115
Shaxs va son
Birlik
Koʻplik
I shaxs (soʻzlovchi)
Men
biz
II shaxs (tinglovchi)
Sen
siz/ sizlar
III shaxs (oʻzga)
U
ular
I – II shaxs kishilik olmoshlari
insonga nisbatan ishlatiladi. M.:
Meni sendan ayirdilar, yor-yor.
III shaxs kishilik olmoshi (
u, ular) ham insonga, ham narsa voqea-
hodisalarga nisbatan ishlatiladi. M.: 1.
Jek London jahonga mashhur
ingliz adibidir. U birgina ot va shu ot bilan sayr qilish mumkin
boʻlgan ozgina yer sotib olish armoni bilan oʻtib ketdi. 2.
Yoʻlbars
mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvondir. U qizil kitobga
kiritilgan.
Kishilik olmoshlarining qoʻshimchalarga munosabati
1. Kishilik olmoshlari
“urib oʻldiraman” desangiz ham (M.
Olimov) egalikni qabul qilmaydi, chunki oʻzi
uchta shaxsni ifodalab
keladi.
2.Kishilik olmoshlariga
kelishik qoʻshimchalari qoʻshilib,
turlaydi. Bunda tovush tushish va tovush ortish hodisasi kuzatiladi.
Men, sen birlikdagi olmoshlarga –ning, -ni, -niki qoʻshimchalari
qoʻshilsa, asosda “n” tovushi tushadi. M.: 1.
Mening og’am ichinda,
Soqollari tashinda. (Makkajoʻxori) 2. Sening xayolingmi tonggi
shabnamlar, Mehrdan soʻylashsa koʻzingda namlar. (Zulfiya)
U 3-shaxs kishilik olmoshiga joʻnalish, oʻrin kelishiklarining
qoʻshimchalari qoʻshilsa, tovush ortadi. M.:
u+ga=unga,
u+da=unda.
3. Kishilik olmoshlari
koʻplik qoʻshimchasini qabul qiladi.
•
Do'stlaringiz bilan baham: