Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

 


172 
RAVISH SOʻZ TURKUMI
Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, oʻrni, daraja-miqdori kabi
belgilarini bildiruvchi va qanday? qanaqa? qayer? soʻroqlariga javob 
boʻladigan soʻzlarga ravish deyiladi. 
Soddagina aytganda ish-harakatning belgisini ifodalovchi soʻz 
turkumiga ravish deyiladi. M.: tez yozmoq, erta turmoq, oldinga 
oʻtmoq, koʻp ishlamoq, atayin bajarmoq. 
 
 
 
Morfologik xususiyati 
I. Ta’rifda aytilganidek, asosiy morfologik xususiyati fe’llarga 
bog’lanib, harakat va holatning belgisini ifodalaydi. M.: sekin 
yurmoq, asta-sekin koʻnmoq, (tarz belgisini); ataylab, joʻrttaga 
olmoq (maqsad belgisini); kech kelmoq (payt belgisini); noiloj 
borolmaydi (sabab belgisini). 
I
LOVA
. Unutmaslik lozimki, ravishlar unumsiz boʻlsa-da, 
quyidagi soʻz turkumlariga ham bog’lanib, belgi ifodalashi 
mumkin:
1. Otga bog’lanib, sifat vazifasiga xoslanadi hamda predmetning 
belgisini ifodalaydi. M.: doʻstona maslahat, koʻp gap, ozgina 
masalliq, piyoda askarlar, erta bahor. 
2. Sifatga bog’lanib, belgining belgisini ifodalaydi. M.: 
saldatchasiga dadil, ruhan baquvvat, mangu barhayot. 
II. Ravishning morfemik tarkibi. Ravishning asosiy morfologik 
xususiyatlaridan biri morfologik jihatdan oʻzgarmasligidadir. 
BILIB OLING!
Ayrim ravishlar tarki
bida koʻplik, III shaxs egalik
joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklarining qoʻshimchalari (-mas)
uchraydiki, bular oʻz grammatik ma’nosini yoʻqotib bugungi kunda 
ajralmas holga kelgan. 
 M.: 
-larertalablari, avvallari.
-i/-si: kechasi, kunduzi, avvallari,
-gabirga (kelmoq), joʻrttaga, ertaga, orqasiga,
-daoldinda, unda, boshda(aytgandim), kunda (keladi). 
-danrostdan, birdan, (kuldi), qastdan, bexosdan, uzoqdan. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling