Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta
Yetuk shaxs faoliyatiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar
Download 0.81 Mb.
|
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konformozm hodisasi turlari
Yetuk shaxs faoliyatiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar
Bugun tom ma’noda olib qaralganda, ijtimoiy hayot muammolarini, umuman ijtimoiy-gumanitar fanlarning hayotdagi o‘rni va salohiyatini chamalashda ijtimoiy psixologiyani chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Bu fanning ma’lum ma’nodagi inqirozini va rivojlanmay qolganligini eng avvalo jamiyatdagi tuzum bilan, odamlarning u yoki bu mafkuraviy bo’ronlar ta’sirida bo‘lganligi bilan izohlash mumkin. Zero, aslida ijtimoiy-psixologik tafakkurning o‘zi inson kabi qadimiy va o‘lmasdir. Birinchidan, aytish mumkinki, dunyo miqyosida global tarzda ijtimoiy stereotiplar barham topib, o‘zgara boshladi. Kechagina mumkin bo‘lmagan narsalarga bugun ruxsat bor, kecha umuman erkinlik, demokratiya tushunchalarini go’yoki, G‘arb madaniyati deb e’tirof etgan bo‘lsak, bugun butun jamiyat bu jarayonlar bilan yashay boshladi, buning natijasida inson ongi, uning boshqalarga munosabatlari ham o‘zgardi. Ikkinchidan, qadriyatlar tizimi o‘zgardi. Umuminsoniy qadriyatlarga yaqingacha, xayoliy gumanizm sifatida qaragan bo‘lsak, bugun o‘z milliy qadriyatlarimizni qaytarish barobarida bu qadriyatlarni ham qabul qilmoqdamiz. Qabul qilmaslik esa odamlar, eng avvalo, yoshlar ongida shunday vakuumni hosil qilmoqdaki, buning oqibatlariga hayotimizda misollar ko‘p (diniy aqidaparastlik, jinoyatchilik, giyohvandlik va hokazo). Masalaning muhim tomoni yana shuki, rivojlangan G‘arbning o‘zi bugun Sharq madaniyatini, Sharq mentalitetini va uning qadriyatlarini e’tirof etib, ularga munosib baho bermoqda. Demak, umumjahon globallashuvi jarayonlarida insonlar o‘rtasidagi munosabatlar madaniyatlararo hamda millatlararo munosabatlar darajasigacha ko‘tarildi. Uchinchidan, insonning o‘zini kimlar bilandir solishtirish, taqqoslash, o‘xshatish tizimida o‘zgarishlar (ijtimoiy identifikatsiya) ro‘y berdi. Ijtimoiy psixologiya shaxs psixologiyasiga e’tibor berarkan, uning jamiyatda mustaqil fikrlovchi, yurtparvar va vatanparvar, fidoiy inson sifatidagi fazilatlarini anglashiga yordam berishi kerak bo‘lib qoldi. Chunki ilgari “sovet fuqarosi” faqat o‘sha mafkuraviy talablar qobig‘ida o‘zini tasavvur etar edi xolos. Yana bir narsa – aynan mustaqillik har bir fandan, jumladan ijtimoiy-gumanitar fanlardan hayotda o‘z o‘rnini topish, tatbiqiy ilmiy ishlarni rivojlantirish, fanning ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi mavqeini tasavvur qilishni talab qilmoqda. Shu ma’noda ijtimoiy psixologiyaning bugungi realligimizda hayot muammolarini hal qilishdagi o‘rnini tasavvur qilish joizdir. Psixologiya ijtimoiy xulqning motivlariga hamda motivatsiya masalasiga e’tibor beradi. Oddiy misol: ko‘pincha, jamoat joylarida, oilada, ishlab chiqarish jarayonida odamlarning bir-birlariga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. Tabiiy, savol tug‘iladi: nega odamlar bir-birlariga nisbatan agressiv bo‘lib qolishdi, qani o‘sha insoniy bag‘rikenglik, odamlar o‘rtasidagi normal, madaniy muomalalar, degan. Xorijlik mutaxassislarning (Y.Ilin va b.q) fikricha, eng avvalo agressiv xulq-atvor bo‘lishi uchun birinchi navbatda nizoli yoki odamni xavotirga soluvchi vaziyat bo‘lishi kerak. Lekin vaziyatning mavjudligi hali odamda janjallashishga moyillik holati paydo bo‘ldi, degan ma’noni anglatmaydi. Birinchidan, odamlarning o‘zaro muomalasida fikrlari, istaklari, qiziqishlari va maqsadlarida tafovutlar bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, bu tavofutlar har bir kishi tomonidan deyarli bir xil anglanishi lozim. Uchinchidan, bu holat hech bo‘lmaganda bir tomonning ikkinchi tomonni yoqtirmasligi, ko‘ra olmasligiga olib kelishi, fikrlar amalda to‘qnash kelishi kerak. Bu o‘rinda bizdagi madaniyat va mentalitetning o‘ziga xosligi bor, albatta. Bizda xulq agressiv tarzga o‘tib ketishi uchun menimcha, yanada ko‘proq bosqichlar talab qilinadi. Chunki vaziyatning mavjudligini yumshatuvchi, odamlarni nisbatan uzoq muddatda nizoni ichida saqlashiga olib kelgan sharqona odob, andisha bor. Lekin agressiv xulqning intihosi shundayki, uzoq vaqt ichida saqlangan agressiya bir kun kutilmagan tarzda namoyish etilishi mumkin. Ya’ni, bizda doimo ham bu urush, ochiq betga aytishlar tarzida emas, namoyishkorona ishning teskarisini qilish (ayniqsa, o‘smirlarda, oilada ko‘proq kuzatiladi), yoki boshqa vaziyatda boshqa insondan o‘ch olish orqali kompensatsiya qilinadi (xotini bolasidan, rahbar xodimlaridan va hokazo). O‘smirlik davrida hadeb bolaning o‘zini biror narsa tufayli o‘zini namoyishkorona ko‘rsatishga intilishini ham aslida agressiv xulqqa moyillik, konfliktga asos bor, deb hisoblash mumkin. Demak, bu o‘sha nizoli vaziyatni inson o‘zidagi “ichki, ruhiy filtrdan” qanday o‘tkazilganiga bog‘liq bo‘ladi. Umumiy fikr shuki, biror narsaga agressiv munosabatning shakllanishi bir yoki alohida olingan motiv tufayli emas, balki sabablar yoki motivlar tizimi orqali sodir bo‘lishini nazarda tutish va tarbiyaviy ishlarda bunga e’tibor berish kerak. Ijtimoiy psixologiya bu hodisalarga insoniy munosabatlarning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida qaraydi. Konformizm – bu real yoki tasavvurlardagi guruhning shaxs e’tiqodi va xulq-atvoriga ta’sirini tushuntiruvchi hodisadir. U ikki xil namoyon bo‘lishi mumkin: yon berish – qalban qo‘shilmasa-da, tashqi harakatda ko‘pchilik firiga ergashish; ma’qullash – e’tiqod va qarashlarning ijtimoiy tazyiqqa to‘la mos kelishi. Konformizm hodisasini eksperimental yo‘l bilan o‘rgangan tadqiqotchilarning fikricha, bu – ma’lum shart-sharoitlarning oqibatidir. Masalan, konformizm guruhning katta yoki kichikligiga, uning hajmiga bog‘liq. Odamlar o‘zlari uchun biroz bo‘lsa-da, obro‘li yoki yoqimtoy bo‘lgan odamlar soni uch yoki undan ortiq bo‘lgan sharoitda ularning gaplariga juda tez ishonib, ergashib ketaveradilar. Bundan tashqari, yuqori darajali konformizm holati biror masala yuzasidan javoblar ko‘pchilik ichida berilganda, yoki oldindan biror javobga sha’ma qilinmagan sharoitda tez sodir bo‘ladi. Konformozm hodisasi turlari Kim ko‘proq konformli, degan savolga ko‘pchilik mualliflar ayollarning erkaklarga, yoshlarning kattalarga nisbatan ancha ishonuvchan va ta’sirlarga beriluvchan ekanliklarini e’tirof etadilar. Bundan tashqari, olimlar bu hodisaning milliy-hududiy o‘ziga xosliklarini va bu kabi xulq-atvor ayrim tang, sust vaziyatlarda odam irodasining pastlashi sifatida namoyon bo‘lishini aytishgan. Nima bo‘lganda ham, bizningcha, shaxsning tashqi tazyiqlarga berilishi, tanqidsiz u yoki bu harakat tiplariga ergashib ketaverishi individual xususiyatlarga ega bo‘lib, u odamning dunyoqarashiga, mentalitetiga va ma’lumoti darajasiga bog‘liqdir. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling