Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


A. Kelаsi zаmоn mаqsаd fe’li


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

A. Kelаsi zаmоn mаqsаd fe’li: 
1. Fоrmula:  fe’l
+
 аjаk (yajаk)
+
  1-guruh shахs-sоn. M.: 
bоrаjаkmаn, bоrаjаksаn, bоrаjаk
2.Fоrmula: fe’l 
+
аdigаn/ -yidigan 
+
 1-guruh tuslovchisi. M.: 
оlаdigаnmаn, оlаdigаnsаn, оlаdigаn. 
3.Fоrmula: fe’l
+
gu/-ku/-qu 
+
 2-guruh shахs-sоn qo‘shimchasi.
M.: аytgum, аytgung, аytgusi. 
4.Fоrmula: fe’l
+
gi/-ki/-qi 
+
2-guruh shахs-sоn qo‘shimchasi.
M.: koʻrgim, koʻrgi ng, koʻrgisi. 
5. Formula: fe’l 
+
 a yoki -y 
+
 1-guruh shахs-sоn qo‘shimchasi.
M.: bajar/a/man, bajar/a/san, bajar/a/di. 


149 
ESLATMA

Ravishdoshning 
–a va –y shakllari harakatning 
doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi. M..: Akam 
universitetda oʻqi/y/di.
Yer oʻz oʻqi atrofidan aylan/a/di. 
 
B. Kelаsi zаmоn gumоn shаkli.
Bo‘lishli shаkli 
Birlik Ko‘plik 
I shахs. borаrmаn bor аrmiz 
II shахs. bor аrsаn bor аrsiz
III shахs. bor аr borаr (lаr) 
Bo‘lishsiz shаkli 
Fоrmulasi: fe’l++s+shахs-sоn qo‘shimchasi: 
Birlik Ko‘plik 
I shахs. kelmаsmаn kelmаsmiz 
II shахs. kelmаssаn kelmаssiz 
III shахs. kelmаs kelmаs (lаr) 
 
Mayl kategoriyasi 
 
Fe’l asosida ifodalangan harakat-holat haqidagi xabar
buyruq-istak, shart ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari mayl 
shakllari sanaladi. 
Soddagina aytganda, so‘zlovchining harakat va holatga 
munosabatini ifodalaydigan fe’l shakli mayl kategoriyasi
sanaladi. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida mayl kategoriyasining turlicha shakli 
qayd qilinadi, lekin darslikda 3 ta shakli berilgan: 
1. Xabar mayli; 2. Shart mayli; 3. Buyruq-istak mayli.
 
Xabar mayli
 
Harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi 
xabarni ifodalovchi fe’l shaklidir. 
Xabar maylining maxsus qo‘shimchasi yo‘q, chunki u “nol” 
ko‘rsatkichlidir. 


150 
Xabar maylidagi fe’l zamon va shaxs-son qo‘shimchalari shakli 
bilan ifodalanadi. 
Xabar maylidagi fe’l doim fe’l kesim vazifasida keladi. M.: Bola 
chaqqonlik bilan oʻzini suvga otdi. 
Xabar mayli ifoda maqsadiga koʻra darak gapni hosil qiladi, 
shuning uchun gap oxirida odatda nuqta qoʻyiladi. M.: Kabob uchun 
shahardan zira-piralarni ham olib chiqib qo‘ydik. 
 
Shart mayli 
 
Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi 
uchun shart bo‘lgan harakat va holatni, shuningdek, istak 
xohishni bildirgan fe’l shakli shart mayli sanaladi.
 
 
Oz yesang, koʻp yashaysan. 
Qo‘shimchasi:  -sa  
II guruh shaxs-son qoʻshimchasi bilan tuslanadi. 
I –sh. m - k 
II –sh.  o‘qi + sa - ng -ngiz 
III –sh. - o o 
Shart maylidagi fe’l o‘zi yoki biror bir ko‘rsatkich bilan birga 
kelib quyidagi ma’nolarni ifodalaydi : 
1. Shart ma’nosini ifodalaydi. M.: Olim bo‘lsang, olam seniki. 
2. Edi(-di), ekan(-kan) toʻliqsiz fe’llari bilan kelib, orzu-istak 
ma’nolarini ifodalaydi. M.: Farzandimiz o‘qishga kirsa edi. 
Izoh: -sa edi, -saydi shaklida ham ishlatiladi. M.: Seni 
ko‘rsaydim. 
3.Kerak modal so‘zi bilan birga kelib, taxmin, gumon ma’nosini 
ifodalaydi. M.: Darslar tugagan bo‘lsa kerak. 
4.Iltimos ma’nosini ifodalaydi. M.: 8-sinf ona-tili kitobini 
topsangiz. 
5. Bo‘ladi fe’li bilan kelib, mumkinlik, zaruriyat ma’nosini 
ifodalaydi. M.: Davo uchun ilon zahrini ishlatsa bo‘ladi. 
6. Nahotki so‘zi bilan kelib, hayratlanish, taajjublanish 
ma’nosini ifodalaydi. M.: Naxotki farzand ota-onasiga qo‘l ko‘tarsa. 
7. Payt ma’nosini ifodalaydi. M.: Ta’til bo‘lsa, ikki smenalik dars 
jarayoniga oʻtamiz. 


151 
Yodda tuting! Shart maylidagi fe’l mustaqil kesim sifatida 
kelsa, ifoda maqsadiga ko‘ra istak gapni yuzaga keltiradi: M.: Men 
ham talaba boʻlsam. 
Eslatma! Shart mayli qo‘shimchasi ergash gaplar kesimida 
kelib, ularni bosh gapga bog‘ laydi. Bunda ergash va bosh gaplar 
quyidagi tartibda keladi: 
ERGASH GAP – BOSH GAP.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling