Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Tushum kelishigi
dagi soʻzlar bilan bog’lanadigan fe’llarga oʻtimli 
fe’l deyiladi. kitob/ni oʻqimoq, mavzu/ni tinglamoq, ota-ona/ni 
quvontirmoq.  
Oʻtimli fe’llar ichki ikkiga boʻlinadi: 
a) harakat obyektga toʻla oʻtadikitobni oʻqidi, testni yechdi. 
b) harakat obyektga qisman oʻtadi. Bunda oʻtimli fe’llar chiqish 
kelishigining sinonimi sifatida kelgan tushum kelishigidagi soʻzlarni 
boshqaradi. M.: nonni oling – toʻla// nondan oling – qisman; tortni 
yeng – toʻla// tortdan yeng – qisman. 
❖ 
BILIB OLING!
  Fe’lning orttirma nisbat qoʻshimchalari doim 
oʻtimli fe’llarni hosil qiladi. Orttirma nisbat: 
a) oʻtimli fe’ldan oʻtimli fe’lni hosil qiladi: kitobni oʻqi – kitobni 
oʻqi+t, xonani tozala – xonani tozala+t, rasmni chiz – rasmni 
chiz+dir 
b) oʻtimsiz fe’llarga qoʻshilib, ularni oʻtimli fe’lga aylantiradi. 
Qiyoslang: 


131 
 
Oʻtimsiz fe’l 
Oʻtimli fe’l 
xona/da uxla 
ukang/ni uxla+t 
gap/ga kulmoq 
tomoshabin/ni kul+dirmoq 
mehmonxona/ga joylash 
kitoblar/ni joylash+tir 
 
Obyektsiz, ya’ni oʻtimsiz fe’llar 
 
Tushum kelishigidagi so
ʻzlarni boshqara olmaydigan fe’llarga
oʻtimsiz fe’llar deyiladi. 
Oʻtimsiz fe’llar bosh, joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish  
kelishigidagi soʻzlarni boshqaradi. M.: Bola uxladi, xona/da uxladi, 
uy/ga joʻnamoq, shahar/da yashamoq, safar/dan qaytmoq 
BILIB OLING!
Oʻzlik hamda majhul nisbat qoʻshimchalari oʻtimli 
fe’llarga qoʻshilsa, ularni oʻtimsiz fe’llarga aylantiradi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling