174
2.
Ba’zan ravishi takror kelib, ayiruv bog’lovchisini hosil qiladi va
bog’lovchiga koʻchadi. M.:
Qishi bilan ba’zan qor, ba’zan yomg’ir
yog’ib turdi.
IX. Ravishlar ma’no va munosabatiga koʻra beshga boʻlinadi.
(Quyiga qaralsin)
Sintaktik xususiyati
I. Ravishlar asosan fe’lga bog’lanib,
hol gap boʻlagi
vazifasida
keladi.
Eslatma. Ravishlarning ma’no-munosabatiga koʻra
turlari holning
ichki turlarini hosil qiladi (Ma’no turlariga qaralsin). M.:
Akam
bugun juda kech keldi. Kenja Botir koʻp yuribdi.
II. Ot kesim vazifasida keladi. M.:
Hali orzularim juda koʻp.
III. Otga bog’lanib,
sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida keladi. M.:
Odamda salgina andesha boʻlishi kerak.
•
Ravishlar otlashganda, ega, toʻldiruvchi, qaratqichli-
aniqlovchi vazifalarida keladi, lekin undalma vazifasida kelmaydi.
Koʻplar mustaqillik yoʻlida oʻzlarining shirin jonlaridan
kechishgan. Ertani bugundan oʻyla. Bugunning ertasi ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: