163
-gach/-kach/ - qach: kel/gach, ek/kach, chiq/qach;
-guncha/-kuncha/ -quncha: bor/guncha, tek/kuncha, chiq/quncha.
Qorong‘u tushguncha, uyga yetib bordim. O‘qituvchi kel/gach, dars
boshlandi.
Holat ravishdoshining qo‘shimchasi:
-gancha/-kancha/
-qancha:
yugur/gancha,
qara/gancha,
so‘k/kancha.
Onaizor farosatsiz o‘g‘ilning izidan qaragancha o‘tirdi.
Maqsad ravishdoshi:
-gani/-kani/ -qani: ko‘r/gani, tabrikla/gani.
-gali (she’riyatdagi, eski o‘zbek adabiy tilidagi shakli)
: Ko‘r/gali
husningni zor-u, mubtalo bo‘ldim sanga.
❖
Eslatma!
Ba’zan gapda ravishdosh o‘ziga tobe so‘zlar bilan
birgalikda kengaygan ravishdoshli birikmani tashkil etadi va bitta
so‘roqqa javob bo‘lib, bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi.
Bola boshini qo‘llari orasiga qo‘yi,b Boysun tog‘i uzra charx
urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi.
Fe’lning modal shakllari
Fe’l so‘z turkumida modal ma’nolar
maxsus shakl yasovchi
qo‘shimchalar hamda yordamchi fe’llarning mustaqil fe’llarga
bog‘lanishidan hosil bo‘ladi.
Shunga koʻra fe’lning modal shakllari 2 ko‘rinishga ega:
Sintetik shakl
Fe’lning maxsus lug’aviy shakl yasovchi qo‘shimchalari fe’lga
qo‘shilib, harakatning davomiyligini (
sava+la, quv+la, tep+kila),
shuningdek,
kuchsizligini
(to‘l+ish, yig‘la+msira, ko‘nik/ish)
bildiradi. Ular quyidagilar:
A. Harakatning davomiyligini bildiradigan qo‘shimchalar:
Do'stlaringiz bilan baham: