117
Ta’rifda
qayd qilinganidek,
oʻzlik olmoshi yagona, bitta
“oʻz”
soʻzidan iborat.
Egalik qoʻshimchasini qabul qilib, 3
ta shaxs
ma’nosida keladi. M.:
I shaxs:
Oʻzim (
men) bajardim.
Oʻzimiz (
biz) bajardik.
II shaxs :
Oʻzing (
sen) bajarasan.
Oʻzingiz (
siz) bajarasiz.
III shaxs: Oʻzi (u) bajaradi.
Xususiyatlari. 1.
Oʻzlik olmoshi odatda egalik qoʻshimchalarini
olib keladi. M.:
Oʻz/i poʻlatdan, Dumi yog’ochdan. (Ketmon). Oʻz/i
dumaloq, Qor kabi oq. (Tuxum).
2. Oʻzlik olmoshi kelishik qoʻshimchalarini toʻg’ridan-toʻg’ri
qabul qilmaydi, balki egalikdan keyin qabul qiladi. M.:
Oʻz+ing+ga
ishon
ILOVA!
Joʻnalish qoʻshimchasini toʻg’ridan-toʻg’ri qabul qilib,
sifatga koʻchishi mumkin. M.:
Oʻzga yurtga shoh boʻlguncha, Oʻz
yurtingda gado boʻl.
3. Oʻzlik
olmoshi egalik shaklda kelib, qaratqich kelishigidagi
kishilik olmoshlariga bog’lanadi. M:
Mening oʻzim, sening oʻzing,
uning oʻzi yoki
men oʻzim, sen oʻzing, u oʻzi kabi.
•
Bu vaqtda, koʻpincha kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi
yuklanadi. M.:Mening oʻzim oʻqishga kirdim.
4.
Koʻplik qoʻshimchasini qabul qilib 3 xil ma’noda keladi:
a) koʻplik ma’nosida:
Oʻz/lar/ingiz mustaqil bajaringlar.
b) hurmat ma’nosida:
Dadamning oʻz/lari olib berdilar.
c) piching, kesatiq,
hurmatsizlik, kinoya ma’nosida:
Qani,
oʻzlaridan fikr eshitaylik.
5. Oʻzlik olmoshi joʻnalish, chiqish kelishigi vositasida takror keladi
va bunda quyidagi holat kuzatiladi: a) ot xarakterida boʻladi. M.:
Sharafiddinov bilan suhbatdan soʻng, Miryoqub millat uchun
qayg’urishga
oʻz-oʻziga soʻz berdi.
b) ravishga koʻchadi. M:
Oʻzidan-oʻzi kuldi. Bolalar oʻzidan-oʻzi
raqsga tushib ketdi.
c) modal soʻz turkumiga koʻchadi. M.:
Oʻz-oʻzidan(tabiiy), hali
kamchiliklarimiz koʻp.
Oʻqishga kiradiganlar uchun! Ba’zan matnda
egalik shakldagi
Do'stlaringiz bilan baham: