Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


bermoq, kasal boʻlmoq, vafot etmoq, imzo chekmoq, taklif qilmoq


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

bermoq, kasal boʻlmoq, vafot etmoq, imzo chekmoq, taklif qilmoq
xafa qilmoq, ruxsat soʻramoq, avf etmoq, azob tortmoq. 
2. Sanalmoq, hisoblanmoq, boʻlmoq kabi yordamchi fe’llar ot 
kesim tarkibida bog’lama boʻlib keladi. M.: Birinchi sentabr – 
Mustaqillik kuni hisoblanadi. Shabnam talaba boʻldi
Demak, biz gap tarkibidagi mustaqil hamda yordamchi fe’llarmni 
farqlashimiz lozim.  
 
Fe’lning morfologik xususiyatlari 
 
I. Fe’l soʻz turkumi yasalish xususiyatiga ega.
A. Affiksatsiya usuli bilan yasaladi. M.: son+a=sana, 
yosh+a=yasha, suv/sa, yalt/ira, suhbat/lash, ulug’+ay=ulg’ay, 
sust+ay=susay. 
B. Kompozitsiya usuli bilan qoʻshma fe’llar yasaladi. M.: sayr 
etmoq, olib kelmoq, bunyod etmoq, javob olmoq. 
II. Fe’l soʻz turkumi lug’aviy shakl yasovchilarga ega. 
UNUTMANG! 
Fe’l yasovchi hamda mayl, zamon, shaxs-son  
qoʻshimchalardan boshqa qoʻshimchalar fe’lning lug’aviy shakl 
yasovchi qoʻshimchalaridir. 
Fe’lning lug’aviy shakl yasovchilariga quyidagilar kiradi: 
1) boʻlishsizlik qoʻshimchasi; 
 2) nisbat qoʻshimchalari;
3) fe’lning sintetik shakli qoʻshimchlari; 
4)fe’lning 
vazifadosh 
shakllari–harakat 
nomi, 
sifatdosh, 
ravishdoshlarning qoʻshimchalari. 
III. Fe’l sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalarga ega.
Mayl, zamon, shaxs-son qoʻshimchalari fe’lning sintaktik 
shakl yasovchilaridir. 


128 
IV. Fe’llar shaxs-son qoʻshimchalarini qabul qilish-qilmasligiga 
koʻra ikkiga boʻlinadi: 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling