bilan kengaygan harakat nomi nomli birikmani tashkil etib, bitta
so‘roqqa javob bo‘lib, bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi.
M.: Ega vazifaida: Vatanni sevmoq – iymondandir. Birovni birovga
chaqish – eng yomon illat.
Sifatdosh
Fe’lning sifatga xoslangan shakliga sifatdosh deyiladi.
Sifatdoshlar shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan sifatga
o‘xshaydi. Sifat shaxs va narsalarning doimiy belgisini ifodalaydi:
qizil gul, turg‘un suv. Sifatdosh esa shaxs va narsalarning harakat
natijasida yuzaga kelgan belgisini ifodalaydi: qizargan gul,
tozalangan xona.
160
Xususiyatlari: 1. Harakat va holatni ifodalay oladi: M.: o‘tilgan
mavzu, uchayotgan quch.
2. O‘timli va o‘timsiz bo‘ladi: M.: topshiriqni bajarar, darsini
qilar; uyga borar, ishga chiqar.
3. Bo‘lishli- bo‘lishsiz bo‘la oladi. M.: yozgan – yozmagan,
borgan – bormagan,
❖ Eslatma! –r/-ar shaklidagi sifatdoshga -ma bo‘lishsizlik
qo‘shimchasi qo‘shilsa -r/ar qoʻshimchasi –s shakliga oʻzgaradi.
M.: bor/ar – bor/ma/s, kel/ar – kel/ma/s, o‘qi/r – o‘qi/ma/s.
4. Fe’l nisbatlarini ifodalash imkoniyatiga ega. M.: o‘tilgan,
kirgizgan, yuvingan, yozishgan.
5. Sifatdoshlar tuslanib yoki tuslanmasdan ham fe’l zamonlarini
hosil qilishda faol ishtirok etadi.
6.Fe’llardanda sifatdoshlargina otlashib otga xos egalik, kelishik
qo‘shimchasini qabul qilib turlanadi va otga xos sintaktik vazifa
bajaradi.
7.
Sifatdosh qo‘shimchalari, ya’ni sifatdoshlar shaxs-son
qo‘shimchalarini qabul qilish qilmaslik imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |