Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Tuslanishsiz fe’llar – zamon, mayl, shaxs-son qoʻshimchalarisiz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Tuslanishsiz fe’llar – zamon, mayl, shaxs-son qoʻshimchalarisiz 
keladigan fe’llardir. Tuslanishsiz fe’llarga fe’lning vazifadosh 
shakllaridan  sof fe’ldan tashqari  quyidagi uchtasi kiradi. 
Harakat nomi – fe’lning otga xoslangan shakli boʻlganligi uchun 
otga xos egalik, kelishik qoʻshimchalarini qabul qilib turlanadi, lekin 
mutlaqo yakka holda shaxs-son qoʻshimchalarini qabul qilib 
tuslanmaydi. 
BILIB OLING! Fe’lning harakat nomi kerak, shart, lozim, zarur  kabi 
modal ma’noli soʻzlar bilan birgalikda kelib tuslanadi. M.: Men oʻqish/im 
kerak. 
Sifatdosh. Ma’lumki, sifatdosh fe’lning sifatga xoslangan shaklidir. 
Agar sifatdosh sifat kabi ot oldidan kelib, uning belgisini ifodalasa
tuslanishsiz fe’l sanaladi. M.: Oʻtilgan mavzu, borar manzil, 
boʻlajak talaba. 
Ravishdosh - ravish soʻz turkumi kabi fe’l kesimga bog’lanib 
harakat va holatning belgisini ifodalasa tuslanishsizdir. M.: bilib javob 
berdi, shoshib keldi. koʻrgani bordim. 
❖ 
UNUTMANG!
Sifatdosh hamda ravishdosh fe’l kesim sifatida 
kelsa, tuslanishli fe’l hisoblanadi. Men misolni yechgan/man. Men 
darsda oʻtirib/man
BILIB OLING!
Fe’lning koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmasining 
tuslanishli yoki tuslanishsizligi koʻmakchi fe’lga qarab aniqlanadi: 
yoza boshladim, oʻqib yuribman, chiqib qaragin 
 
Fe’lning yasalishi
 
Fe’llar affiksastiya, kompozistiya hamda leksik-semantik va 
fonetik usullar yordamida yasaladi. 
 Kompozistiya yo‘li bilan keyingi faslda ko‘rib o‘tiladigan juft, 
takroriy va qo‘shma fe’llar yasalgan. 


133 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling