Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

1. Vositali to‘ldiruvchi: Do‘st bilan obod uying. Bugun 
morfologiya haqida suhbatlashdik 
2. Sifatlovchi-aniqlovchi: Muxlis singari o‘quvchilarimiz 
ko‘paysa. 
3. Hol: a) tarz holi: Bola sutini ishtaha bilan ichyapti. b) o‘rin 
holi: Poytaxtga Samarqand orqali boriladi. 
Unutmang! Yordamchi so‘z turkumlarining barchasi uchun 
quyidagi umumiy qirralar uchraydi. 
• Nutqda shakliy ifodasi asosan ikki xil bo‘ladi: 
1. So‘z shaklida uchraydi: bilan, uchun, kabi, singari, sari, 
sayin, yarasha(ko‘makchi); va, hamda, ammo, lekin, biroq, chunki, 
agar(bog‘lovchi); axir, faqat, xolos(yuklama). 


182 
2. Qo‘shimcha shaklida uchraydi. –la (bilan), -chun (uchun) 
(ko‘makchi); -ki/-kim (bog‘lovchi); -mi, -chi, -ku, -da, -a/-ya, -oq/-
yoq(yuklama). 
• Yordamchi so‘z turkumlari ayni paytda sof hamda vazifadosh 
so‘zlarga bo‘linadi. Quyiga qaralsin. 
Sof yordamchilar 
Vazifadosh yordamchi 
Ko‘makchi 
bilan, uchun, sari, 
sayin, kabi, singari, 
qadar 
ost, ust, ich, qosh, bosh, 
avval, 
keyin, 
so‘ng, 
qarab, ko‘ra
Bog‘lovchi 
va, hamda, ammo, 
lekin, biroq, chunki, 
ya’ni, agar 
-u/-yu, -da, bilan, na-na, 
balki 
Yuklama
Faqat, axir, -oq/yoq, 
-gina, -mi, -chi 
bir, yolg‘iz, tanho 
KO‘MAKCHI SO‘Z TURKUMI 
 
Ot, olmosh, harakat nomi va otlashgan so‘zlar (sifat, son, sifatdosh, 
ravish)dan keyin kelib, ularni boshqa hokim so‘zga tobelanish yo‘li 
bilan bog‘laydigan yordamchi so‘zlar ko‘makchi deyiladi.
So‘zlarning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatini ifodalash 
uchun ishlatiladigan yordamchi so‘zlarga ko‘makchilar deyiladi. 
Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Vatan uchun xizmat qilaylik. 
Nihol kabi nozik. 
• Ko‘makchi qaysi so‘zdan keyin kelsa, o‘sha so‘z bilan
birgalikda birtta so‘roqqa javob bo‘lib, bitta gap bo‘lagi vazifasini 
bajaradi. 
• Ko‘makchilar grammatik jihatdan o‘zgarmasdir. Ular egalik
kelishik shakllari bilan turlanmaydi. 
• Yasalmaydi. 
Ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar bo‘lib, hozirda leksik 
ma’nosini yo‘qotgan va grammatik ma’no ifodalashga o‘tagn 
so‘zlardir. Mustaqil 
ma’nosini yo‘qotish darajasiga ko‘ra 
ko‘makchilar i k k i guruhga bo‘linadi: 


183 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling