Yodda tuting. Birgalik nisbat qo‘shimchalari ko‘makchi fe’lli so‘z
qo‘shilmasida quyidagicha qo‘shilib keladi: 1) asosan ko‘makchi fel
tarkibiga qo‘shilib keladi: yoza boshla+sh+di, berib yubor+ish+di,
sanab o‘t+ish+di;
2) ba’zan yetakchi fe’l tarkibiga keladi: ishla+sh+a boshladi,
sudra+sh+ib ketdi;
3) unumsiz bo‘lsa-da, ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’l tarkibiga
143
qo‘shilib kelishi mumkin: ayt+ish+ib ol+ish+di, yugur+ish+ib
ket+ish+di.
Ehtiyot boʻling. Birgalik nisbatning -sh/-ish hamda harakat
nomining -sh/-ish qo‘shimchalari o‘zaro shakldosh lug‘aviy shakl
yasovchilardir. Ular quyidagi xususiyati bilan farqlanib turadi.
Harakat nomining -sh/-ish qo‘shimchasidan so‘ng mayl, zamon va
shxs-son qo‘shimchalari kelmaydi. M.: o‘qi+sh, yoz+ish, angla+sh,
qayt+ish.
Birgalik nisbatining -sh/-ish qoʻshimchasi so‘z oxirida mutlaqo
kelmaydi, shuning uchun ulardan so‘ng, albatta, zamon, mayl,
shaxs-son qo‘shimchasi qo‘shilib kelishi shart. M.: o‘qi+sh+di,
yoz+ish+di, angla+sh+di, qayt+ish+di.
Orttirma nisbat
Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan
bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l shakllari orttirma nisbat
deyiladi.
Qo‘shimchalari:
1) -ar – faqatgina ikkita fe’lga qo‘shiladi: chiq/ar, qayt/ar;
2) -giz/-kiz/-qiz/-g‘iz/-gaz/-kaz/-qaz mazkur qoshimchalardan -
giz/-g‘iz/-gaz qo‘shimchalari jarangli undosh bilan tugagan fe’llarga
qo‘shiladi: yur+giz, kir+giz, tur+g‘iz, ko‘r+gaz; -kiz/-qiz/-kaz/-qaz
qoshimchalari esa jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga qo‘shiladi:
o‘t/kaz, o‘t/qaz, ket/kiz, yut/qiz;
3) -dir/-tir: jarangli undosh bilan tugagan fe’llarga - dir qo‘shiladi:
ye/dir, yoy/dir, buz/dir, kul/dir, qol/dir, toʻl/dir, ol/dir; -tir
qo‘shimchasi esa jarangsiz va r, n, y, l kabi jarangli undosh bilan
tugagan fe’llarga qo‘shiladi: top/tir, ayt/tir, uq/tir, ilin/tir, oqar/tir,
ko‘pay/tir, kuchay/tir, kel/tir;
4) -ir: bu qo‘shimcha ch, t, sh tovushi bilan tugagan bir bo‘g‘inli
fe’l asosiga qo‘shiladi: bot/ir, qot/ir, ich/ir, qoch/ir, shosh/ir, osh/ir,
tush/ir, pish/ir;
5) -iz: qoʻshimchasi q, m tovushi bilan tugagan bir bo‘g‘inli
fe’llarga qoʻshiladi: oq/iz, em/iz, tom/iz;
6) -t: unli bilan tugagan ikki va undan ortiq bo‘g‘inli fe’l asosiga
qo‘shiladi: o‘qi/t, ishla/t, tuga/t;
144
7) -it: yur/it, kir/it;
8) -sat: unumsiz: ko‘r/sat.
Do'stlaringiz bilan baham: |