Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


boryapti. Mavzular tugab, vaqt esa tig‘izlashib boryapti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

boryapti. Mavzular tugab, vaqt esa tig‘izlashib boryapti. 
Misollardan ko‘rinyaptiki yetakchi va ko‘makchi fe’llar o‘rtasida so‘z 
ham kelishi mumkin ekan.  


167 
Ko‘makchi fe’l bog‘lanadigan yetakchi fe’l tuzilishiga ko‘ra s o d 
d a (isib ketmoqayta ko‘rma), q o‘sh m a (sotib ola qolmoqishlab 
chiqara boshlamoq), j u f t (aylanib-o‘rgilia boshladi, qo‘llab-
quvvatlab yotibdi) fe’l bo‘lishi mumkin, takroriy fe’l (aytib-aytib 
qoʻydi)
Bilib oling. Fe’l xarakteridagi iboralar ham yetakchi fe’l sifatida 
keladi. M.: qovun tushirib qoʻydi, yuragi yorila yozdi. 
Ko‘makchi fe’llarni yetakchi fe’lga bog‘lanib kelish imkoniyatiga 
ko‘ra besh guruhga ajratish mumkin. 
I .Yetakchi fe’lga faqat -a/-y ravishdosh qo‘shimchasi vositasida
bog‘lanadigan ko‘makchi fe’llar 
№ Ko‘makchi 
fe’l 
Ma’nosi 


boshla 
yoz 
Harakat va holatning boshlanish ma’nosini 
ifodalaydi: o‘qiy boshladi, gapira boshladi. 
Harakat va holatning bajarilishiga oz qolganlik 
ma’nosini: yiqila yozdi, kula yozdi.
 
II. Yetakchi fe’lga faqat -b/-ib ravishdosh qo‘shimchasi vositasida 
bog‘lanadigan ko‘makchi fe’llar 
№ Ko‘makchi 
fe’l 
Ma’nosi 







yot 
yur 
o‘tir 
 
 
kel 
 
boʻl 
 
chiq 
 
bit(bitir) 
 
Harakat va holatning davomiyligini ifodalaydi: o‘qib 
yotibdi, ko‘rib yotibdi. 
Harakat va holatning davomiyligini ifodalaydi: 
qarab yur, oʻqib yur. 
Yetakchi fe’lga bog‘lanib, harakat va holatning 
davomiyligini ifodalaydi: yozib o‘tirmoq, tinglab 
o‘tirmoq. 
Harakat-holatning davomiylik va yo‘nalaishini 
ifodalaydi: aytib kel, borib kel.
Harakat va holatning to‘la bajarilishini ifodalaydi: 
yozib bo‘ldim, ko‘rib bo‘ldim. 
Harakat-holatning to‘la bajarilishini ifodalaydi: 
surishtirib chiq, ko‘rib chiq. 
Harakat va holatning to‘la-to‘kis bajarilishini 
ifodalaydi: yonib bitgan. Chigit ekib bitirildi. 


168 


10 
11 
12 
13 
yet 
 
o‘t 
 
 
tush 
 
o‘l 
 
 
qara 
 
boq 
Bu ko‘makchi fe’l ham harakat va holatning to‘la 
bajarilishini anglatadi: pishib yetgan,tushunib yetdi. 
Ish-harakatning tugalligini va alohida e’tiborga 
molikligini ifodalaydi: yutuqlarni sanab o‘tdi, 
bayram bo‘lib o‘tdi. 
Harakatning to‘la bajarilishi yoki yo‘nalishi 
ma’nosini: Bola devordan oshib tushdi. 
Harakat-holatning odatdagidan yuqori darajada 
ekanligini ifodalaydi: chanqab o‘ldim, sog‘inib 
o‘ldim: davomiylikni ham: mudrab o‘ldi. 
Harakat-holatni sinash uchun bajarishni: chiqib 
qara, yoqib qara. 
Bu ham sinash ma’nosini ifodalaydi: chiqib boq, 
qarab boq. 
III. Yetakchi fe’lga ham - b/- ib, ham - a/- y ravishdosh 
qo‘shimchalari vositasida bog‘lana oladigan ko‘makchi fe’llar 
№ Ko‘makchi 
fe’l 
Ma’nosi 





bil 
 
tur 
 
bor 
 
 
sol 
 
 
 
ko‘r 
Harakatni bajarishga qodirlik ma’nosini: yoza biladi, 
ishlata bildi, aytib bildi. 
Harakat-holatning davomiylik ma’nosini: ishlab tur, 
o‘qib tur, yoza tur, qo‘ya tur. 
Harakat-holatning 
davomiylik 
ma’nosini: 
begonalashib boryapti, uzoqlashib boryapti, unuta 
bordi. 
Harakatning to‘la-to‘kis bajarilishini, shuningdek
harakatning tugashi zamonoq, keyingi harakatning 
boshlanishini 
ifodalaydi: 
aytib 
solmoq, 
kel
solib(gap boshladi), ola solib(qochdi). 
Harakat-holatning sinash uchun bajarilish ma’nosi: 
o‘ylab ko‘r, haydab ko‘r. -a/-y bilan birikkanda, 
bo‘lishsiz shaklda bo‘ladi: bora ko‘rma, ola ko‘rma.
Izoh: -ma boʻlishsiz qoʻshimchasiz ham inkorni 
ifodalaydi: bora koʻr, ayta koʻr.


169 
IV. Mustaqil fe’lga - b/- ib va hech qanday grammatik vositasiz 
bog‘lana oladigan ko‘makchi fe’llar 
№ Ko‘makchi 
fe’l 
Ma’nosi 



qo‘y 
 
 
 
yubor 
 
 
 
tashla 
Harakat-holatning qay holatdaligini bildiradi: aytib 
qo‘ydi/ aytdi-qo‘ydi, ilib qo‘ydi / ildi-qo‘ydi, sindirib 
qo‘ydi / sindirdi-qo‘ydi; harakatni bir marta 
bajarilishini: qarab qo‘ydi. 
Davomiylik, shuningdek harakat-holatning tez 
yuzaga kelishini ifodalaydi: yig’ib yubor, toʻkib 
yubordi/toʻkdi-yubordi, tashlab yubordi/tashladi-
vordi (Izoh: vordi shaklida ishlatiladi).
Harakatning toʻla,tez bajarilishini ifodalaydi:yozib 
tashladi/ 
yozdi-tashladi,toʻkib 
tashladi/toʻkdi-
tashladi. 
V. Yetakchi fe’lga ham -b/-ib, ham –a/-y, ham hech qanday 
grammatik vositasiz bog‘lana oladigan ko‘makchi fe’llar 
№ Ko‘makchi 
fe’l 
Ma’nosi 




ol 
 
ber 
 
 
 
 
qol 
 
 
ket 
Harakat va holatning bajarishga qodirlik: ko‘rib oldi/ 
ko‘ra oldi/ ko‘rdi-oldi. 
Harakat va holatning bajarilishiga qarshilik yo‘q, 
shuningdek, 
davomiylik 
modal 
ma’nolarini 
ifodalaydi: aytib ber, yozib ber, ayta ber, yoza ber, 
yozdi-berdi, aytdi-berdi. Izoh: ver shaklida ham 
kelib yetakchi fe’lga qo‘shilib yoziladi: aytaver, 
boraver. 
Harakatning holatga aylanib qolishini ifodalaydi: 
ko‘rib qoldi, uxlab qoldi, kela qol, qola qol,ketdi-
qoldi, keldi-qoldi. 
Harakatning 
to‘la 
va 
kuchli 
bajarilishini, 
shuningdek, davomiylik ma’nosini ifodalaydi: aytib 
ketasan / aytasan-ketasan, yozib ketdi / yozdi-ketdi, 
o‘lib ketasan / o‘lasan-ketasan, yig‘ilib ketdi, o‘qiy 
ketdi.


170 
Ko‘makchi fe’llar yetakchi fe’lga -b/-ib ravishdosh 
qo‘shimchasi bilan bog‘langanda, boshqa ma’no, -a/-y ravishdosh 
ko‘rsatkichi bilan bog‘langanda o‘zga ma’no ifodalab keladi ( III 
hamda V guruh jadvallariga qarang). 
Fe’lning grammatik kategoriyalari hamda ko‘makchi fe’lli 
so‘z qo‘shilmasi. Ma’lumki, fe’l so‘z turkumida beshta grammatik 
kategoriya mavjud. Ularning fe’lning harakat tarzida o‘rni 
quyidagicha: 
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasining -ma qo‘shimchasi ham 
ko‘makchi, ham yetakchi fe’l tarkibiga kela oladi. Masalan, aytib 
yurma, o‘ylab ko‘rma, kelmay tur, o‘qimay qo‘ydi, olmay qo‘yma
kirmay qo‘yma.
Nisbat kategoriyasining o‘zlik va orttirma nisbatlarining 
qo‘shimchalari faqat yetakchi fe’l tarkibida keladi: artinib oldi, 
yopinib chiq, yuvina boshladi, kiyintirib qo‘y, yozdirib bo‘ldi . Majhul 
nisbatning qo‘shimchasi esa doim ko‘makchi fe’l tarkibida bo‘ladi: 
aytib qo‘yildi, tozalab bo‘lindi, so‘rab chiqildi. Birgalik nisbatning 
ko‘rsatkichi odatda ko‘makchi fe’l tarkibida: aytib o‘tishdi, o‘qib 
berishdi, yoza boshlashdi. Yetakchi tarkibida unumsiz bo‘lsa-da, kela 
oladi: ishlashib bo‘ldi, ko‘rishib ketdi, o‘ylashib oldi. Ba’zan ham 
yetakchi, ham ko‘makchi fe’l tarkibida kelishi mumkin: ishlashib 
ketishdi, aytishib turishdi.  
Fe’lning zamon, mayl, shaxs-son kategoriyalarining 
ko‘rsatkichlari ko‘makchi fe’l tarkibida bo‘ladi: tugab bor/yap/ti
o‘ylab ko‘rishsa, ketib bor/moq-da/man(-san…) , yozib bo‘l/di/m(-
ng…) , qarab qo‘y/a/man(-san,-di…).  

Demak, nisbat va bo‘lishli-bo‘lishsizlik qo‘shimchalari 
yetakchi fe’l tarkibida ham, ko‘makchi fe’l tarkibida ham 
ma’nosiga qarab qo‘shilib kelishi mumkin, zamon, mayl, shaxs-
son qo‘shimchalari esa ko‘makchi fe’llarga qo‘shilib keladi.
Fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, ya’ni vazifadosh
shakllarining qo‘shimchalari ko‘makchi fe’llar tarkibiga qo‘shilib 
keladi. Masalan, o‘tib borar, sinib yotgan, yonib bitgan, aytib 
o‘tiribdi, yetib kelgach, tinglab o‘tirgani, anglay olish, ko‘ra bilish.
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi odatda morfologik yozuv 
tamoyilida yoziladi, chunki yetakchi va ko‘makchi fe’llar ajratib 
yoziladi. O‘z navbatida ber ko‘makchi fe’li mustaqil fe’lga -a
ravishdoshi vositasida bog‘lansa, ver shaklida o‘qiladi hamda yetakchi 
fe’l bilan qo‘shilib yoziladi. Masalan, ayta ber – aytaver, yoza ber – 


171 
yozaver. Ol ko‘makchisi yetakchi fe’lga -a ravishdoshi bilan 
bog‘lanadigan bo‘lsa, elliziya hodisasiga ko‘ra yetakchi fe’l
tarkibidagi -a qo‘shimchasi talaffuz va yozuvda tushib qoladi. 
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining qismlari esa qo‘shib yoziladi: 
yoza oldi – yozoldi, bora oldi – boroldi. Demak, mazkur ikki 
ko‘makchi fe’l fonetik yozuv tamoyiliga ko‘ra ham yozilar ekan.
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi shaklan fe’l + fe’l shaklidagi 
qo‘shma fe’lga o‘xshab ketadi, lekin unutmaslik lozimki, fe’l + fe’l 
shaklidagi qo‘shma fe’lning har ikki qismi o‘z ma’nosi bilan turadi: 
sotib olmoq, olib kelmoq, ishlab chiqarmoq. Ko‘makchi fe’lli so‘z 
qo‘shilmasining ma’nosi esa yetakchi fe’l ma’nosiga teng bo‘ladi: 
yozib tashla = yoz, ishlab tur = ishla, ko‘rib qoldi = koʻrdi, pishib 
yetgan = pishgan. Bu holat tabiiy, chunki ko‘makchi fe’llar lug‘aviy 
emas, balki o‘ziga xos xususiy grammatik ma’no ifodalab keladi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling