko‘zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o‘zaro bog‘lanishiga asoslangan. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling