Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


keyin Shiroq o‘tovdan chiqdi. (M.Osim)


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

keyin Shiroq o‘tovdan chiqdi. (M.Osim) 

 Vazifadosh ko‘makchilar ko‘makchilashayotgan ot va fe’llardir.
Shunga ko‘ra bunday so‘zlar mustaqil so‘z sifatida kelishi mumkin 


184 
bo‘ladi. Masalan, kitob televizor ustida – televizor ustida janjallashdi. 
Devordan bo‘ylab qaradi – Ariq bo‘ylab ketdi. 
Aslida vazifadosh ko‘makchi so‘zlar quyidagi so‘z turkumlaridan 
o‘sib chiqqan: 
1) ot so‘z turkumidan: tomon, misoli, holda, yo‘sinda, bo‘yi ost(i), 
tag(i), ust(i), old(i), orqa(si), yon(i), qosh(i), ich(i), ora(si), o‘rta(si)+ 
ga (- da, -dan); 
2) sifat so‘z turkumidan: boshqa, bo‘lak, o‘zga, tashqari, sababli, 
to‘g‘risida, qarshi, muvofiq; 
3) ravish so‘z turkumidan: so‘ng, oldin, burun, ilgari, keyin, beri, 
nari, bo‘yicha, ichra, asosan, binoan; 
4) fe’l so‘z turkumidan: qaraganda (sifatdosh); qarab, 
qaramasdan, qaramay, ko‘ra, osha, bo‘ylab, yarasha, qarata, 
boshlab, tortib (ravishdosh).
 
 Ko‘makchilar bilan birga kelgan so‘zlarning kelishik shakllari 
va ma‘nolari 
1. Bosh kelishikdagi 
so‘zlar bilan qo‘llanadigan 
ko‘makchilar. Bilan (she’riy vazn talabiga ko‘ra: birlan, bila, ila, -
la) ko‘makchisi birgalik (Humoyun bilan keldi.), vosita (Bo‘r bilan 
yozdi), tez boshlanish (Eshik ochilishi bilan kirishdi.), payt (Tuni 
bilan uxlamadi.), holat (Ishtaha bilan ovqatlandi.) kabi ma’nolarni 
bildiradi.
  Uchun (qisqa shakli: -chun) ko‘makchisi maqsad, sabab, atash, 
evaz ma’nolarini ifodalaydi: Qizim uchun oldim. O‘qimagani uchun 
kirmadi. Taklifingiz uchun rahmat.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling