Ma’naviy qoniqish. Kishining jamiyat hayotini chin ko‘ngildan baxtiyor va go‘zal qilish istagida ijtimoiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar odamlar bilan bog‘liq faoliyatlari natijalaridan emas, balki ko‘proq bu faoliyat jarayonidan zavq olishlari bilan ajralib turadilar.
O‘zlikni saqlash. Kishning har xil ijtmioiy-siyosiy qarashlari ta’siriga berilmaslikka intilishida ifodalanadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar juda kam uchraydigan ijtimoiy-siyosiy g‘oyalarni qadrlaydilar, ko‘pincha esa bunday sinaluvchilar o‘z ijtimoiy-siyosiy qarashlariga ega bo‘ladilar.
Qiziqishlar olami: Oliy nufuzga ega bo‘lish. Kishining bo‘sh vaqtlarida o‘zi sevgan mashg‘ulotlari bilan band bo‘lishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishi bo‘sh vaqtini o‘zi qadrlagan, unga namuna bo‘ladigan shaxslarning fikr va g‘oyalariga mos mshg‘ulotlar ustida o‘tkazadi yoki ular mashg‘ul bo‘lgan ishlarga taqlid qilib o‘tkazadi, ular mashg‘ul bo‘lgan ishlarga taqlid qilib, o‘zini rivojlantiradi, malakasini oshiradi.
Yuqori moddiy ta’minlanganlik. Kishining bo‘sh vaqtlarida moddiy foyda keltiradigan hamda shaxs uchun qiziq mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar bo‘sh vaqtda sof amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan (masalan parrandachilik, kaptarbozlik kabi qiziqish mahsulotlarini sotish, ayirboshlash mumkin bo‘lgan ) ishlar bilan band bo‘ladilar.
Ijodkorlik. Kishining o‘z qiziqish sohasiga ijodiylik namunalari, yangiliklar kiritishga keng imkoniyatlar ochadigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga intilishlarida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar doimo o‘zlari qiziqqan sohaga ijodiy yondashib, biron bir o‘zgarish, yangilik kiritishga harakat qiladilar.
Faol ijtimoiy munosabatlar. Kishining odamlarga yo‘nalganlik xislatini o‘z qiziqishlari vositasida yuzaga chiqarishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar jamoatchilik asosida amalga oshiriladigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga, o‘zlariga hamfikr insonlarni izlashga va ular bilan hamkorlik qilishga moyil bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |