Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta


Download 0.81 Mb.
bet32/41
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1488378
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)

O‘z ustida ishlash. Kishining o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlaridan mumkin qadar samarali foydalanishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar turli sohalarni o‘zlashtirish, har xil mashg‘ulotlarda o‘z kuchlarini sinab ko‘rishga harakat qiladilar.
Yutuqlarga yo‘nalganlik. Kishining o‘z qiziqishlari doirasida aniq maqsadlarni ko‘zlab, ularga erishishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar o‘z qiziqishlari sohasida real natijalarga erishish, erishgan yutuqlarining muhimlik darajasini his etish va shundan rag‘batlanib yangi marralarni belgilashga moyil bo‘ladilar.
Ma’naviy qoniqish. Kishining bo‘sh vaqtlarida biror bir sevgan mashg‘uloti bilan chin ko‘ngildan, berilib shug‘ullanishga, uning mazmunini chuqurroq anglashga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar odatda o‘zlari bajargan ishlarning natijasidan emas balki ko‘proq mashg‘ulotning o‘zidan jarayonidan zavqlanadilar ruhiy ozuqa oladilar.
O‘zlikni saqlash. Kishining shaxsiy xislatlarini chertib ko‘rsatadigan sohalari bilan mashg‘ul bo‘lishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar nodir, noan’anaviy mashg‘ulotlar bilan intilib, o‘ziga xos tafakkur tarzi, kasb-korga bo‘lgan qobiliyatlarini tobora chuqurlashtirishga moyil bo‘ladilar.
Jadvalda shu narsa ko‘zga tashlanadiki, maqsadli qadriyat yo‘nalishlari orasida ma’naviy qoniqish, yutuqlarga yo‘nalganlik qadriyatlari eng yuqori ko‘rsatgichlarga ega (mos ravishda: 32, 94 va 31, 92). Yuqori moddiy ta’minlanganlik, oliy nufuzga ega bo‘lish qadriyat yo‘nalishlarida esa eng past ko‘rsatgichlar kuzatilmoqda (27,34 va 28,20). Bu ma’lumotlar ortiqcha izoh talab etmaydi, lekin metodikaning milliy g‘oya, milliy ruhga sezgirligini aytib o‘tishimiz o‘rinli bo‘lsa kerak.
Hayot sohalari bo‘yicha esa oilaviy hayot sohasi oldingi o‘rinni egallagan (49,69) bo‘lsa, ijtimoiy hayot, qiziqishlar olami ko‘rsatgichlari ancha past qiymatlarga ega (47,63 va 45,22). Bizningcha, bu raqamlar ham milliy madaniyatimizdagi ustuvor qadriyatlarni o‘zida mujassam etmoqda. Jumladan, xalqimizga xos bo‘lgan ezgulikka, ma’naviyatga intilish (ma’naviy qoniqish), manmanlik va manfaatparastlikni (oliy nufuzga ega bo‘lish, yuqori moddiy ta’minlanganlik) qoralash kabi sharqona fazilatlar, talaba-yoshlarning maqsadli qadriyatlarining shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
XULOSA
Respublikamizda o`ziga xos izchillik bilan amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub markazida shaxs va uning ijtimoiy taraqqiyotini ta`minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar yotadiki, bu jarayonda psixologik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir shaxs va uning ijtiomiy muhit bilan bog`liq o`ziga xos psixologik imkoniyatlariga yetarlicha baho bermay turib shaxsning taraqqiyotiga hozirgi zamon talablariga mos tarbiyaviy ta`sir etish juda mushkuldir. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar va huquqiy jamiyatni barpo etish, jamiyatda sog‘lom muhitni qaror toptirish, fuqorolarni ma’naviyatini shakllantirish va takomillashtirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
O`zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko`tarib, uni kuchi, idroki, salohiyati, psixologik va ma`naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, sivilizatsiya va rivojlanish bilan uzviy bog`liq. Bu esa har bir shaxsning o`z mukammalligi, o`zini bilishi, boshqalarni anglashi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
Bitiruv malakaviy ishimizni tayyorlashda mavzuga oid adabiyotlarni chuqur o`rganib, tahlil etib hamda olib borgan tatqiqotlarimizni asosida quyidagi xulosaga keldik:

  1. Yetuklik davriga xos psixologik xususiyatlarni psixolog olimlar tomonidan o’rganilishning tahlil qilib, yoshlik davri insonning kuch-quvvatga, orzu-havasga, ijodiy rejalarga, izlash va izlanishlarga, aqliy imkoniyatlarga boy davri ekanligi degan xulosaga keldik.

  2. Yetuklik davridagi odamlar istiqbol rejasi bilan yashashga harakat qiladilar, voqelikka turmush tashvishlariga tabiy, jamiyat hodisalarga befarq qaramaydilar, xotirjam, tinch-totuv, do’stlik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuyg’usi bilan yashaydigan odamlarga ekanligi oydinlashdi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling