Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Yodda tuting. Ba’zan fe’l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi 
birdan ortiq qo‘shimchalar qo‘shilib kelishi mumkin. Masalan, o‘qi/t – 
o‘qi/t/tir, to‘l/dir – to‘l/dir/g‘iz. Bunday holatda orttirma nisbat 
ma’nosi kuchayadi. 
Orttirma nisbat qo‘shimchasi bir-biriga ma’nodosh bo‘lib 
kelishi mumkin: bit/ir – bit/kaz, ye/dir – ye/giz, kir/giz – kir/it, 
ko‘pay/t – ko‘pay/tir, to‘l/g‘iz – to‘l/dir. 
• Orttirma nisbat qo‘shimchasi o‘zlik va birgalik nisbat 
qo‘shimchasidan keyin qo‘shilishi mumkin: yuv/in/tir, kiy/in/tir. 
 
Yodda tuting. Orttirma nisbat qoʻshimchalari ko‘makchi fe’lli 
so‘z qo‘shilmalarida doim yetakchi fe’l tarkibiga  qo‘shilib keladi. 
M.: yuv+dir+ib ol, yoz+dir+ib turing, o‘yna+t+ib kel. 
Bilib oling! Fe’l birdan ortiq nisbat qo‘shimchasini olgan bo‘lishi 
mumkin: art+in+ish+di, kel+tir+ish+di, o‘qi+t+tir+ish+di. Bunday 
holda savol ikki xil qo‘yiladi: 
1. Fe’l qaysi nisbatda?
Javob: Eng oxirgi qo‘shimcha qaysi nisbatninki bo‘lsa, fe’l 
o‘sha 
nisbatda 
deb 
hisoblanadi. 
M.: 
to‘xta+t+il+di
kiy+in+tir+il+di, yugur+tir+il+di (majhul nisbatda); art+in+ish+di
kel+tir+ish+dio‘qi+t+tir+ish+di (birgalik nisbatda). 
2. Fe’lda qaysi nisbat qo‘shimchasi bor? Bunda barcha nisbat 
qo‘shimchalari inobatga olinadi: to‘xta+t+il+di(orttirma, majhul)
art+in+ish+di(o‘zlik, birgalik). 
 
Nisbat qo‘shimchalari birga kelgan vaqtda, quyidagi tartibda 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling