Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta


Download 0.81 Mb.
bet26/41
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1488378
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)

O‘z ustida ishlash. O‘z imkoniyatlarini kasbiy hayotda yuzaga chiqarish, kasbiy mahoratini tobora oshirish kabi intilishlarda o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar o‘z kasbiy qobiliyatlari va ularni rivojlantirish imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot olishga qiziquvchan bo‘ladilar.
Yutuqlarga yo‘nalganlik. O‘z kasbiy faoliyatlarida aniq va sezilarli natijalarga, yutuqlarga ega bo‘lishga intilish va ko‘p hollarda o‘ziga ortiqcha baho berish xislati. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishiga o‘zi bajargan ish jarayonida emas, balki uning natijasidan qoniqishga moyillik xos fazilatlardandir. Shu bilan birga bunday kishilarga o‘z ishlarining oqibatini aniq rejalatirish ham xarakterlidir.
Ma’naviy qoniqish. Kishining kasb-kori, faoliyatini ma’naviy qoniqish olib kelishiga qaratishi, qiziqarli, mazmunli ish yoki kasb egasi bo‘lishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar o‘z mehnatini mazmunan chuqur anglashga intilib, o‘zlari bajargan ishning natijasidan emas, balki ko‘proq ishning borishi, jarayonidan zavq oladilar. Bunday odamlarga o‘zlari qilgan ishdan xavotirlanmaslik, uning sifatli bajarilganiga ishonch bilan, ma’lum ma’noda mag‘rurlik bilan munosabatda bo‘lish xosdir.
O‘zlikni saqlash. Mehnat faoliyatida o‘ziga xos usuldan foydalanib, boshqalardan qanday bo‘lmasin farq qilishga intilishlaridan o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar o‘zlariga xosligini, betakrorligini chertib ko‘rsati uchun noan’anaviy, noyob va nodir mutaxassisliklarni tanlashga moyil bo‘ladilar.
O‘quv ta’lim sohasi:Oliy nufuzga ega bo‘lish. Kishining jamiyatda yuqori baholangan ma’lumot darajasiga ega bo‘lishga intilishlarida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar o‘zlarining yoki o‘zlari erishmoqchi bo‘lgan ma’lumotlilik darajasi bilan boshqalardan ajralib turish, shaxsiy mavqelarini o‘z ustlarid yanada ko‘proq ishlash, keng qamrovli bilimdonlik evaziga ko‘tarish payida bo‘ladilar.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling