119
Jamlash olmoshlari sifat xarakteridagi olmoshdir, shuning
uchun otga bog’lanib belgi ifodalaydi. M.: Dildorning bari gaplari
haqiqat edi.
Bular otlashgandagina otga xos koʻrsatkichlarni qabul qiladi. M.:
Biznikiga mehmon keldi, hamma/si/ning qoshi qora (loviya).
Unutmang! 1. Gapda otlashgan jamlash olmoshlarining ayrimi
oʻrnida shaxs otini almashtirib qoʻysa boʻladi, ya’ni ot oʻrnida
keladi. M.:
Hamma peronda, hamma (odamlar) oʻz jigarini qidiradi.
2. Jamlash olmoshi uyushiq boʻlaklarda umumlashtiruvchi soʻz
sifatida keladi. M.: Yig’ilishda
barcha: direktor, oʻqituvchilar,
xizmatchilar qatnashdi.
ESLATMA!
Bari soʻzida koʻtarinkilik, tantanavorlik boʻyog’i bor.
Boʻlishsizlik olmoshi
Do'stlaringiz bilan baham: