Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- maqsad holi
- Nima sababli nimadan
Soʻz birikmasidagi oʻrni. Ravishlar asosan bitishuvli soʻz
birikmasida fe’lga bog’lanib, tobe soʻz sifatida keladi. M.: majburan yozmoq, oʻzicha oʻylamoq, eson-omon yurmoq. Ravishlarning ma’no turlari Darslikka koʻra ravishlar ma’no va munosabatiga koʻra quyidagilarga boʻlinadi. 1. Holat ravishi. 2. Oʻrin ravishi. 3. Payt ravishi. 4. Miqdor-daraja ravishi. 5. Maqsad ravishi 6. Sabab ravishi. Maqsad ravishlari – ish-harakatning nima maqsadda yuzaga kelishini ifodalaydi. Ular: atay, atayin, ataylab, qasddan, joʻrtaga, azza-bazza. • Harakat va holatning maqsadini izohlab keladi. 175 Nima maqsadda? nimaga? soʻroqlariga javob boʻlib, maqsad holi vazifasida keladi. M.: Doʻstim, kitobni atayin sen uchun oldim. Sabab ravishlari – harakat –holatning yuzaga kelish sababini aniqlab keladi. Ular: noiloj, noilojlikdan, chor-nochor, bekordan bekorga. Nima sababli? nimadan? soʻroqlariga javob boʻlib, sabab holi vazifasida keladi. M.: Barchinoyning shartini alplar noiloj qabul qilishdi. Holat ravishlari – harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildiradi. Ular: jim, yayov, chindan, qoʻqqisdan, toʻsatdan, piyoda, majburan, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma-bir, yakkama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zoʻrg’a, mardlarcha, asta, badastir, bekami-koʻst, bajonidil, bahuzur, bazoʻr, bazur, baloday (otdan koʻchgan), bamaylixotir, bamaslahat, banogoh, baravariga, baralla, basma-bas, bahamjihat, bahodirona, beayov, bevosita, batafsil, bedarak, beijozat, beixtiyor, bekitiqcha, besoʻroq, betinim, betma-bet, betoʻxtov, bexos// bexosdan, bilinar-bilinmas, aksincha, bira toʻla, birma-bir, birvarakay, birvarakayiga, birga, birgalikda, birdan, birdaniga, birin-ketin, birin-sirrin, boshdan-oyoq, boshma-bosh, butunasicha, butunligicha, vahshiyona, vijdonan, dabdurustdan, darrov, darhol, daf’atan, zimdan, yoʻl-yoʻlakay, koʻr- koʻrona, nari-beri, oldinma-keyin, ochiqchasiga, ohista, paydarpay, pinhona, surunkasiga, sidirg’asiga, tag’in, toʻg’ridan-toʻg’ri, tiriklayin, tikkama-tikka, tekinga, tez, tezda, tezlikda, teskarisiga, uzunasiga, fidoyilarcha, chalqancha (siga), chambarchas, elan-qaran, yaxshilikcha, yangicha, yangitdan, oʻzidan-oʻzi, oʻzicha, qayta, qat’iyan, qiyg’os, qoʻqisdan. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling