Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta


Yetuklik davri va uning o`ziga xos psixologik xususiyatlari


Download 0.81 Mb.
bet4/41
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1488378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)

Yetuklik davri va uning o`ziga xos psixologik xususiyatlari

Yetuklik davri ancha murakkab davrdir, mazkur davrda shaxs ham jismoniy, ijtimoiy jihatdan yetuklikka yetgan, jamiyat fuqarosi hamda saylash huquqini qo’lga kiritib bo’lgan bo’ladi. Bularning barchasi ijtimoiy jihatdan voyaga yetish, turmushda o’z o’rnini topish, o’z taqdirini o’zi hal qilishi, yetuk shaxs sifatida ruhiyati va ma’naviyatining rivoji uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi. Shaxs ijtimoiy hayotda, oliy o’quv yurti jamoasida, tengqurlari bilan shaxslararo munosabatlar davrasidagi, o’qish va turmush sharoitidagi o’zgarishlar ta’siri ostida tarkib topa boshlaydi. Shaxsning mehnat faoliyatida ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy va axloqiy jihatdan o’sishida o’ziga xos o’zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar namoyon bo’layotganligi ko’rsatiladi.
Ijtimoiy hayot tarzi, ta’lim-tarbiya xarakterining o’zgarishi yigit va qizlarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodning shakllanishiga, yuksak insoniy his-tuyg’ularning vujudga kelishiga bilim va malakalarni o’zlashtirishga ijodiy yondashishning kuchayishiga olib keladi. Turmushda o’z o’rnini topishga intilishi, kasb-hunar egallashi ixtisos tanlashi, istiqbol rejalarini tuzishi, kelajakka ijodiy munosabatda bo’lishini taqozo qiladi. Biroq bu davr jo’shqin kuch-g’ayrat, shijoat, qahramonlik ko’rsatishga intilish, hayotda erkin dunyoqarash va mustaqil harakat qilish, jamoaga, jamiyat va tabiat hodisalariga romantik munosabatda bo’lish kabi xususiyatlar bilan boshqa yosh davrlaridan keskin ajralib turadi. Ayniqsa turmush va o’qish faoliyatlarining yangicha shart-sharoitlar guruh jamoasidagi vaziyat talabining oliy o’quv yurtida egallagan mavqei, jamoat tashkilotlarida tajriba ortirishi va ularga o’zgacha talablar hamda ma’suliyatli vazifalar yuklaydi.
Hozirgi eng dolzarb muammolardan biri oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini keskin oshirishdan iboratdir. Chunki respublikamizning rivoji, ravnaq va istiqboli ko’proq oliy maktab tayyorlayotgan mutaxassislarning mahoratiga bog’liqdir. Shuning uchun o’qitishning yangi ilg’or, faol usullarini qo’llash, oqilona vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchi bilan talabaning hamkorlik faoliyat negizidir o’quv-tarbiya ishlarni to’g’ri yo’lga qo’yish muammosi yotadi. Bu muammo oliy maktab psixologiyasida juda kam tadqiq qilingani sababli xuddi ana shu muammo yuzasidan kengroq mulohaza yurutish maqsadga muvofiqdir.
Oliy o’quv yurtidagi ta’limning o’ziga xos xususiyatlari talabalarning boshqa ijtimoiy guruhlar bilan (ular xoh rasmiy xoh norasmiy bo’lishidan qat’iy nazar) muloqotga kirishish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Talabalik davrining asosiy xususiyatlardan biri ijtimoiy yetuklikning jadal sur’at bilan ro’yobga chiqarishdir. Ma’lumki ijtimoiy yetuklik (kamolot) shaxsdan zarur aqliy qobiliyatini hamda ijtimoiy tuzishda bajariladigan turli rollarni egallash (oila qurishga), farzandlarni tarbiyalashga, foydali mehnatga qatnashishga (mas’ul vazifada ishlashga) tayyorlanishini talab etadi. Mazkur jarayonning bosh mezonlari va ko’rsatkichlari o’rta ma’lumotlilik ko’rsatish qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis bo’lish imkoniyati, unga intilish tuyg’usi, irodaviy zo’r berish, yosh otalik va onalik burchi, jamoat arbobi vazifasini o’tash, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, sport bilan shug’ullanish, bo’sh vaqtni tashkil eta olish, to’garakda qatnashish va hokazolardan iboratdir.
Shu boisdan yetuklik davri shaxsning ijtimoiy hamda kasbiy mavqeini anglashdan boshlanadi. Mazkur pallada talaba o’ziga xos ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi, jumladan kattalarning har xil ko’rinishdagi (unga yoqish, yoqmaslikdan qat’iy nazar) rollarni tez sur’atlar bilan bajarib ko’rishga intiladi, turmush tarzining yangi jihatlariga ko’nika boshlaydi. Katta odamlarning turmush tarziga o’tish jarayoni shaxsning kamol topishi xususiyatlariga bog’liq ichki qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi.
Pedagogik psixologiya fanidan ma’lumki akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalarining har (biologik, fiziologik, pedagogik, psixologik) jihatdan oliy maktab ta’limiga tayyorlaydi va ularda umumlashtirish, mavhumlashtirish sistemalashtirish kabi qobiliyatlarda ko’rinadigan fazilatlar namoyon bo’ladi. Shu bilan birga yoshlarda aqliy, axloqiy, estetik va g’oyaviy-siyosiy jihatdan muayyan darajada o’sish ro’y beradi.
Shunga qaramay ular oldida oliy o’quv yurtida mutaxassislikni egallashga bog’liq yangi vazifalar paydo bo’ladi. Hozirgi fan-texnikaning ma’lumotlarini ko’paytirish, ikkinchi tomondan talabalarda mutaxassislikka oid bilimlarga barqaror qiziqishning yo’qolishiga olib keladi, chunki qat’iylik ijodiy izlanish irodaviy zo’r berish o’rnini loqaydli faoliyatsizlik egallaydi.
Boshqacha aytganda ular tayyor axborotlarning quliga aylanadilar. Chunki kompyuter, internet, displey, E.H.M. kalkulatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zo’r berishdan xalos qiladi. Ana shular sababli oliy o’quv yurti ta’limi oldidagi bilimlar majmuasini berishdir.
Psixologlardan B.G.Ananyev, N.V.Kuznina, N.F.Talizina, V.Y.Lyandus, L.S.Kon, O.T.Lisovskiy, A.A.Badalov, A.V.Petrovskiy, M.G.Davletshin, I.I.Ilyasov, A.V.Dimitrieva, Z.F.Esarova, A.A.Verbitiskiy, V.A.Tokarova, E.G’.G’oziyev va boshqalarning tadqiqotlariga ko’ra oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish talabalar uchun og’ir kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari xislatlari sifatlari takomillashish bosqichida bo’ladi. Mazkur yosh davridagi ijtimoiy-psixologik o’sishning xususiyatlardan biri o’qish faoliyatining ongli motivlari kuchayishidir. Talabalar axloqiy jarayonlarning o’sishi sust amalga oshsada, lekin hulqning eng muhim sifatlari mustaqillik tashabbuskorlik farosatlilik va hokazolar takomillashib boradi. Shuningdek ularga ijtimoiy holatlarga voqiylikka axloqiy qoidalarga qiziqish ularni anglashga intilish tobora kuchayadi.
Psixologlarimizning tadqiqotlari shaxs turmush tajribasini egallashda unda o’zligini anglash vujudga kelishini jumladan shaxs hayotining mazmunini anglash, aniq turmush rejalarni tuzish, kelajak hayot yo’lini belgilashi va hokazolar amalga oshishini ko’rsatadi. Talaba asta-sekin mikroguruhning notanish sharoitlariga ko’nikib boradi, o’zining haq-huquqlari va majburiyatlarini bila boshlaydi, shaxslararo munosabatlarning yangicha ko’rinishini o’rnatadi, turmushdagi ijtimoiy rollarni amalda shaxsan sinab ko’rishga intiladi. Ulardagi romantik his-tuyg’ular, voqiylikka muayyan yondashishga birmuncha xalaqit beradi.
Chunki ular turmushdagi yutuqlar va muvaffaqiyatsizlikning ijtimoiy psixologik ildizlarni nimadan iborat ekanligi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lmaydilar.
Yosh fiziologiyasi va ontogenez psixologiyasi fanlarida to’plangan materiallar tahlilidan ko’rinadiki talaba 19-yoshda ham o’z xulqi va bilish faoliyatini ongli boshqarish imkoniyatlariga ega bo’lmaydi va shunga ko’ra xulq motivlarini asoslanmagani, uzoqni ko’rolmaslik, ehtiyotsizlik kabi holatlar ro’y beradi.
V.T.Lisovisning fikricha 19-20 yoshlarda ayrim salbiy xatti-harakatlar ko’zga tashlanadi. Mazkur yoshda xohish va intilishning rivojlanishi iroda va xarakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida rol o’ynaydi chunki, talaba shu tajriba yetishmasligi natijasida nazariya bilan amaliyotni, fantaziya bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan illuziyani, orzu bilan xohishni, optimizim bilan qat’iylikni aralashtirib yuboradi.
Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida o’zini-o’zi kamolotga yetkazish jarayoni muhim rol o’ynaydi lekin, o’zini boshqarishning tarkibiy qismlari ya’ni, o’zini o’zi tashkil qilish, nazorat etish, baholash, tekshirish va boshqalar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal yuksak barqaror barkamol “men”ni real (aniq vaqt) “men” bilan taqqoslash orqali o’zini o’zi boshqarishning tarkibiy qisimlari amaliy ifodaga ega bo’ladi. Talabaning nuqtai-nazaricha ideal “men” ham muayyan mezon asosida yetarlicha tekshirib ko’rilmagan. Shuning uchun ular goho tasodifiy g’ayritabiiy his etishi muqarrar. Binobarin, real “men” ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha yiroqdir. Talaba shaxsining takomillashuvida bunday obyektiv qarama-qarshiliklar o’z shahsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlikni, o’qishga nisbatan esa salbiy munosabatni vujudga keltiradi. Jumladan, o’quv yili boshida talabada ko’tarinki kayfiyat, oliy o’quv yurtiga kirganidan zavq-shavq tuyg’si kuzatilsa, ta’limning shart-sharoiti mazmun mohiyati, kun tartibi, muayyan qonun va qoidalari bilan yaqindan tanishish natijasida uning ruhiyatida keskin tushkunlik ro’y beradi. Yuqorida aytilganidek, tashqi vositalar omillar ta’siri oqibatida uning ruhiy dunyosida umidsizlik, ruhiy parokandalik, kayfiyat, ya’ni, istiqbolga ishonchsizlik, ikkilanish, hadiksirash kabi salbiy his-tuyg’ular namoyon bo’ladi. Bizningcha oliy maktabda tarbiya (ijtimoiy tarbiya) ishlarini rivojlantirishda ta’lim jarayonida talabaga o’ziga xos munosabatda bo’lish mazkur davrning muhim sharoitlardan iboratdir. Yuqorida aytilganlardan qat’iy nazar, yigit va qizlarni oliy o’quv yurtiga qabul qilish ularda o’z kuchlari qobiliyatlari, aql-zakovatlari, ichki imkoniyatlari va irodalariga qattiq ishonch tug’diradi. Ana shu ishonch o’z navbatida to’laqonli hayot va faoliyatni yuritishga umid, his-tuyg’usini vujudga keltiradi. Bu yetuklik davrining ikkinchi bosqichi hisoblanadi.
Xulqqa, voqiylikka baho berish imkoniyatidan tashqari talab qo’yish va qat’iyatlilik xususiyati bilan ham farqlanadi. Shuning uchun talabalar ham doim prinsipial bo’la olmaydilar. Ba’zan qat’iyatlilik kattalarga salbiy munosabatda bo’lishga ham aylanadi, talabalarning o’qituvchi tavsiyalarni inkor qilish ko’pincha turli xususiyatli nizolarni keltirib chiqaradi.
B.G.Ananyev rahbarligida o’tkazilgan ilmiy tadqiqod ishlarida ma’lum bo’lishicha talabalar kamol topishining jinsiy va nerodinamik xususiyatlari ularni aqliy imkoniyatlarini to’la ishga solish va sermahsul o’quv faoliyatini tashkil qilish uchun muhim imkoniyat shart-sharoit yaratadi.
Y.A.Samarinning ta’kidlashicha yoshlarni kamol topishida har xil ijtimoiy-psixologik xususiyatli o’ziga xos qarama qarshiliklar ichki ziddiyatlar mavjud bo’ladi. Ularning moddiy jihatdan ota-onaga oliy o’quv yurti ma’muriyatiga bog’liqligi iqtisodiy ziddiyatni keltirib chiqaradi. Bu hol talabalarning xohishlari bilan mavjud imkoniyatning nomutanosibligi tufayli yuzaga keladi.
Mazkur yosh davrida o’zini boshqarishning tarkibiy qismlari, ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajriba, o’zlashtirilgan bilimlarni tartibga solish asosida his-tuyg’ular qarashlar axloqiy qadriyatlar o’zligini anglash va barqaror e’tiqod shakllanadi. Talaba hukm va xulosa chiqargach o’z xatti-harakatida qat’iy turib ularni himoya qiladi u hayotning turli sohalari bo’yicha har xil darajadagi ko’nikma va malakalarga nazariy bilimlar, ijtimoiy-psixologik tushunchalarni amaliy faoliyatga tadbiq etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
B.G. Ananyev rahbarlikdagi tadqiqotchilar jamoasining fikricha 18-20 yosh pallasida fiziologik imkoniyatlar yuksak darajada rivojlanadi. Organizmning tashqi ta’siriga javobi qon kislorod bilan to’yinadi va hokazo. Insonda o’quvlilikning qulay imkoniyati vujudga keladi. O’quv-insonning axborotlarni qabul qilish, eslab qolish va xotirada saqlash qobilyatini bildiradi. Keyinchalik insonda psixik funksiyalarning dinamikasi o’quvlilik imkoniyatlari sira pasaymaydi.
Odamning yetuklik davri quyidagi qonuniyatlar bilan farqlanadi; 1) turli funksiyalarning bir tekis va bir vaqtda amalga oshmaydi (bir bosqichda xotira boshqa bir bosqichida esa tafakkur) jadal sur’at bilan o’sadi. 2) yoshga qarab turli funksiyalar o’zaro bog’liq muvofiqlashgan xususiyat kasb eta boshlaydi. 3) yetuk inson aqlining funksional o’sish darajasi yosh evolyutsiyasining har xil bosqichida yetarli darajada yuqori bo’ladi. 4) mazkur funksiyalar dinamikasi hech qanday keskin pasayish bo’lmaydi. 5) yetuklik davrida o’quvchilik kamaymaydi.
Talabalar o’quv faoliyatining xususiyatlari talaba o’quv faoliyati muvaffaqiyatining muhim sharti oliy o’quv yurtidagi ta’lim jarayonining o’ziga xos xususiyatlarni o’zgarish, diskomfort tuyg’usini bartaraf qilish, mikromuhitda yuz beradigan ziddiyatlarning oldini olishdan iboratdir.
Odatda quyi kurslardagi talabalar o’quv faoliyatini mumkin qadar to’laroq tasavvur etishga harakat qiladilar, lekin uni boshqarish to’g’risida yetarli ma’lumotga ega bo’lmaydilar.
Ko’pincha ular o’quv faoliyatini boshqarish deganda o’quv materiallari o’zlashtirilishini rejalashtirish, nazorat qilish, baholash kabilarni tushunadilar. Talabalar varaqa savollarga bergan javoblardan ma’lum bo’lishicha, ularda o’quv faoliyati tizimini tasavvur etishdan tashqari, uni boshqarishning ayrim imkoniyatlari yuzasidan muayyan bilimlar ham bo’ladi. Tajribada ishtirok etgan 730 nafar sinaluvchilarning 15 foizi shaxsiy faoliyatini boshqarish deganda, o’zlashtirilayotgan o’quv materialarini ko’p marta takrorlash jarayonini tushunadilar, uning bosh maqsadi matnning mohiyatini aniq anglashdan iborat deb biladilar. Masalan, “Materiallarni o’zlashtirish uchun ularni o’qiyman, takrorlayman, lekin hech qachon uni o’zlashtirish maqsadida oqilona yo’l, usul yoki vositalarni qidirib o’tirmayman…’’ Talabaning bu mulohazasi ana shu toifadagi barcha tengdoshlariga ham xosdir.
Ayrim talabalar o’z javoblariga biror xususiyatga ega bo’lgan materiallarni o’zlashtirishning usullarni ham yozganlar. Quyi kurs javoblaridan biri: Men avval o’quv materialini qismlarga ajrataman, so’ng ular o’rtasida mantiqiy uyg’unlikni vujudga keltiraman, muhim va birlamchi alomatlarni topishga harakat qilaman. Mazkur materialni oldingisi bilan solishtiraman, o’xshash va farqli jihatlarini aniqlayman. Xuddi shunga o’xshash javoblar talabalarning to’rtdan bir qismidan olindi. Ularning 85 foizi o’quv faoliyatini boshqarishning ayrim tarkibi, qismlarini ifodalay olganlar. Ammo ko’pchiligi o’quv faoliyatini boshqarishnig umumlashgan usullarni ta’riflash, anglash faoliyatning harakatlarni qanday tartibda amalga oshirishni tasavvur qilishdan ancha yiroqdirlar. Shunga qaramay, talabalarda taqqoslash, reja tuzish, ma’ruza va birlamchi manbalarni konespektlashtirish bo’yicha ma’lum tushunchalar mavjud. Biroq bu borada ham ayrim nuqsonlar uchrab turadi. Chunonchi, talabalar rejalashtirish konspektlashtirish ta’limi usullardan foydalanishga qo’yiladigan umumiy talablarni aniq ko’rsatishda qiynaladilar, muammo doirasidan chetlashadilar. Mana shu qiyinchiklarni mohiyati va shakliga kura uch guruhga ajratish mumkin.
1. Bilishdagi qiyinchiliklar: o’rta maktab oliy o’quv yurtidagi o’quv materiallarning mazmuni va ko’lami jihatdan keskin farqlashi ; oliy o’quv yurtida o’qitishning turli shakl va usullari (ma’ruza, seminar mashg’uloti, sinov, bahs amaliy mashg’ulot, maxsus praktik va hokazolar) mavjudligi o’quv matni, ma’ruza va seminar matiriallarning murakkabligi, muammoligi, ilmiyligi, talabalarda mustaqil bilim olish malakalari yetishmasligi, ularning murakkab oliy ta’limga to’la tayyor emasligi.
2. Ijtimoiy-psixologik qiyinchiliklar atrof muhit va hayot sharoitining o’zgarishi, hayot va faoliyatning barcha jabhalarida mustaqillikka o’tish; irodaviy zo’r berish, qobiliyat, aqliy imkoniyatlar bo’yicha qat’iyatsizlik; masalan sessiyalarda o’qishdan haydalishdan cho’chish, qo’rqish, hafsirashning paydo bo’lishi.
3. Kasbiy qiyinchiliklar; oliy o’quv yurti mutaxassisligini tanlashdan ikkilanish, oliy maktab shart-sharoitlariga moslashish jarayonini noto’g’ri tasavvur qilish; ta’lim olish usullari va vazifalarning ko’nikma, malaka va odatlarni egallashda orqada qolish, turli xususiyatga ega bo’lgan mutaxassislik-ixtisoslik amaliyotidan unumli foydalana olmaslik; nazariy bilimlar bilan amaliyotning ajralib qolgan; talabalarning professiogrammadan xabarsizligi yoki professiogramma talablariga ega emasligi. Mana shu qiyinchiliklarning barchasi oliy muhitiga moslashish bilan bog’liqdir. Tajribadan ma’lumki oliy maktab muhitiga moslashish talabalarning o’ziga xos tipologik va xususiyatlari aqliy imkoniyatlari yetuk alomatlari ma’lum darajada rol o’ynaydi.
Ta’limdagi qiyinchiliklarni bartaraf qilishda qiyinchiliklarning asosiy sabablari talabalar o’quv faoliyatining to’g’ri usullarini bilmasligi, aqliy mehnatga, kuch va imkoniyatlarni bir tekis taqsimlay olmasligidan iborat bo’lib, bular aqliy zo’riqishning negizi hisoblanadi. Vujudga kelgan aqliy zo’riqish tasodifiy psixologik hodisa emas, uning zamirida shaxsiy o’quv faoliyatini oqilona boshqarish o’quvining zaifligi yotadi. Shunga ko’ra, oliy o’quv talabalari ko’pincha o’quv materiallarni o’zlashtirishda bu faoliyatni tasodifiy boshqarishga harakat qiladilar. Bunda muayyan materiallar, mantiqiy harakat bilan eslab qolinsa qolganlari mutlaqo diqqatdan uzoqlashtiriladi. Natijada ular ma’ruzaning bir qismini tinglaydilar, uning mohiyatini bazo’r anglaydilar, uni konspektlashtirishga ulgurmaydilar. O’quv yili mobaynida ana shu holning davom etishi qishki va yozgi sessiyalarni talaba uchun qattiq sinovga aylantiradi. Shunga ko’ra, oliy o’quv yurtlarning asosiy vazifalardan biri, talabani o’quv materiallarining asosiy manbalar bilan ishlashga o’rgatishdan uning mustaqil bilim faoliyatini tashkil qilishdan, uni o’zini boshqarish usullari bilan tanishtirishdan iborat.
Ma’lumki oliy maktabdagi o’quv tarbiya jarayonida ma’ruza bilan seminar mashg’ulotlari asosan talabalarda tafakkurning tanqidiyligi, mahsuldorligi kabi aqlning zarur tarkibiy qismlar shakllanishida qaratilgan bo’ladi. Seminar mashg’ulotlarida o’qituvchi o’rganilayotgan muammo yuzasidan talabalarning bilimlarini tekshirish, ularda tafakkurning mustaqlligini, mahsuldorligi, teranligini oshirish, atrof muhitga munosabatni shakllantirish, ularga ilmiy nazariyalar, konseptsiyalar bo’yicha shaxsiy fikrlarini bildirishni o’rgatish kerak. Seminar mashg’ulot talabaning o’z o’quv faoliyatini boshqarishda muhim rol o’ynaydi. Masalan: ta’limning turli shakllarida (mustaqil ishlar, to’garak mashg’ulotlari, ilmiy-tadqiqot, ma’ruza va bahslarda olingan bilimlar yaqqollashadi, tartibga tushadi, yana chuqurlashadi. Mustaqil bilim olish malakalari o’sadi, aqliy mehnat usullari o’zlashdi,og’zaki va yozma nutq takomillashadi).
Oliy maktabda ko’pincha seminar mashg’lotinnig ikki turidan foydalanadi: a) seminar rejasiga kirgan masalalardan har birini alohida keng muhokama qilish; b) har bir talabaning o’zgarilayotgan mavzu yuzasidan ma’ruzasini tinglash. Bizningcha seminarning ikkinchi turi keng ko’lamda axborotlar almashish imkoniyatida ega. Chunki dolzarb muammolar qonuniyatlar, xususiyatlar bo’yicha mulohaza yuritiladi va tegishli qarorga kelinadi.
Oliy maktabda hamkorlikdagi faoliyatning shakllanishi uning iijtimoiy-psixologik jihatini tashkil qilish, har qanday faoliyatini shu jumladan, o’quv faoliyatini tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarni o’rganish so’nggi yillarda amalga oshirila boshladi. B.Z.Lamov faoliyatini tashkil etishning umumiy psixologiyada qabul qilingan sxemasini ko’rib chiqib, bu faoliyatni bajaruvchi shaxsning boshqa shaxslar bilan hamkorligi boshqacha qurulishi zarurligini ta’kidlab o’tadi. Yakka shaxs faoliyatining psixologik tahlili faoliyat subyektining boshqa odamlar bilan aloqasini mavhumlashtiradi. Lekin bu mavhumlashtirish nihoyatda muhumligidan qat’iy nazar o’zgarilayotgan hodisalarni bir tomonlama yoritish imkonini beradi.
O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosan e’tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratilgan, o’sish guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilingan. A.V.Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatidan kelib chiqishini o’rganib, ta’lim jarayonida o’qituvchining o’quvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish, faqat ularning muloqotga ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o’quv materialini o’zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta’kidlagan edi. Bu muammoga boshqacharoq yondashgan A.A. Bodalev o’qituvchi bilan o’quvchining munosabati ularning samarali hamkorligi vujudga keltirish uchun qulaylik yaratish zarur deb hisoblaydi. Buning uchun o’qituvchilar o’quvchilarning shaxs sifatida xususiyatlarni maqsad va ehtiyojlarni hisobga olishlari shartdir.


    1. Download 0.81 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling