Eslatma! Unutmangki, o l m o sh hamda s o n so‘z
turkumlarida so‘z yasovchi qo‘shimchalar yo‘q, shuning uchun bu
so‘z turkumlari affiksatsiya usuli bilan yasalmaydi, lekin bu so‘z
turkumlari yasovchi qo‘shimchalarini qabul qilib, so‘z yasalishi
uchun asos bo‘ladi. M.: bir/lik, ikki/chi, birlash, bittalab; o‘zlik,
sen/bop, siz/lamoq, o‘zi/cha.
•
UNUTMANG
! Yordamchi so‘z turkumi (bog‘lovchi, ko‘makchi,
yuklama so‘z turkumlari)da so‘z yasovchi qo‘shimchalar mutlaqo
yo‘q. Qolaversa, mazkur so‘z turkumlari so‘z yasovchi
qo‘shimchalarni qabul qilmaydi, ya’ni so‘z yasalishi uchun asos bo‘la
olmaydi.
•
Modal, undov va taqlid so‘z turkumlarida ham yasovchi
qo‘shimchalar yo‘q, lekin ular yasovchi qo‘shimchalarni qabul qilib
soʻz yasalishi uchun asos boʻladi..
Demak, mavjud 12 ta so‘z turkumidan 9 tasi so‘z yasovchi
qo‘shimchalarni qabul qilib yangi so‘z yasalishi uchun asos bo‘ladi.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar tuzilishiga ko‘ra qanday
so‘zlardan yangi so‘z yasaydi?
Ma’lumki, tilimizdagi so‘zlar tuzilishiga ko‘ra to‘rtga bo‘linadi.
Xo‘sh, so‘z yasovchi qo‘shimchalar tuzilishiga ko‘ra qanday
so‘zlardan yangi lug‘aviy ma’noli so‘z yasaydi?
I. So‘z yasovchi qo‘shimchalar odatda sodda so‘zlardan
yangi so‘z yasaydi. Bunday so‘zlar s o d d a y a s a m a
so‘zlar deb yuritiladi.
Masalan:
suv+chi=suvchi,
qalam+don=qalamdon;
aql+li=aqlli, ba+davlat=badavlat; gul+la=gulla, bir+lash=birlash;
do‘st+ona=do‘stona, qahramon+larcha=qahramonlarcha.
•
ESLATMA
! Sodda yasama so‘zlar tarkibida birdan ortiq so‘z
yasovchi qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin. Masalan: suv+chi+lik,
suv(a)+q+chi+lik,
yarq+ira+ma,
be+taraf+lik,
tin+ch+lik,
yog‘+in+garchilik.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |