142
qo‘shilmasida doim ko‘makchi fe’lga qo‘shilib keladi. M.: aytib
o‘t+il+di, ta’kidlab qo‘y+il+di.
Unutmang. O‘lik va majhul nisbatining qo‘shimchalari o‘zaro
shakldoshdir.
M.:
yuv+in+di(oʻzlik)
–
ol+in+di(majhul),
choʻm+il+di(o‘zlik) – bajar+il+di(majhul).
Bular harakat-holatning bajaruvchisini aniq
ifodalash-ifodalamasligiga
ko‘ra farqlanadi. O‘zlik nisbatda harakat-holat bajaruvchining o‘zida
qoladi va bu
bajaruvchini aniqlash uchun kim? yoki
nima? so‘rog‘i
beriladi. Majhul nisbatga
kim tomonidan? nima tomonidan? so‘roqlari
beriladi. M.:
yuvildi, aytildi; yuvindi, tarandi.
Yodda tuting. Ta’kidlash lozimki, ayrim fe’llarning o‘zlik yoki
majhul nisbatdaligi matnda farqlanadi. Masalan,
yozilmoq soʻziga
qarasak.
Umida to‘garakka yozildi. - Kim yozildi? –Umida.
O‘zlikda. Xat yozildi. Kim tomonidan? Ma’lum emas.
Bola
onasining etagiga osildi. –
Kim osildi? – Bola. O‘zlikda. Xona
eshigiga parda osilgan. – Kim tomonidan? – Ma’lum emas.
Birgalik nisbat
Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat
holatni ifodalaydigan fe’l shakli birgalik nisbati deyiladi.
Qo‘shimchasi:
-sh/ish: o‘qi+sh+di, bajar+ish+di, ishla+sh+di,
o‘yna+sh+di.
Ba’zi manbalarda birgalik nisbat qoʻshimchasi ayrim so‘zlar
tarkibida takror qo‘shilib kelishi qayd qilinadi. M.:
ayt+ish+ish+di,
ko‘r+ish+ish+di.
Qushlar uni yaxshi ko‘rishib, mayna deb ism qo‘yishibdi. Demak,
birgalik nisbatda harakat-holatning bajaruvchisi bir nechta bo‘lar
ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: