O‘zlik nisbat
Bajaruvchining o‘zi ustida amalga oshadigan harakat yo holatni
ifodalaydigan fe’lga o‘zlik nisbat deyiladi.
Halima juda ozoda kiyinadi. Sobir masalani yechishga qiynaldi.
Qo‘shimchalari:
-n/-in:
tara+n+di, suya+n+di, o‘pkala+n+di, ko‘r+in+di,
yuv+in+di, art+in+di, kiy+in+di, maqta+n+di.
-l/-il: qiyna+l+di, bo‘g‘+il+di, tug‘+il+di, tani+l+moq, ayr+il+moq,
ot+il+moq, cho‘m+il+moq.
-sh/-ish: joyla+sh+moq, ker+ish+moq, qor+ish+moq.
Yodda tuting. O‘zlik nisbati qoʻshimchalari ko‘makchi fe’lli so‘z
qo‘shilmalarida doim yetakchi fe’l tarkibiga qo‘shilib keladi. M.:
yuv+in+ib ol, art+in+b ol, tayyorla+n+ib yur. Muammo yig‘ilib qoldi.
EHTIYOT BO‘LING
. O‘lik nisbati qo‘shimchalari quyidagi fe’llarga
qo‘shila olmaydi: 1) ayrim o‘timli fe’llarga: o‘qi, ek, hayda, min,
kes, sug‘or, hidla, ko‘r, angla, beza; 2) ayrim o‘timsiz fe’llarga:
yugur, bor, chiq, qayt, kel, uxla, baqir, yayra.
Majhul nisbat
Bajaruvchisi noma’lum bo‘lgan harakat yoki holatni anglatgan fe’lga
majhul nisbat deyiladi.
• Bu nisbatda harakat holatni bajaruvchi shaxsga emas, balki
bajariladigan narsaga e’tibor qaratiladi.
• Majhul nisbat eng ko‘p rasmiy-idoraviy uslubda ishlatiladi.
Qo‘shimchalari:
-n/-in: tozala+n+di, takrorla+n+di, egalla+n+di, egarla+n+di,
ol+in+di, taklif qil+in+di, vayron qil+in+di.
-l/-il: o‘qi+l+di, so‘ra+l+di, yasa+l+di, hayda+l+di, ber+il+di,
tushir+il+di, art+il+di, yur+il+di.
• Majhul nisbat qoʻshimchalari mutlaqo soʻz oxirida kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |